Xotiramizning 7 gunohi


Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan (logik) esda qoldirish



Download 117,14 Kb.
bet15/32
Sana15.01.2022
Hajmi117,14 Kb.
#369134
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
2 5474180833751336315

Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan (logik) esda qoldirish

Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan(logik) esda olib qolish jarayonida asosiy o'rinda fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va elementlari o'rtasidagi ma'no va logik(mantiqiy) bog'lanishlarni fikr yuritish yo'li bilan ochiladi.

Mexanik suratda yod olishga qaraganda ma'nosiga tushunib yod olish eng ma'qul va samarali usuldir.

Ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish

Ixtiyorsiz esda qoldirish oldimizga hech bir maqsad qo'ymasdan va maxsus usullar qo'llanmasdan, beixtiyor esda qoldirishdir.

Ixtiyorsiz esda saqlab qolish bizning hayotimiz va faoliyatimizda juda katta o'rin tutadi. Ixtiyorsiz esda qolishda hissiyot ayniqsa, katta rol o'ynaydi.

Bizda bironta hissiyot tug'diradigan material hissiyotimizga hech bir ta'sir qilmaydigan materialga ko'ra, esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o'rnashib qoladi. Ba'zan esa beixtiyor esda qoldirish ixtiyoriy esda qoldirishdan ko'ra samaraliroq bo'ladi.

Ixtiyoriy esda qoldirish ko'zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni ongli ravishda kuch berib maxsus esda qoldirishdir. Ixtiyoriy esda qoldirishda materialni puxta esda saqlab qolish maqsadida biz maxsus usullardan foydalanamiz: diqqatimizni to'playmiz, idrok qilingan materialni takrorlaymiz, uning mazmunini o'qib olish uchun harakat qilamiz, ilgarigi tajriba va bilimlarimiz bilan uni bog'laymiz va hokazo.

Sistematik ravishda esda qoldirish yodlab olish, o'rganib olish deyiladi. Bizning o'quv ishlarimiz - bilimlarni o'zlashtirish, tegishli ko'nikma va malakalar hosil qilish asosan ixtiyoriy esda qoldirish yo'li bilan bo'ladi. Yodlab, o'rganib olish-tartib bilan esda qoldirish demakdir.

Ixtiyoriy(irodaviy) esda olib qolish eng samarali va puxta esda qoldirishdir.

Diqqat esda mustahkam saqlab qolishning zaruriy shartidir. Diqqat esga olish lozim bo'lgan materialga nechog'li kuchli suratda qaratilgan bo'lsa, u shunchalik tez va puxta esda qoladi, chunki diqqatning asab fiziologik asosi miya po'stining bir qismida qo'zg'alish o'chog'ining paydo bo'lishidir. Ana shunday qo'zg'alish o'chog'i paydo bo'lishi bilan yangi asab bog'lanishlar tezroq hosil bo'lib, mahkam saqlanib qoladi. Ko'pincha, ayrim kishilarning o'z xotirasining zaifligi, tez va puxta esda saqlab qololmasligi to'g'risidagi shikoyatlari taxlil qilib ko'rilganda, esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi ular diqqatining bo'shligida, tarqoqligida, miya po'stidagi tegishli qo'zg'alish o'choqlarining zaifligida ekanligi ma'lum bo'ladi. Bunday kishilar diqqatlarini bir nuqtaga jamlab qunt bilan ishlashga harakat qilishlari bilan ulardagi xotira ham kuchaya boradi.

Esda qoldirish usuli. Hayot va faoliyatning turli hollarida biror muddatgacha nimanidir qisqa yoki uzoq vaqtgacha esda qoldirishga to'g'ri keladi.

Shunday qilib, esda qoldirish usuliga yoki maqsadiga ko'ra xotira qisqa muddatli va uzoq muddatliga bo'linadi.

Muayyan (qisqa) vaqtdan keyin takror tiklash (eslash) maqsadida kerakli materialning esda saqlab qolingan vaqtlarda xotira, qisqa muddatli xotira deb ataladi. Ongda uning keying eslab qolinishi (saqlanishi) ga hech qanday zararuriyat yo'q.

Esda qoldirish usuli qandaydir biror muddat va sifatga ham ta'sir etib - esda qoldirishni mustahkamlaydi.

Tez va puxta esda qoldirish eng avvalo esga olinadigan materialning qanday idrok qilinishiga bog'liq.

Barcha yoshdagi bolalarda xotira juda kuchli rivojlanadi. Kichik bolalar ham vaqt va fazoni yaxshi farqlay oladilar, so'z boyligi ortib boradi. Bularning barchasi bolaning kattalar bilan, tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi natijasida sodir bo'ladi.

Xotiraning rivojlanishi bola bilan ishlashda ta'limning qaysi metodlari ustunligiga, uni o'rab turgan muhit idrok obrazlari bilan qanchalik "boyligiga" bog'liq. Materialning sezgi organlariga ta'sir etishi, idrok xususiyatlarini hisobga olgan holda ko'rish, eshitish, ushlab ko'rib bilish, hid bilish, ta'm bilish xotiralari ajratiladi.


Download 117,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish