387
solish kabi samarali ekanligiga ishora qilishadi. EPA tegishli darajada soliq joriy
etish orqali o`zi istagan ifloslanish darajasiga erishishi mumkin. Soliq qancha
yuqori bo`lsa, ifloslanishni kamaytirish shuncha katta bo`ladi.
Soliq yetarlicha
yuqori bo`lsa, fabrikalar ifloslanishi nolga tushirib umuman zavodni yopadilar.
Tartibga solish va tuzatuvchi soliqlar ifloslanishni kamaytirishga qodir bo`lsa-
da, soliq bu vazifani yanada samaraliroq amalga oshiradi. Tartibga solish har bir
zavoddan bir xil miqdorda ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Ammo teng
kamaytirish suvni tozalash uchun arzon yo`l emas. Qog`oz zavodi po`lat zavoddan
ko`ra ancha past harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Agar shunday
bo`lsa, qog`oz zavodi soliq to`lashning oldini olish uchun ifloslanishni katta
miqdorda
kamaytirishi mumkin, po`lat zavodi ifloslanishni kamaytirishga kam
harakat qilib, soliqni to`lab qo`ya qoladi.
Odatda, tuzatuvchi soliq ifloslantirishga narx qo`yadi. Bozorlar tovarlarni eng
yuqori baholaydigan xaridorlarga sotgani kabi, tuzatuvchi soliq ham ifloslanishni
kamaytirishda eng yuqori narxga ko`nadigan fabrikalar ifloslantirish stavkalarini
ajratadi. EPA qaysi ifloslanish darajasini tanlashidan qat’iy nazar,
u soliq
yordamida eng past umumiy harajat bilan bu maqsadga erishishi mumkin.
Iqtisodchilar tuzatuvchi soliqlar atrof-muhit uchun ham yaxshiroqdir deb
aytishadi. Buyruq-va-nazorat tartibga solish siyosati ostida, fabrikalar uchun ular
300 tonna chiqindidan boshqa yana chiqindi chiqarishni kamaytirish uchun hech
qanday sabab yo`q.
Aksincha, soliq fabrikalarni toza texnologiyalarni
rivojlantirishga undaydi, chunki toza texnologiya zavod to`lashi kerak soliq
miqdorini kamaytiradi.
Tuzatuvchi soliqlar boshqa soliqlardan farq qiladi. 8-bobda muhokama
qilinganidek, aksariyat soliqlar rag`batlantirishni buzadi va resurslar taqsimotini
ijtimoiy maqbul darajadan uzoqlashtirib yuboradi.
iqtisodiy farovonlikdagi
kamayishi, ya’ni iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligida, hukumat
ko`taradigan daromadlar miqdoridan oshib ketadi, natijada yo`qotishlarga sabab
bo`ladi. Aksincha, tashqi ta’sirlar
mavjud paytda, jamiyat ham zarar ko`rgan
boshqa odamlar farovonligi haqida ham qayg`uradi. Tuzatuvchi soliqlar
388
tashqi ta’sirlar borligini hisobga olib, natijada resurslarni taqsimoti ijtimoiy maqbul
darajaga yaqinlashishini ta’minlaydi. Shunday qilib, tuzatuvchi soliqlar hukumat
uchun daromad
oshirish bilan bir vaqtda, ular iqtisodiy samaradorlikni ham
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: