Xotiramizning 7 gunohi


Xullas, Pi kuni bilan sizni ham tabriklab qolaman, va o’zimga sovg’a sifatida bugun Pi sonining  314  ta raqamini eslab qolaman!!



Download 117,14 Kb.
bet9/32
Sana15.01.2022
Hajmi117,14 Kb.
#369134
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
2 5474180833751336315


Xullas, Pi kuni bilan sizni ham tabriklab qolaman, va o’zimga sovg’a sifatida bugun Pi sonining  314  ta raqamini eslab qolaman!!

P.S : Siz ham uni yodlashga urinib ko’ringchi , mana Pi sonining 3 dan keyingi 314 ta raqami .
3.14159265358979323846264338327950288419716939937510582097494459230781640
  628620899862803482534211706798214808651328230664709384460955058223172535

940812848111745028410270193852110555964462294895493038196442881097566593

344612847564823378678316527120190914564856692346034861045432664821339360

7260249141273724587006 60631



FEB

28
Butunjaxon Xotira Chempionati 2012 (II qism)

Bu oldingi maqolamizning davomchisi. O'qimaganlar uchun ushbu link yordam berishi mumkin : http://mnemonika-uz.blogspot.com/2013/02/butunjaxon-xotira-chempionati-2012-i.html

II qism davomi. Boshi yuqoridagi linkda berilgan.


Bu chempionat undan tashqari 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan barcha insonlarni ham qamrab oladi, yaniki xotirangizni rivojlantirish uchun sizga na yoshingiz, na jinsizgiz xalaqit beradi.Har kim necha yoshida bo’lishidan qat’iy nazar xotira ilmining sehrlaridan lazzatlanishi mumkin. Esimda bor o’tgan yili Xitoyda bo’lgan chempionatda 80 yoshga to’lgan yapon ayolining qatnashishi hammani larzaga solgan edi, 9 yoshli Xitoylik qatnashchisi esa mendan ko’p Mavhum rasmlarni eslab qolgani esa meni o’shanda karaxt qilgan edi.O’zimga nahotki deb savol bilan qolavergan edim.Bunga sabab nima? Sababi shuki, inson xotirasini rivojlantirish undagi xoxish va harakatga bog’liq, biz odatda ko’pchiligimiz o’x xotiramizni qanday ishlatishni bilmaymiz, maktablarimizda bizga she’rni yodlab kel yoki formulalarni yodlab kelishni aytishadi lekin uni qanday yodlashga kelsa hech kim hech qanday maslahat ham bermaydi.Oqibatida bizda o’z xotiramiz haqida noto’g’ri tushunchalar paydo bo’ladi.Misol uchun, biz xotirani inson qarigan sari susayishini aytamiz, lekin zamonaviy tadqiqotlar ko’rtatmoqdaki, agarda to’g’ri shug’ullanilsa xotira insonning so’ngi faslida ham kuchli bo’lib qolishi mumkin ekan. Aynan shu ham musobaqaning asosiy maqsadlaridan biridir.


Musobqa asosan 3 kategoriyadagi qatnashchilar o’rtasida bo’lib o’tdi: Yoshlar, O’smirlar va Kattalar.Yoshlar kategoriyasida xitoylik Don Shun birinchi o’rinni egallagan bo’lsa, o’smirlar “yo’nalishida” nemis Konstantin Shkudler g’olib bo’ldi.
Yosh haqida to’xtalar ekan , afsonaviy sakkiz karra Butunjaxon Xotira Chempionati g’olibi Dominik O’Brayn  xotirani rivojlantirish haqida ushbu so’zlari bilan jurnalistlar bilan bahamlashdi “Eslab qolish qobilyatini o’rgatishning eng maqbul davri bu yoshlikdandir. Shuning uchun ham biz Xotira Sport Konsulligi bilan maktablar o’rtasida chempionat va treyning tashviqotlarini olib bormoqdamiz. Maktablarda o’tkaziladigan musobaqalardan asosiy maqsad esa siz qancha erta yoshdan xotira ilmi bilan shug’ullansangiz, shuncha hayotda, imtixonlarda, kelajakdagi kasbingizda muvaffaqiyatga erishasiz degan g’oyani yetkazib berishdir”. Darhaqiqat, hozirda butunjahon olimlari inson xotirasining bunday qobilyatlariga hayron qolishmoqda, va borgan  sari bu soha hayotimizdagi amaliyotga tatbiq qilinishi yuksalmoqda.Shunday tatbiqotlardan biri bu chet tilidagi so’zlarni yodlab qolishda oson, qiziqarli va effektiv usullar bilan yodlash misol bo’ladi.O’z tajribamdan aytishim mumkinki, musobqa davomida o’rgangan texnikalarim menga boshqa tildagi so’zlarni eslab qolishda ancha ustunlik taqdim etmoqda.
Musobaqa 1991 yil Londonda Toni Buzan va Rey Kin(ingliz shaxmat groysmesteri) tomonidan ilk  tashkil etilganida , ko’pgina psixologlar bu sohaga shubxa bilan qaragandi.Negaki, oldinlari bunday mnemonik texnikalarni “lof”, fokus mokus deb qarashgan. Ammo hozirda olimlar musobaqadagi texnikalar aynan miyamizning ishlash prinsiplari bilan hamohangligini aytishmoqda va yuqoridagi stereotip ilm ahli orasidan yo’qolmoqda. 1991 yillardagi chempionatda qatnashchilar 52 ta o’ynovchi kartalarni rasmi hamda raqamini 4 minut ichida bir marta ko’rib chiqib eslab qolganida, psixologlar buni juda ham olamshumul, inson xotirasining chegarasi ham shu va bundan buyog’iga hech qanday rivojlanish bo’lmaydi deb ta’kidlashgandi.Buni qarangki, yillar o’tib hozirda 52 kartalarni eslab qolish uchun Ginnes Rekordlari kitobiga kirgan Simon Reynhardga atigi 21 soniya kifoya qilinmoqda. Tasavvur qilib ko’rin-a?,  52 ta dona rasmli kartalarni birma bir ko’rib chiqib, uni rasmlariyu raqamlarini o’rni o’rni bilan eslab qolishga 1 dan tortib 21 gacha sanash kifoya qilsa a? Bu voqealar psixologlarning o’z teoriyalarini qayta ko’rib chiqishga majbur qilgan bo’lsa ne ajab.
Maqolani  o’qish jarayonida sizda savol tug’ilishi mumkin, bunday darajaga bu insonlar qanday erishdikan deb. Buni hech qanday sirli tomoni yo’q, qatnashuvchilarning hammasi dastlab yomon xotira sohibi bo’lgan keyinchalik esa Mnemonika texnikalar,Loki metodikasi, miyamiz ishlash tamoyillarini chuqur o’zlashtirib, hamda qattiq tayyorgarliklardan so’ng shu darajaga yetishgan .Yaniki ularning deyarli hammasi bir ovozdan shuni ta’kidlaydiki agar inson chinakamiga o’z xotirasini rivojlantirishni xoxlasa, barchasi uning qat’iyati va shijoatiga bog’liqdir.
Aslida esa bu yerda hech qanday novatorlik yo’q.Bu texnikalar eramizdan avval antik davrlarda ham mavjud bo’lgan, Ilk miyamizning texnikalar orqali xotirasini “sun’iy” tarzda rivojlantirish Yunon shoiri Simonides ismi bilan bog’liq.Undan so’ng bu san’at bilan orator Demosfen, Aristotel ham o’z fikrlarini yozib ketgan, Rim imperiyasi davlat arbobi Sitseron, Seneka(darvoqe rivoyatlarga ko’ra Seneka ushbu texnikalar bilan butun Rimliklarning ismi va familiyasini eslab qolgan emish), O’rta asrlarda Rim cherkovi arbobi Tomas Aqvinas, ko’plab politiklar o’z nutqlarini shu uslubda yodda saqlashgan, Renessans davrida Camilyo,xattoki Jordano Bruno ham foydalanganligi haqida faktlar yetarli. Tabiiyki, bunga sabab oldin kitob va yozishni oson usuli bo’lmaganligi bois hamma xotirasiga suyangan, lekin Gutenburgning kitob nash qilish kashfiyotidan so’ng bu sohaga bo’lgan qiziqish tushib ketdi.Ayniqsa 20 asr va 21 zamonaviy  asrimizdada telefon, komputer va shunga o’xshash kashfiyotlar xotiramizga suyanishni yanada pasaytirib yubordi. Biroq taajjubki, hozirda bu “yo’qolgan san’at” qayta tirilmoqda.Yaqinda butun dunyo bo’yicha o’tkazilgan so’rovda ko’pchilik insonlar ushbu qobilyatlarni rivojlantirishni o’zlari xoxlaganini aytishgan : Xotira,Prezentatsiya berish, tez o’qish, kreativlik, ko’pgina informatsiya bilan kelisha bilish va hokazo. Shunday ekan bu xotira ilmi , Toni Buzanning gapi bilan aytilganda “aqliy savodxonlik” ka bo’lgan talab hozirda butun dunyoda jadal ravishda oshmoqda.
O’zbekistonda bu sportni rivojlantirish uchun nima qilish darkor? O’zbekiston talantlar makonidir, bu yerdan ko’plar daho insonlar o’tgan.Beruniymi, Farobiymi, Xorazmiymi, Ibn Sinomi , bu o’lka ularning kindik qoni to’kilgan muqaddas zamin hisoblanadi. O’z navbatida, bu sportni yuksaltirish maqsadida hozirda “Kelajak Ovozi” Yoshlar Tashabbusi Markazi qoshidagi Kelajak Lingvo O’quv markazida BRAINCLUB loyihasi har chorshanbadan ishlashni boshladi. Maqsad esa har bir student, abiturient va qiziquvchi yoshlarga bu aqliy sportning imkoniyatlari va salohiyatlarini tushuntirib berish hamda effektiv usullar orqali inson xotirasini rivojlantirish hisoblanadi.Undan tashqari hozirda ushbu  blogda xotirani rivojlantirish, motivatsiya va inson miyasi haqida maqolalar to'planmoqda.
O’ylaymanki, Xotira chempionati haqida sizda ozgina bo’lsa ham tasavvur qoldirdim.Fikrimni so’ngida bir mashxur ingliz frazasini keltiraman “USE it, or LOSE it” , ya’ni miyangizdan foydalaning, aks holda uni yo’qotasiz .





FEB

25
Butunjaxon Xotira Chempionati 2012 (I qism)




Download 117,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish