Xotiramizning 7 gunohi
Xristianlik dini ta’limoti bilan tanish insonlar biladiki unda 7 buyuk gunohlar bor va u gunohlar sizni hayotingizni yomonlashtirishga olib keladi xuddi Islomiy qarash bo’yicha "gunohi kabira" inson hayotini zavolga olib kelganidek. Buni qarangki, miyamizning eng asosiy vazifalaridan biri bo'lmish xotiramizning ham 7 gunohi bor ekan. O’zim bu haqida o’qiganimda taajjublangan edim.
Kuni kecha okean ortidan buyurtma qilgan kitobim yeitb keldi va uni darrov hazm qilish bilan band bo’ldim. Kitobning nomi esa - “Seven sins of memory” (Xotiraning 7 gunohi). Bu kitobning muallifi Daniel Shakter bo’lib, u inson Garvard Universitetining Psixologiya bo’limi boshlig’i bo’lib ishlagan va hozirgi kunda xotira sohasi bo’yicha yetakchi olim hisoblanadi. Shakterning teoriyasiga ko’ra ko’pchiligimizning xotiramiz aslida bir xil kuchga ega bo’lib, quyida keltiriladigan 7 gunohni bajarishdan o’zimizni tiya olgan taqdirimizdaginia, eslab qolishimizda yaxshi o’zgarishlarga erishish mumkin bo’lar ekan.
Bu o’ziga xos kamchiliklar hozirgacha olimlarni ajablanishtirishda davom etmoqda. Qizig’i shundaki, bu muammolarning ko’pchiligi yosh o’tishi bilan kuchayishi mumkin ekan. Xotiramizning 7 ta gunohi esa - qisqalik, parishonxotirlik, to’sqinlik, noto’g’ri belgilash, taklifchanlik, yon bosish, qaysarlik hisoblanadi. Quyida ular haqida qisqa to’xtalaman va kezi kelganda yechim ham berishga harakat qilaman.
1. Qisqalik
Xotiramizdagi ma’lumot juda qisqa fursatlarda esdan chiqib ketadi, shuning uchun ham yoshlikda olingan bilim vaqt o’tgan sayin yodimizdan chiqib ketadi. Masalan, siz ham ba’zida kechagina o’qigan adabiy kitobingizning qahramonlarini ismini eslashga qiynalishingiz mumkin. Xattoki ertalab o’qigan maqolangizni sarlavhasini eslay olmasligingiz mumkin. Bunday holatlar ko’p uchraydi va ularga qarab xotiramizni juda qisqa muddatli ekaniga amin bo’lishimiz mumkin. Qisqa-muddatli xotiradagi axborot uzoq-muddatli xotiraga o’tmay qoladi, oqibatida biz ma’lumotlarni yo’qotaveramiz. Xotiramizning qisqaligini ilk bor Nemis olimi Ebbinghaus kashf qilgan bo’lib, qisqacha aytganda siz hozir o’qiyotgan maqolaning 90 % ini 30 kun ichida sekin-asta unutasiz mabodo bu maqola haqida umuman hayolingizga keltirmasangiz.
Xotiramiz vaqt o’tgan sari yo’qoladi. Bu narsa har bir insonda bo’ladi va bunday xotiramiz xatosidan tushkunlikka tushmay aksincha bu oddiy holat deb qabul qiling, ya’niki sizni qisqa muddatlarda esdan chiqarib qolishingiz bu siz uchun evolutsion kechirim. Buni tan olasizmi yo’qmi xotiramiz shunday yaratilgan. Faqatgina siz xotirangizdagi ma’lumotni uzoq muddatli xotiraga olib o’tsangiz keyin esingizda qolishi mumkin.
Yechim : Eslab qolmoqchi bo’lgan ma’lumotni tez-tez takrorlab turing. O’qigan kitobingiz qahramonlarini boshqa insonlar bilan muhokama qiling yoki biladigan ma’lumotingizni boshqalarga o’rgating. Esda tutingki: Takrorlashni eslab qoling va eslab qolish uchun takrorlang.
2. Parishonxotirlik
Kalitingizni, telefoningizni va ba’zida kerakli xujjatlarni qayerga qo’yganingizni eslay olmaysiz. Aynan ular parishonxotirlikning eng ommabop misollari hisoblanadi. Bunda e’tibor berish va xotira o’rtasidagi kelishmovchilik kelib chiqadi va siz bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ortiq ishni qilishingiz oqibatida ikkalasiga ham yaxshi e’tibor bermasligiz sabab bo’ladi.
Parishonxotirlikka yana bir asosiy turtki bu fikrlagan paytimizda miyamizning ko’zi ko’rmasligidadir. Ko’zi ko’rmaydi deganimni so’zma-so’z tushunmang, aytmoqchimanki miyangiz fikrlash bilan band bo’ladi, fikrga bor e’tiborni beradi va siz telefoningizni qo’ygan joyni “ko’rmaysiz” . Oqibatida, miya ko’rmagan narsani esa eslay olmaydi.
Yechim : Bir vaqtning o’zida bir nechta narsaga e’tibor bermaslikni o’rganing, hozirda yashashni va bir narsaga aniq e’tibor berishni o’rganing. Ya’ni biron-bir muhim ishni bajarayotganingizda diqqatingizni bir joyga jamlab o’zingizni konsentratsiya qilishni o’rganing.
3. To’sqinlik
Kimdir savol bersayu , u savolga javobingiz shundoqqina tilingizni uchida tursa. Javobni bilasiz, va bilishingizni ham bilasiz lekin afsuski aynan o’sha paytda tilingiz aylanmay qoladi. Bunday xotiramizning keyingi gunohi bu to’sqinilk bo’lib, ayan shu xato odamlar orasida juda ko’p uchrab turadi. Tilimni uchida turibdi degan ibora ham aynan mana shundan kelib chiqadi. Tilingizni uchida turadiki , uni ayta olmaysiz. Hammaga tanish holat, albatta shunday emasmi?
To’sqinlikda sizga kerakli bo’lgan xabarni yo’lini boshqa xabar to’sib qo’yadi. Bir kino epizodi qahramonini ismini eslay olmaysizda , aslida ismi Otabek bo’lsa, miyangizga Mashxur ismi kelaveradi vaholanki, Mashxur so’zi Otabek ismi kelishiga to’sqinlik qilayotgan bo’lib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |