Xotiramizning 7 gunohi


Eshitib eslab qolish metodikasi



Download 117,14 Kb.
bet17/32
Sana15.01.2022
Hajmi117,14 Kb.
#369134
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
2 5474180833751336315

Eshitib eslab qolish metodikasi

Ushbu metodika eshitib esda saqlab qolishni tekshirishga mo'ljallangan. Bu metodika 4,5-6 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan.

Tajribani boshlashdan oldin sinaluvchiga quyidagi ko'rsatma beriladi:

Hozir men senga 10ta so'zni o'qib beraman. Sen ularni diqqat bilan tinglab, esda saqlab qolishing kerak. So'ngra ularni aytib berasan. (30 daqiqadan so'ng uzoq muddat esda saqlab qolishlikni tekshirish ham mumkin)



Radio, kitob, daraxt, oyna, soat, gul, mashina, ruchka, ko'ylak, non.

Tekshiruvchi bolaga 10ta so'zni bittadan har ikki-uch soniya oralig'ida o'qib beradi. Agar bola yaxshi eslab qolmasa yoki o'qib bo'lingach, qaytaring, desa so'zlarning har birini bir soniya oraliq bilan 2-3marta o'qiydi. O'qib berilgandan so'ng tekshiruvchi boladan o'qilgan 10ta so'zni aytib berishini so'raydi. So'zlarni aniq-ravshan o'qishi kerak. Xotiraning uzoq muddatli ekanini ham tekshirish uchun 30 daqiqadan so'ng shu so'zlar takror so'raladi.

Birinchi marta o'qilganda bola etib bergan so'zlarning soni xotiraning hajmini ko'rsatadi. O'rta hisobga ko'ra, 5-6 yoshli bola 4-5ta so'zni esda saqlab qolishi kerak.

30 daqiqadan so'ng 5-7 so'zni aytib beradi(bu uzoq muddatli xotira uchun)

Agar bola hamma so'zlarni aytib berolmasa(2-3ta so'zni ham) va 30 daqiqadan keyin ham aytib berolmasa yoki 5-7marta takrorlangandan keyin ham aytib berolmasa, bolaning xotirasi pastligini ko'rsatadi.

P.I.Ivanov "Umumiy psixologiya" kitobidan

http://uznet.biz/bolajonim/psixologiya/Xotira-togrisida-umumiy-malumot    saytidan olingan.

DEC

5
MEMORIAD 2012!




Olimpiada tugaganiga ancha bo'lgan bo'lsa ham hozirda ba’zi bir insonlar haliyam Olimpiadaga qatnashish ilinjida yuribti.Ulardan biri men, Memoriad, ya’ni xotira va miyada ko’paytirish bo’yicha Olimpiadaga yaqinda qatnashib keldim ...Ushbu maqolada esa o’sha Olimpiada bo’yicha taasurotlarim bilan bahamlashmoqchiman.

Memoriad bu inson xotirasi, aqliy ko'paytirish va miyada kalendarni hisoblash bo’yicha intellektual sportlarni o’zida birlashtirgan, 4 yilda bir bo’ladigan "kichik" olimpiadadir.Bu hozirda yangi aqliy sporti sifatida vujudga kelayotgan musobaqa hisoblanadi. (Uning kengaytmasi esa aynan shundaydir Mental Math + MEMOry + Olympiad = Memoriad).


 Bu yil ushbu musobaqa ajoyib kurort shahar , “Yerdagi jannat” nomi bilan mashxur ko'hna Antaliya shahrida, 22- dan 26 noyabrgacha bo’lib o’tdi. Umuman olganda bu yilgi musobaqa o’ta pishiq tashkilotchilik bilan esda muhrlanib qoladigan bo’ldi: quyoshli o’lka(deyarli qish bo’lsa ham),mehmonxonadagi qulay sharoitlar, komputerlashtirilgan ilk musobaqa, yangi yuzlar, dengiz bo’yi, kurort shahar hamda o’ta madadkor yordamchilar.
Men O’zbekistondan yagona qatnashchi edim, va musobaqada  esa 90 dan oshiq qatnashchi , 20 dan ko'p mamlakatlardan tashrif buyurishdi. Men oldin Butunjaxon Xotira Chempionatidagi natijalarim tufayli, 50 ta kuchli xalqaro qatnashcilar qatoriga kirganim uchun, 4 kunlik mehmonxonada turish va yemoq-ichmoq tashkilotchilar tomonidan qoplandi. Bu ham chempionatning bir ajoyib tuhvasi edi J

  

 Musobaqa 10 ta bir biriga o'xshamas shartlardan yoki yo'nalishlardan iborat bo’lib, ularni 2 ta kata gruppaga ajratish mumkin : xotiraga aloqador va matematik hisoblashlarga taaluqli.Men asosan xotira bo’yicha bo’limlarda qatnashdim. Ular 52 ta o’yin kartalarini tez eslab qolish, ismlar va odam yuzlarini, raqamlar marafoni hamda ikkilik sanoq sistemasini eslab qolishlardir.


Bu musobaqada yutsa nima foyda deyishingiz mumkin? Ularni ham sponsorlar allaqachon o’ylab qo’yishgan.1-o’ringa 1500$, 2-o’ringa 750$, 3-o’ringa 500$ hamda har bir o'rnatilgan yangi rekordga ham qo’shimcha pul mukofoti va qo'shimchasiga qatnashchilarga sertifikatlar va’da qilingan edi.Musobaqani ham umumiy fondi  92 000 $ lik mablag’ga egalik qilgandi , o’z navbatida. Moliyaviy rag'batlantirish bu bir tomondan , u yerda siz juda ko'plab narsalarni o'rganasiz ham, do'stlar ortirasiz, vataningizni tanitib kelasiz.
Natijalarga kelsak, boshqa qatnashchilar singari menda ham ko’p xatolar bo’ldi, negaki ilk marotaba yangi texnologiyalarni chempionatimizda ishlatganimiz o’z ta’sirini ko’rsatdi.(Oldinlari qo’g’oz va ruchkalardan foydalanilgan) Lekin nolimiymiz ba’zi yo’nalishlar bo’yicha yaxshi natijalarga ham erishdim, eng muhimi ancha narsa o’rgandik va tajribali qatnashchilardan  xatolarimiz ustidan ishlashlarni o’rgandik.
Eng yaxshi natijam esa 7- o’rin bo’lib, inson ismlari va yuzlarini eslab qolish yo'nalishida shaxsiy rekordimni ham yangiladim.(15 minutda 80 ta ism va familiyalarni eslab qoldim) va qolganlarida esa TOP 20 talikka kirdim, ularda deyarli o’zimni yaxshi natilarimni ko’rsata olmadim.Ayniqsa raqamlarni eslab qolishda o’zim   1 soatda 1200 ta raqamni eslab qolishga harakat qildim , ammo alal oqibat 502 raqamni o’rni o’rni bilan eslay bilibman xolos  L

Medallar uchun kurashishimni aytmasa ham bo’ladi. Ancha mushkul edi. Negaki jahonning kuchli o’ntaligiga kiradigan deyarli 7 ta qatnashchilar aynan , ularn ichida Jahon rekordi va Ginnes rekordi sohiblari ham, bu o’lkaga tashrif buyurishgandi.

Xullas, taassurotlar katta va yanagi safarga yanada natijalarni yaxshilashga motivatsiya bor.Aytganchi yanagi safargisi 2016 yili Las vegasda o’tkaziladigan bo’ldi. Okudunuz icin tesekur ederim!!!!!

OCT

28
Mnemonika mexanizmlari


Mnemonika uslublari deb, bu o’rganuvchilar uchun katta hajmdagi informatsiyani oson yo’llar bilan eslab qolishning barcha usullariga aytiladi. Shuni ham aytib o’tish darkorki  Gerald Miller tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatdi : mnemonika mexanizmlarini ishlatgan studentlarning test natijalarida 77%  ga o'sish kuzatilingan. Umuman, shaxsiy tajribadan aytishim mumkinki mnemonika usullari ko’p hollarda menga yordam bergan.
Kamalakni barcha ranglarini ketma-ket ayta olasizmi?

Ularga misollarni asosan ingliz tilidagi so'zlar orqali keltiraman. Masalan,  eng mashxuri bu ROY.BIV ismli insonni eslab qolsangiz siz kamalakning barcha rangini ketma-ket eslab qolishingiz mumkin.Ya’ni R-red-qizil,O-orange-oranjeviy,Y-yellow-sariq,B-blue-ko’k, I-Indigo-havorang , V-violet-binafsha rang.

Bunday misollar internetda juda ko’plab uchratib olsa bo’ladi.
HOMES- bu Amerika qit’asidagi buyuk ko’llarning ro’yhati  : Guron, Ontario, Michigan, Eyr va Yuqori. AQSHda geografiya darslarida ushbu ko'llarni osongina eslab qolish uchun Homes(ing. uy) mnemonika so'zi ishlatilinadi.
Darvoqe, men mnemonikani eslab qolishga yordam beradigan deb ta'kidladim ya'ni, qanday bo’lsa ham ushbu uslub bizga yordam beradi. Men yoshligimdan oylarning 31 ligini yoki 31 masligini bilish uchun qo’limning oldi qismidagi suyaklardan foydalanar edim, ya’ni tog’li qismlar 31, pastliklar esa 30 va bir marta oxiriga borilgandan keyin yana oxiridan boshiga to’g’ridan to’gri kelinsa oyning qancha kun bilan eslab qolishni bilib olish mumkin. Ushbu mnemonik uslub haligacha menga oylarning toq yoki juftligini eslatib turadi
Yaqindagina o’rgangan mnemonikam rus tillidan olinga bo’lib quyosh sistemasidagi sayyoralarni o’rni o’rnini eslab qolishda ancha yordam beradi “Моя великолепная знающая мать юным сердцам умела небо показать” bunda so’zlarnig bosh harflaridan esdan chiqmaydigan gap tuzilgan. Merkuriy,Venera, Zemlya- yani yer, Mars, yupiter, Uran va Pluton o’z navbatida.

Yoki bo’lmasam yoshligimda rus tili o’rganayotganimda o’qituvchimizning rus tilidagi kelishiklarni yodlab qolish uchun bergan mnemonikasini hali hanuzgacha eslab qolaman. Unda ushbu gapni takrorlagan edi o’qituvchimiz “Иван  Родил Девчонку, Велел Тащить Пелёнку»” va o’z navbatida bular Именительный , Родительный , Дательный, Винительный, Творительный, Предложный lardur.

Mnemonikani ishlatish o’zingizning ham ijodkorligingizga bog’liqdur. ba’zida qaysidur fanni o’qishimizda o’qayotganimda , ayniqsa imtixonga oz qolganda katta ma’lumotni yodlashda o’zim qandaydir mnemonic mexanizmlar ishlab chiqaman , va ular odatda ko’p marotaba yordam bergan va beradi.


Download 117,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish