Davomi bor...(Davomi II qismda yoritilinadi)
FEB
23
Inson miyasi XXI asrda
Haligacha esimda bor, Toni Buzanning “Use your Head” deb nomlangan kitobini o’qiganimda , aytilingandiki biz miyamiz haqidagi ko’p ma’lumotni 20 asrning ikkinchi yarmida qo’lga kiritdik va 21 asr aynan miyamizni yanada chuqur o’rganish asri bo’ladi deb xitob qilingandi. Haqiqattan ham , hozirda ko’pchilik chet-el o’qishlarida nevron olimlari va miyaga aloqador ilmiy yo’nalishlar, inson miyasiga taaluqli tadqiqotlar ko’payayotgani bunda yaqqol dalildir.
Buni qarangki, shu yilning 12-Fevralida AQShnig Prezidenti Barak Obamaning har yilgi Kongressga beradigan birlashma nutqida, aynan Obama ma’muriyati 10-20 yillik uzoq muddat INSON MIYASINING tadqiqotlarini o’rganish hamda miyamizning ish faoliyatini to’liq hajmda XARITAGA tushirish bo’yicha loyihani olg’a surishmoqchi ekanligini tasdiqladi. Bu loyihani aynan Obama janoblarini og’zidan eshitish , loyihaga bo’lgan talabning ne chog’lik muhimligini va ulamolar tomonidan miyamizning hali o’rganilmagan qismlarini to’laligicha ko’rib chiqishga bo’lgan undovni sezish mumkin edi.
Agar bilsangiz miyamizda 100 milliarddan ortiq neyronlar mavjud, har soniyada 1000 dan oshiq ximiyaviy reaksiyalar bo’ladi. Bu loyiha bizdagi “superkompyuterni” yanada yaxshi tushunish, inson xotirasi, idroki, sezish, tuyg’ular va eng muhimi ongni anglab yetishga olib kelsa ne ajab. Ba’zigi olimlarning fikricha bu proyekt orqali miya bilan aloqador bo’lgan Alzgeymer va Parkinson kasalliklarini to’liqroq tushunish mumkin bo’larkan, Shizofreniya va Autismga muolajalar va davolash usullari ishlab chiqilinishi mumkin ekan.
Undan tashqari , sun’iy intellekt proyekti uchun ham qaysidir ma’noda yo’l ochishi mumkin.Doimgidek President Obama ijtimoiy va ta’lim tizimiga uzoqni ko’zlab investitsiya qilmoqchi va aynan miya tadqiqotlari bu yerda ajoyib investitsiya vazifasini bajaradi deb ko’pchilik olimlar tomonidan ma’qullanmoqda.
Eslatib o’tish darkorki xuddi shunday proyekt AQSH tarixida oldin ham bo’lgan. Unda Inson Gen Proyekti(Human Genome Project) nomi bilan 13 yillik tadqiqot insondagi genlarning tuzilishi va unga aloqador barcha informatsiyani yig’ish bilan shug’ullangandi. So’ng ushbu proyekt muvaffaqiyati o’laroq ko’pgina dorilar va yangi kashfiyotlar qilingan edi. Birgina fakt HGP(Human Genome Project)ga 13 yil davomida 3.8 millard dollar sarflanib, oxiri 2010 yilgacha 800 milliard dollarlik foyda keltirgan ekan.
Mayli gap bu yerda foydalar va sarf-harajat xususida emas, u yerda insonlarni haligacha “so’roq ” bo’lib turgan savollariga javob topish, sirlarni ochib tashlash va qanchadan qancha insonlar hayotini yanada yorug’lashtirish haqida, ya’ni butun insoniyatni o’ylab amalga oshirish rejalashtirilmoqda. O’zingiz o’ylab ko’ring, xattoki Aristotel inson miyasi bu qorinda deb o’ylagan va faqatgina o’tgan asrda miya to’grisidagi va psixologiyadagi ancha savollarga javob topgan bo’lsakda, biroq xaligacha olimlarga miya “qorong’u bir xilqat” bo’lib tursa.
Nanatexnologlar va nevropotologlarni ta’kidlashicha ularga ushbu vazifada so’ngi zamonaviy texnologiyalar aynan muddao bo’lar ekan.Kaliforniya Texnologik Institutidagi majlisda Google, Microsoft kompaniyalari va bir qator olimlar bir to’xtamga kelishibti: zamonaviy komputerlar bu proyektga yordam bera olar ekan.Shu bilan birgalikda inson miyasidagi faoliyatni XARITAGA tushurish anchagina qiyin bo’lishi ham ta’kidlandi.Hamda, proyekta turli xil davlat va nodavlat tashkilotlar,agentliklar va butun dunyo bo’yicha olimlarni bir yoqadan bosh chiqarishiga olib keladi.
Nima bo’lsa ham, proyektga birinchi qadamlar qo’yildi, va bu loyiha meni e’tiborimni tortdi, chunki bevosita bu sohaga aloqador bo’lganim uchun va o’z miyamni yaxshiroq tushunishga bo’lgan tabiiy chanqoq hamda ushbu blogni yuritayotganimga ham, albatta.Voqealarni kuzatib boramiz, keyingi 10 yil miyamiz haqida yanada qiziqarli bilimlarga ega bo’lamiz degan umiddaman.
FEB
23
Xotira to'g'risida umumiy ma'lumot
Men odatda o'zimga yoqqan internetdagi ba'zigi maqolalarni o'z blogimda berib boraman.Shundaylaridan biri bu uznet.biz saytidan olingan xotira xususidagi maqola. Garchi ba'zi fikrlariga qo'shilmasamda, kitobdan olingan parchada xotira haqida ayrim faktlar to'gri ko'rsatilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |