TURDI ASARLARINING TIL VA USLUBI
Shoir Turdi XVII asrning oxirida Buxoroda ijod etgan demokratik tendentsiyadagi adabiyotning yirik namoyandasidir. Turdi ijodida satira asosiy o`rinni egallaydi.
Ma`lumki, satira janrida ijod etish ma`lum darajada Shoirdan ko`tarinki uslubdan voz kechib, xalq jonli tiliga xos uslubda asar yaratishni talab qiladi. Shu tufayli ham Turdi She`rlarida xalq tilida qo`llanadigan leksika ko`plab aks etgan. Masalan, «Subxonqulixon to`g`risida hajviya» She`rida og`zaki nutqqa xos bo`lgan ko`r, ko`ppak, qumaloq, qirchonu va boshqa so`zlar qo`llangan. Shu She`rdan olingan quyidagi parchada buning isboti ko`rinadi:
Edingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
Kasb ilә mālin alib, qoymadingiz bitini,
Qamchilar dag` salib bugang`a, tilib bitini
Yardiңiz zahrāsini (ichidan) alib өtini
Bolmadi kam bu raiyat bashidan hech tayaq.
Bu banddagi She`rda ham edingiz, itdek, etini, molin, bitini, buyunga, tilib, tayoq kabi so`zlar og`zaki nutqqa xos so`zlardir.
Xalq jonli tiliga xos xususiyatlar faqat leksikada emas, balki morfologiyada ham ko`rinadi. Masalan, o`tgan zamon fe`lining II shaxs ko`pligida (qo`ymadingizlar) ko`plikning ikki marta qo`shilishi, shahar shevalaridagidek men olmoshiga —ga affiksi qo`shilgach, menga tarzida talaffuz qilinishi, izladim fe`lning shevalarda aytilganidek, istadim varianti ham qo`llangan.
Ne ayaq, ne bashig`a etdim, sarāpā istәdim,
Qayadim ikki yolniң ortasida hamrāh istәdim.
Turdi She`rlarida xalq jonli tili xususiyatlari bilan birga, g`arbiy tillarning ta`sirini ham ko`ramiz. Albatta, bunda ulug` ozarbayjon Shoiri Fuzuliyning asarlaridan ilhomlangan bo`lsa kerak. Shu ta`sir natijasida ayrim so`zlarda, ko`pincha so`zning boshnda keluvchi t tovushi d ga o`tadi.
Fitna sho`r hama ilә maskun dutdi
Xublar masnadini sifla bilan dun dutdi.
O`g`uz tillarida qo`llanadigan cho`x (ko`p) so`zidan foydalangan:
Tufrāg`da jān bitsә, ravādүr, ne ajab gүl
Mux sarvi sixl etdi nihān kөzlәri shahlā.
O`g`uz tillariga xos jo`nalish kelishigi (-a/ә affiksi) formasida (Etmadim hech era bu qofiya paymolig`din), o`tgan zamon aniq fe`lining birinchi shaxs birligining-diman (YOt mandin kim bulur yaxshi zamonlar ko`rdiman) affiksi bilan xosil qilinishida, hozirgi-kelasi zamon fe`lining -man, (Bila olmon bu dudaul raxshi Rustam yo parizod) affiksi bilan, sifatdoshning -an (Barcha bo`yniga salan bu rishtani qat etmadi) affiksi bilan xosil qilinishida, harakat nomiga jo`nalish kelishigi affiksi qo`shilganda, unda fonetik o`zgarish yuz berishida (Zarni jam aylamaga hirsu havo besh tutub; yuzini ko`rmaga hasratda bo`ldum eshitib nomi) ko`rinadi.
Shunday qilib, Turdi bir tomondan ulug` Navoiy traditsiyalarini davom ettirgan bo`lsa, ikkinchi tomondan Ozarbayjon Shoiri Fuzuliy ijodidan ta`sirlandi.
Shu tufayli adabiy tilda Alisher Navoiy an`analarini saqlagan bo`lsa, ikkinchi tomondan o`g`uz tili elementlaridan foydalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |