376
XVII
BOB. TASHQI TA`SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI
Qog`oz ishlab chiqarish va sotish firmalari ishlab chiqarish jarayonida
shuningdek dioksin deb ataluvchi kimyoviy birikmani yaratdilar. Olimlar dioksin
atrof-muhitga chiqarilishi, aholi o`rtasida saraton, tug`ilishdagi nuqsonlar va
boshqa sog`liq bilan bog`liq muammolar
xavfini oshiradi, deb hisoblaydilar.
Dioksin ishlab chiqarish va uning atrof-muhitga chiqishi jamiyat uchun
muammomi? Biz bozorlar kamyob resurslarni talab va taklif kuchlari yordamida
qanday taqsimlashini o`rgandik va biz talab hamda taklifning muvozanatida odatda
resurslar samarali taqsimlanishiga ishonch hosil qildik. Adam Smitning mashhur
metaforasidan foydalansak, bozorning “ko`rinmas qo`li” o`z manfaatini ko`zlovchi
sotuvchi va xaridorlarni jamiyat oladigan umumiy foydasi maksimallashadigan
bozorga olib keladi.
Bu qarash
Iqtisodiyotning o`nta tamoyilidan
biriga
asoslangan: odatda bozor- iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning yaxshi yo`lidir.
Shuning uchun biz “ko`rinmas qo`l” qog`oz bozoridagi firmalarning juda ko`p
dioksin chiqarishiga yo`l qo`ymaydi degan xulosaga kelishimiz kerakmi?
Bozorlar ko`p ishlarni yaxshi bajaradi, lekin hamma ishlarni emas. Bu bobda
biz
iqtisodiyotning o`nta tamoyillarining
yana birini o`rganishni boshlaymiz:
ba'zan hukumat bozor faoliyati natijalarini yaxshilash imkoniyatlariga ega. Biz
bozorlar resurslarni samarali taqsimlashda nega ba’zan muvaffaqiyatsizlikka
uchrashi, hukumat siyosati bozor taqsimotini potensial ravishda qanday yaxshilashi
mumkinligi va qaysi siyosat shakllari eng yaxshi ishlashini ko`rib chiqamiz.
Bu bobda ko`rib chiqiladigan bozor muvaffaqiyatsizliklari tashqi ta’sirlar deb
ataluvchi umumiy turkum ostida bo`ladi. Bir kishi faoliyati boshqa kishi
farovonligiga ta'sir qiladigan va bunda bu ta'sir uchun na haq to`laydigan va na uni
qoplay oladigan vaziyatda tashqi ta’sir kelib chiqadi. Agar kishiga buning ta’siri
yomon bo`lsa, bu salbiy tashqi ta’sir deb ataladi. Bu foydali bo`lsa, u ijobiy tashqi
ta’sir deyiladi. Tashqi ta’sirlar
mavjud paytda, bozor faoliyatining natijalarida
jamiyat manfaati bozor ishtirokchilari bo`lmish sotuvchi va xaridorlar
farovonligidan ham oshadi hamda bozorning bilvosita ta’sirida bo`lgan boshqa
377
kishilarning farovonligini ham o`z ichiga oladi. Sotuvchi va xaridorlar talab yoki
taklif hajmi haqida qaror qabul qilishda o`z faoliyatlarining tashqi ta'sirlariga
beparvo bo`lganligi sababli, tashqi ta’sirlar bo`lganda bozor muvozanati samarali
hisoblanmaydi. Ya'ni,
muvozanat, butun jamiyat uchun umumiy foydani
maksimallashtirishga imkon bermaydi. Masalan, atrof-muhitga chiqarilgan
dioksin, salbiy tashqi ta’sir bo`ladi. Qog`oz firmalari o`z manfaatlaridan kelib
chiqib ishlab chiqarish jarayonida hosil bo`ladigan ifloslantirish harajatini to`liq
ko`rib chiqmaydi va qog`oz iste'molchilari ham ular xarid qilish to`g`risidagi
qarorlari natijasida qo`shiladigan ifloslantirish harajatini to`liq ko`rib chiqmaydi.
Shuning uchun, hukumat buning oldini olmaguncha, firmalar juda ko`p chiqindilar
chiqaraveradi.
Bozor muvaffaqiyatsizliklari bilan shug`ullanuvchi siyosiy chora-tadbirlar
kabi tashqi ta’sirlar ham ko`p shakllarda keladi. Mana bir necha misol:
Avtomobildan chiqadigan tutun salbiy tashqi ta’sir,
chunki bu boshqa
odamlar nafas oladigan havoni zaxarlantiradi. Bu tashqi ta’sir natijasida,
haydovchilar juda ko`p havoni ifloslantiradilar. Bu muammoni hal qilish uchun
federal hukumat avtomobillar uchun ifloslantirish me'yorlarini o`rnatishga
harakat qiladi. Bundan tashqari, haydovchilar sonini kamaytirish uchun
benzinga ham soliq joriy etadi.
Tarixiy binolarni qayta ta’mirlash ijobiy tashqi ta’sir bo`ladi, chunki odamlar
bu yerda aylanib yurganda bu binolar ifodalaydigan tarix hissi va go`zallikdan
bahramand bo`lishi mumkin. Bino egalari ta’mirlashdan so`ng to`liq
foyda
ololmaydi va shuning uchun ham tezda eski binolarni tark etadi. Ko`pchilik
mahalliy hukumatlar tarixiy binolar vayronalarini tartibga solish va ularni qayta
tiklash bilan shug`ullanuvchilarga soliq imtiyozlari berish yo`li bilan bu
muammoni hal qilish uchun javob topadilar.
Huruvchi itlar salbiy tashqi ta’sir paydo qiladi, chunki shovqindan qo`shnilar
bezovta bo`ladi. It egalari shovqinning to`liq harajatini ko`tarmaydi va shuning
uchun o`z itlari hurishining oldini olish uchun juda oz ehtiyot choralarini
ko`radilar. Mahalliy hukumatlar "tinchlikni bezovta qilish"
ni noqonuniy deb bu
378
muammoni hal qiladilar.
Yangi texnologiyalarni tadqiq qilish ijobiy tashqi ta’sir bo`ladi, chunki bu
boshqa odamlar foydalanishi mumkin bo`lgan bilimni yaratadi. Ixtirochilar o`z
ixtirolaridan to`liq foyda olishi mumkin emasligi bois, tadqiqot qilish uchun juda
kam resurslarini yo`naltirishga moyil bo`ladilar. Federal hukumat ixtirochilarga
cheklangan vaqt uchun ularning ixtirolaridan
maxsus foydalanish imkonini
beradigan patent tizimi orqali qisman bu muammoni bartaraf etadi.
Bu holatlarning har birida, ba’zi qaror qiluvchilar o`z xatti-harakatining tashqi
ta'sirini hisobga olmay qoladilar. Hukumat boshqa odamlar manfaatlarini himoya
qilish uchun bu xatti-harakatga ta'sir qiladi.