Xorijiy mamlakatlarda davlat shakllarining asosiy


Davlat boshlig’ining funksiyalari va vakolatlari



Download 104,68 Kb.
bet15/28
Sana17.01.2022
Hajmi104,68 Kb.
#382334
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Davlat boshlig’ining funksiyalari va vakolatlari. Davlat rahbari – davlatning huquqiy va siyosiy arbobi bo’lib, uning barcha fazilatlari o’ziga xosdir. Biz faqat uning umumiy vakolatlarini tahlil qilamiz, bunda respublika va monarxiya shakllarini alohida ajratib o’tirish shart emas. Davlat rahbarlarini umumiy vakolatlarini yoritishda, ular haqiqatdan ham monarx uchun va prezident uchun universal xarakterlimi yoxud ularning ba’zilarida bu xususiyatlar mavjud emasmi, degan savollarga to’xtalamiz.

Adabiyotda, manbalarda davlat rahbarining vakolatlariga oid turli ma’lumotlar keltiriladi, ularni umumlashtirganda eng asosiy va o’ziga xos vakolatlarini ajratib ko’rsatish mumkin.

Fikrimizcha, ular orasida eng universali davlat rahbarlariningvakillik funksiyalaridir. Davlat rahbari mavjud urf-odatlar, qoidalar va qonun normalariga muvofiq, o’z mamlakatini ichki va tashqi munosabatlarda aks etadi, bunday munosabatlar ildizi aslidaqadimiy davrlarga borib taqaladi.

Vakillik etish funksiyasi asrlar mobaynida amal qilib kelayotgan qoidalarga muvofiq bajariladi. Davlat rahbari turlitantanali marosimlar va milliy bayramlarni boshqaradi. U muhim tantanalarda ishtirok etadi. Muhim sanalar, voqyealar munosabati bilan o’z xalqiga tabriklar va maktublar yo’llaydi, parlamentga rasman murojaat qiladi. Bu maktublar va murojaatlar diniy marosim, eskicha urf-odat xarakteriga ega va mamlakatdagi birorvoqyea bilan bog’liq.

O’sha ko’p asrlik an’analarga ko’ra, davlat boshlig’i xorijiy mamlakatlarda, o’z vakillarini diplomatik akkreditasiyadan o’tkazadi. Davlat rahbari xorijiy davlat vakillarini qabul qiladi,

ular ishonch yorlig’i va elchini chaqirib olish yorlig’ini topshiradi. Xorijiy elchilar mamlakatga kelib, davlat boshlig’i qabulidabo’lganidan keyin akkreditasiyadan o’tgan hisoblanadi.

Davlat rahbari rasmiy safarda bo’ladi, boshqa davlatlarning rahbarlari bilan uchrashadi, turli xalqaro anjumanlarda ishtirok etadi. U biror davlatga tashrif buyurganda, unga izzat-ikromko’rsatiladi, faxriy qorovul saf tortadi, davlat madhiyasi yangraydi, mamlakatlarning gimnlari ijro etiladi.

Bunday safarlar xalqaro aloqalarni mustahkamlaydi, tantanali uchrashuv mamlakatga bo’lgan hurmatni ifodalaydi. Davlat rahbari muzokaralar o’tkazish, xalqaro shartnoma va bitimlarni imzolash huquqiga ega. Buning uchun hukumat tomonidan ma’lum topshiriq talab etilmaydi, bunday huquqni uning lavozimi taqozo etadi. Davlat rahbari har doim keng ma’nodagi turli aloqalarda, mamlakatichkarisi va tashqarisida davlat, millat, xalq vakili hisoblanadi. Shuning uchun vakillik funksiyasi uning mamlakat bosh diplomati ekanligini ifodalab beradi.

Ba’zan davlat rahbari vakolati to’g’risida so’z yuritganda uning, xalqaro munosabatlar yoki tashqi siyosat sohasidagi faoliyati hamtilga olinadi. Agar prezident yoki mutlaq monarx kuchli bo’lsa, uningxalqaro munosabatlar va tashqi siyosiy sohadagi vakolatlari ham salmoqli va aniq-ravshan bo’ladi. U o’z tashabbusi bilan uchrashuvlar o’tkazadi, muzokaralar olib boradi, shartnomalarga imzo qo’yadi, ya’ni mamlakatdagi

«birinchi» shaxs vakolatini amalga oshiradi.

Agar parlamentar respublikaning prezidenti yoxud konstitusiya- viy monarxiyaning monarxi bo’lsa, bu harakatlarning hammasini hokimiyatning kuchli tarmoqlari hisoblangan ijro va qonun chiqaruvchi hokimiyat topshirig’i bilan amalga oshiradi. Bunday holatlarda, davlat rahbari ikkinchi vakolatli shaxs funksiyasini bajaradi.


Download 104,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish