MAXMURNING SATIRIK ASARLARI TILI VA STILI
Maxmur o`zining xajviy asarlari bilan inqilobgacha bo`lgan o`zbek adabiy tilidagi satirik oqimni rivojlantirdi. Maxmurning hajviyotiga murojaat qilish bejiz emas. Chunki xalqning achinarli hayot kechirishini, qishloq va shaharlarning xarobaga aylanib borishini ko`rgan Shoirning g`azabi oshgan edi. Ana Shu g`azablari «Munojon ba dargohi qoziyul xrjot» (xudo dargohida yolvorish), «Hapalak», «Ta`rifi valoyati qurama» kabi satirik asarlarida o`z aksini topdi.
Avval aytganimizdek, Satira janrida ijod etish san`atkordan badiiy til vositalaridan ustalik bilan foydalanib satira ostiga olinayotgan obraz tilini individuallashtirishda jonli til elementlaridan unumli foydalanishni taqozo qiladi.
Ma`lumki, klassik She`riyatimiz uchun ko`tarinki uslub xarakterli. Satirada esa She`rdagi ko`tarinqilikni saqlash bilan birgalikda, barcha uchun tuShunarli bo`lgan uslubni yaratish talab qilinadi. Xuddi Shu talab Maxmur satirasida amalga oshirilgan. Individual til va obraz yaratish uchun Maxmur ayrim shevalarga xos bo`lgan so`zlardan foydalanadi: qisa-qilsa, boma-bolma, qigan-qilgan, kegәy-kelgәy, bosam-bolsam, yanilmadim-yanmadim, ayilmadim-ayrlmadim. Undan tashqari keng xalq ommasida qo`llanib, omma kitobiy uslubga kiritilmagan so`z va iboralarni ko`plab ishlatadi. Masalan, katalak, kamalak, katak, kapa, ālachuq, erto`la, ajiriq, o`gur, sumalak, biyobān, alato`rtko`z, ko`ppak, burush (burd), yalaq, tubak va boshqalar. Misollar:
Xalqini kөrsәң agar өlәsi-yү qaqү xarāb,
Achligidin egilib qāmati misli kamalak.
Ajirig` tamirini og`urida mayda tuyub
Qaynatib kүndә ichәr, atini derlәr sumalak.
Maxmur satirasida adabiy til normalaridan chetga chiqish hollari ham seziladi. Masalan, «Munojot» satirasida Shunday misralar bor:
Amri-nahying rāhi bātil uzrә ermish yadimiz
Kecha u kunduz sifatingdur bizi arzākimiz.
«Avsofi louboli o`ratepagi» satirasida:
Hisābi jurmimi bilsәg Shumāri chox qumdin
Gunāxdin sorsang saңgi xāradin afzun.
Shuningdek, Shoir uslubida ba`zan na o`zbekcha, na tojikcha anglanishi qiyin konstruktsiyalar, lug`atsiz tuShunilishi qiyin bo`lgan so`zlar uchraydi. Ular ko`pchilikni tashkil etmaydi.
Shunday qilib, XIX asrning 1-yarmida Qo`qon xonligida yashab ijod etgan, progressiv o`zbek adabiyotining vakillaridan biri bo`lgan Maxmur o`zining merosi, xususan satirik asarlari bilan o`zbek adabiyotining, o`zbek adabiy tilining taraqqiyotiga munosib hissa qo`shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |