GULXANIY ASARLARINING TIL VA USLUBI
O`zbek adabiy tili taraqqiyotining XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi holatini Gulxaniy asarlari orqali o`rganamiz. Gulxaniy Shoir sifatida bir necha g`azallar va XVIII asr oxirining prozasi namunasi bo`lgan «Zarbulmasal» asarining muallifidir. Uning g`azallarida tematikasi va tilida avvalgi Shoir va yozuvchilar traditsiyasi saqlangan holda, unda o`g`uz elementlari nisbatan kengroq o`rin egallagan. Masalan,
I shaxs hozirgi-kelasi zamon fe`lida o`tuzcha xususiyat seziladi.
Belu ag`zidin nishān gar biz sari mo` desәlәr,
Әylәrәm inkār iqrār etmәdim dārin kөrүң.
Sifatdosh bo`lishsizdan so`ng -z affiksi bilan xosil qilingan:
Kөngүl өzүdәdүr dunyag`a arzi ehtiyoj etmәz
Tariqat saliki, bu yolda mayli izdivāj etmaz.
Shart mayli -za affiksi bilan xosil qilingan.
Ayrim so`zlardan fonetik jihatdan ozarbayjon tiliga xos xususiyat ko`rinadi:
Qayu bemāra la`lidin shifā vermish masih āsā
Nadin ul sho`x anglab, Gulxaniy, darding ilāj etmәz.
«Zarbulmasal» asari o`sha davr prozasining namunasi bo`lishi bilan birga, fol`klor materiallaridan foydalanib yozilganligi uchun ham, xalq tilining adabiy tilga yaqinlashtirishga xizmat qilgan asarlardandir.
Gulxaniy «Zarbulmasal» asarida xalq og`zaki ijodi asarlarini qayta ishlash bilan birga uning uslubi va badiiy vositalarini ham saqlab qoldi. Bular quyidagi holatlarda ko`rinadi:
1. “Zarbulmasal»ning ayrim hikoyalari xalq og`zaki ijodiga bo`lgan so`zlar bilan boshlanadi: «Bor erdi Farg`onada bir sarbān» (Tuya bilan bo`taloq), «Ilgargi ayyomda ikki kabutar bor erdi» (Bozonda va Navozanda).
2.Ommaviy janr bo`lgan maqollardan o`rinli foydalangan.
Asarda ikki tildan (o`zbek, tojik) maqollar keltirilib boradi va bu maqollar asar mazmuniga ustalik bilan singdirib boriladi.
Asar tilida jonli tilga xos bo`lgan quyidagi xususiyatlarni ko`ramiz: 1. Qaratkich va tuShum bir xil ko`rsatkich bilan ifodalangan o`rinlar mavjud:
Xosili umri edi ul bayni
Ati gunashbonu oshal bayni.
2. -q bilan tugagan so`zlarga III shaxs egalik affiksi qo`shilganda, negizidagi Shu undoshlar jaranglamaydi: Farāsat ayaqi aqsaq qizni āshiqig`a berdi.
3. Adabiy tilda qo`llanib kelingan echmaq, chechmaq, tarzida qo`llangan: «YAna bir masal borki: er bashiga shi tushsa, өtүk chechmәy suv kechәr».
4. Jonli tilga xos bo`lgan —turgon affiksi qo`llangan: hamiyat himmatini darjo`sh kelturub, yarim xazina dinār, yүz teva, uch yүz qaramal, uch yүz yilqi, besh yүz qoy va qizniң bash-kөzi yasala turgan qalinni jamlab...
5. Jonli tilda bo`lgan itәrchi (it boquvchi: «It qig`onni itorchi qilmas»), yavuq (uzoq), sunmaq (taklif qilmoq:) «Soqiyi tushtaroqlar piyola suna boshladilar»), «Burnog`i (avvalgi)lar masalidurki».
Shuningdek «Zarbulmasal»da xalq o`rtasida keng qo`llanadigan teva, taka, ayran, sapal, qatqaq, burunduq, taylaq, qo`naq, aqsaq, yantaq, boqaq, kulba, kurk tavuq, tutav, sachbag`, tushav, bo`ydaq, kabi so`zlar ishlatilgan.
6. Og`zaki nutkda ko`p qo`llaniladigan frazeologik birikmalardan foydalangan: ag`zini bir burchidin chekar,.. Jan satib өzin uyin etardi tan. Ag`iz ashga etgәndә burni qanagan, xās tarbuzni qoltug`uңga alma va boshqalar.
«Zarbulmasal»da qo`llangan boshqa til elementlari avvalgi so`z ustalari asarlarida ishlatilib kelgan grammatik va leksik elementlarga muvofiq keladi.
Asarda fors-tojik va arab so`zlari ham ana Shu davr traditsiyasiga ko`ra qo`llangandir. Gulxaniy asarlarida stil talablariga muvofiq sinonim so`zlardan unumli foydalangan: g`am-g`ussa-anduh, āsmān-kөk-falak, xalq-ulus-el, ism-at, yoldash-hamrāh, nāma-xat, ay-qamar, āftāb-quyash-shams-xurshid, chayan-aqrab, taraf-jonib, yүz-āraz-jamāl, daryo-nahr va boshqalar.
Demak, Gulxaniy jonli tilning leksik va grammatik imkoniyatlaridan keng foydalandi. Saroy aristokrat yozuvchilari esa jonli tildagi qator oddiy so`z va iboralarni qo`llashdan bosh tortib saroy adabiyotining murakkab, og`ir til va davom ettirgan bir vaqtda Gulxaniyning jonli til elementlarini keng qo`llashi dunyoviy adabiyotning hamda Shu bilan o`zbek adabiy tilining boyishida ulkan ahamiyatga ega bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |