L- bu “LOCATION” inglizcha so’zning birinchi harfidan olingan bo’lib u ona tilimizda “makon” degan so`zga tarjima qilinadi. Kundalik hayotimizda biror narsani eslab qolishimiz uchun biz doimo o’zimiz uchun tanish bo’lgan makonni ishlatsak, axborot xotiramizda uzoq vaqt davomida saqlanib qolar ekan. Makon va xotira orasidagi kuchli bog`liqlik, xatto tadqiqotchilar tomonidan ham isbotlangan. Oddiy bir misol, qachonlardir sizda quyidagi vaziyatlardan biri bo`lganmi? Qandaydir qo’shiqni eshitsangiz-u, siz uning musiqasi yordamida birincha marta qayerda eshitganligingiz yodingizga tushgan yoki biror insonni ko’rgan bo`lsangiz uning ismini eslab qolmagandirsiz, lekin uni qayerda ko’rganligingizni osonroq eslab qolgan bo`lishingiz mumkin. Bundan ko`rinib turibdiki, insoniyat miyasi vakum holatda yaxshi eslab qola olmaydi: biror narsani xotiramizda yaxshi saqlab qolish uchun unga makon kerak bo`ladi.Aynan shu Makon tamoyili orqali mashhur Rimlik davlat arbobi Seneka deyarli barcha rimliklarning ismi eslab qolgan ekan va Xotira Saroyi texnikasini asos solgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |