Xotiramizning 7 gunohi



Download 117,14 Kb.
bet10/32
Sana15.01.2022
Hajmi117,14 Kb.
#369134
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
2 5474180833751336315

Yaxshi yoki yomon xotira bo’lmaydi,

faqatgina shug’ullantirilgan va shug’ullantirilmagan xotira bo’ladi

Garri Lorreyn

Garchi bu maqola dekarbda chiqsa maqsadga muvofiq bo'lar edi, lekin hechdan ko'ra kech deb maqolani chop etishga jazm qildim!


Ko’pchilik xotira chempionatida qatnashib kelganman deb aytsam,ochig’i hayron qolishadi. Nahotki, Shunday chempionat ham bo’lsa deb?
Javobi esa HA, bu qiziq va rang-barang hayotimizda shunday musobaqalar ham uchrab turar ekan. Bu musobaqaning kelib chiqishi 1991 yillarga taqalib, aynan inson miyasi va uning qobilyatlari haqida tadqiqotlar avjiga chiqqan paytlarga to’gri keladi.Chempionatning asoschisi, butundunyo bo’yicha dong’i ketgan , bestseller muallif Toni Buzan. Aynan  u musobaqaning hozirgi kungacha paydo bo’lishida tashabbus ko’rsatgan.
Toni Buzanning fikricha “Ko’pgina sayohatlarimda shu xulosaga kelganmanki, deyarli barcha insonda xotira bo’yicha muammo bor va eng qizig’i aksariyat intellektual o’yinlar bo’yicha chempionatlar mavjud : shaxmat, matematika, go(Yaponcha shaxmat),krossvordlar,Kubik Rubiklari va turli boshqotirmalardan, ammo inson miyasining eng qobilyatli bo’lagi – xotira sohasida hech qanday musobaqa tashkillashtirilmagan ”
Shu ishtiyoqlar bilan boshlangan jadal urinishlar Londonda ilk xotira bo’yicha musobaqa boshlanishiga sabab bo’lgandi va 2012 yil musobaqaning 21 yilligiga yana Londonda Butunjaxon Xotira Chempionati(BXCH) qaytib keldi. Shu davr mobaynida musobaqa Xitoy,Bahrayn,Malayziya, Germaniya,Buyuk Britaniya, Shvetsiya va boshqa bir qator davlatlarda o’tkazilgan.

Chempionat qanday tashkil qilinganini emas , balki qatnashchilar nimalar qilganini aytsam, musobaqani  yaxshi tushunish bo’yicha to’gri tasavvurga ega bo’lasiz. Demak, 1 soatda Simon Reynhard 2280 ta raqamni bir ko’rishda eslab qoldi, Yohannes Mellou esa atigi 5 minutda 500 raqamni xotirasida saqlab Jahon rekordini o’rnatdi, 15 minutda 269 ta so’zni qanday yozilishigacha, 5 minutda 118 ta tarixiy sanalardan tortib to 64 ta insonni ismi va familiyasini bir o’tirishda miyamizning “vinchesteriga” uzoq muddatga solib qo’yishdi. Tasavvur qilganizdek bu musobaqa inson xotirasini “gladiatorlar jangidek” tekshirib, so’ngra saralab Jahon Chempionini aniqlaydi.


Aslida esa Chempionatning tuzilishi antik davrlarda o’ynalgan detatlon sport turiga o’xshash tizimda olib boriladi.Bunda 10 ta yo’nalish bo’yicha har bir insonning qobilyatlari “test” ga qo’yiladi va kimda kim ko’p ochkoni yig’a olsa u musobaqaning g’olibi sanaladi. 10 ta  yo’nalishlar quyidagilardir : Mavhum rasmlar, Inson ismi va familiyasi,30 minutlik ikkilik sanoq sistemasi raqamlari, bir soatlik raqamlar,Raqamlarni tez eslab qolish, tarixiy sanalarni yodda qoldirish, bir soatlik o’ynovchi kartalar, turli xil so’zlarni va tezlikka 52 kartani eslab qolishdir.
Butunjaxon Xotira Chempionati har doimgidek 3 kun davom etganidan so’ng,(14-16 dekabr kunlari), chempionlik uchun kurash juda murosasiz bo’lgan baxsda Yohannes Mellouga g’oliblik qildi. Germaniyalik hamsportchim 10 ta yo’nalish bo’yicha rekord natija bilan 8413 ochko ila Yangi Jahon chempioni deb tan olindi.Bu chempionlikda qaysidir ma’noda majoziy ma’no ham bor.Gap shundaki, Yohannes Mellou nogiron bo’lishiga qaramasdan ushbu musobaqada qatnashchilar orasida eng kuchli xotira sohibi bo’lishga erishdi. Bu narsa musobaqalarda hech qanday kamsitish yo’qligini yana bir isbotidir.

 O’z navbatida aytib o’tish joizki, musobaqaga 24 davlatdan  80 dan ortiq qatnashchilar tashrif buyurdi.Garchi bu safar qatnashchilar o’tgan yilgidan oz bo’lsa ham, musobaqa ko’tarinka ruhda olib o’tilindi. Natijada , Germaniyadan kelgan qatnashchilar umum hisobda davlatlararo birinchi o’rinni egalladi. Bu albatta Germaniyaning qanchalik bu sportga berilgan e’tibor va ulardagi tashviqotlar natijasi hamdir.Ikkinchi o’rinni esa bu yil sensatsiya bilan Shvetsiya o’lkasiga nasib etdi(Odatda oldinlari Buyuk Britaniya delagatsiya ustun bo’lar edi). Bunday bo’lishiga sabab, yangi chiqqan intellektual sport ustasi Yonas Fon Essen bo’ldi. Bu pedagog bilan shaxsan o’zim tanish bo’lganim uchun aytishim mumkinki, Yonas BXCH o’ta shiddat bilan kirib keldi, atigi 3 oy tayyorgarlikdan so’ng u Shvetsiyani chempioni, Memoriad Turkiyadagi turnirning sovrindori va mana BXCHda bronza medalni olishi bilan tamomlandi.Uchinchi o’rinni esa yosh Filippin jamoasiga nasib qildi


Bu safargi chempionatda O’zbekiston terma jamoasi ayrim sabablarga ko’ra  qatnasha olmadi, lekin musobaqa tugaguniga qadar ruhan London havosini his qilib turdik. Oldingi 2 qatnashishimizda, men Rahmanov Shohruh va Alijonov Sarvar bilan birgalikda, kamtarona natijalarga erishdik hamda O’zbekiston sharafini himoya qilib keldik va umid qilamanki kelajakda bizning yurtimizdan ham ushbu xotira sporti bo’yicha o’ziga hos Groysmesterlar va daholar yetishib chiqadi.

Download 117,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish