Xorijiy mamlakatlarda davlat shakllarining asosiy


Demokratik rejim va uning asosiy belgilari



Download 104,68 Kb.
bet17/28
Sana17.01.2022
Hajmi104,68 Kb.
#382334
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Demokratik rejim va uning asosiy belgilari. Demokratik siyosiy rejim – bu shunday rejimki, bunda hokimiyatning manbai xalq hisoblanadi. Demokratik siyosiy rejim mavjud bo’lgan davlatlardagi xalqlar ushbu rejimni himoya qilishga qodir

millatga aylangan desak, hyech bir mubolag’a bo’lmaydi. Demokratik siyosiy rejimda jamiyat a’zolarining siyosiy-huquqiy erkinligi darajasi yuksak pog’onaga ko’tarilgan bo’lib, ijtimoiy hayot davlat hokimiyatiga ta’sir o’tkazuvchi fuqarolik jamiyati institutlariningto’liq nazorati ostida bo’ladi. Demokratik siyosiy rejimda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasida tavsiflanib, amalda o’zaksini topgan. Ushbu rejim tufayli, inson o’z mulohazasiga ko’ra, shaxsiy manfaatlarini hamda jamiyat farovonligini ta’minlovchi siyosiy kuchni qo’llab- quvvatlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu uning erkin saylovlar va referendumda qatnashish, hokimiyat organlariga murojaat qilish huquqlarida namoyon bo’ladi.

Manbalarda demokratiyada «xalq oliy hokimiyat timsoliga egabo’lib, bu hokimiyatni yo o’zi bevosita amalga oshiradi yoxud erkin saylov tizimi orqali o’zlari tanlagan vakillari vositasida amalga oshiradilar», deb ta’riflanadi. Avraam Linkoln (AQSh XVI prezidenti)ning so’zlariga qaraganda, demokratiya - «xalqning shu xalq uchun amalga oshiradigan xalq boshqaruvidir».

Shu jihatdan I.Ilin ta’rifi ham qiziqish uyg’otadi. U shundayyozadi: «demos» so’zi xalq ma’nosini anglatadi,



«kratos» so’zi kuch, hokimiyatni ifodalaydi. Haqiqiy davlat shu ma’noda «demokratik» bo’lishi mumkinki, u o’zining eng yaxshi kuchlarini xalqdan oladi hamdauni davlat qurilishida bevosita ishtirok etishga jalb qiladi. Demokratiya ikki asosiy turga - bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) va vakillik demokratiyalariga bo’linadi. Bevosita demokratiyasharoitida saylangan yoki tayinlab qo’yilgan rasmiy shaxslar vositachiligisiz fuqarolar ijtimoiy qarorlar qabul qilishdaqatnasha oladilar. Qadimgi Afina - jahondagi birinchi bevosita demokratiyani 5-6 ming kishi qatnashadigan yig’inlar yordamida amalga oshirgan.

Hozirgi zamon jamiyati o’zining murakkabligi, ko’p sonliligi bilan bevosita demokratiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bugungi kunda uning eng ko’p qo’llaniladigan shakli vakillik demokratiyasidir. Bunda fuqarolar siyosiy qarorlarni qabul qilish, qonunlarni ta’riflab berish hamda ijtimoiy farovonlik yo’lidagi dasturlarni hayotga tatbiq etish uchun rasmiy shaxslarni saylaydilar. Bu rasmiy shaxslar murakkab ijtimoiy muammolarni chuqur o’ylab, tartibli hal etishlari mumkin. Buning uchun ular boshqa xususiy shaxslar ega bo’la olmaydigan kuch va vaqtlarini sarflashlari kerak bo’ladi.

Demokratik rejim barcha odamlarning tengligi va ozodligini e’tirof etib, davlatni boshqarishda xalqning ishtirokiga asoslanadi. Demokratik davlat faqat o’z fuqarolarining huquq va erkinliklarini e’lon qilibgina qolmay, bu huquq va erkinliklarning iqtisodiy asoslarini ta’minlash, ularning konstitusiyaviy kafolatlarini ham belgilashi kerak bo’ladi. Natijada, keng huquq va erkinliklar qog’ozda emas, amalda mavjud bo’lib qoladi.

Demokratik siyosiy rejimning mavjudligini anglatuvchi qator talablar va shart-sharoitlarning umumiy yig’indisi shunchalik salmoqliki, muayyan davlatda, bir vaqtning o’zida bu talablarni bajarish eng demokratik davlatlar uchun ham og’irlik qilishi mumkin. Ya’ni, demokratik davlat deb tan olinish mas’uliyati juda ham yuqori. Shunga qaramay, aksariyat davlatlar o’z imkoniyatlarini shunday siyosiy rejimni barpo etishga safarbar etmoqda. Bugungi kunga kelib, Yevropa davlatlari, qator Osiyo hamda Amerika davlatlarida demokratik siyosiy rejim amal qilib, bu mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, harbiysalohiyati ham juda yuqori.

Demokratik siyosiy rejimni tavsiflovchi qator belgilargaasosan quyidagilarni kiritish mumkin: davlat hokimiyatining birdan-bir manbai xalq ekanligi; hokimiyat vakolatlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud o’rtasida amalda taqsimlanganligi va qat’iy mexanizmga egaligi; rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanganligi; qonunchilik yo’li bilan fuqarolarning konstitu- siyaviy huquq va erkinliklari o’rnatilganligi va davlat tomonidan kafolatlanganligi; fuqarolarning qonun oldida tengligi; vakillikhokimiyat organlarining to’laqonli faoliyat ko’rsatishi va umumiy hamda teng saylov huquqining joriy etilganligi; fuqarolarning davlat siyosiy hayotiga bevosita va bilvosita ishtirok etishi; siyosiy qarorlar qabul qilinishi ustidan xalq nazoratining o’rnatilganligi; fuqarolarga iqtisodiy, shu jumladan tadbirkorlikfaoliyati bilan shug’ullanishiga erkinlik yaratilganligi; davlatningfuqarolik jamiyati hayotiga qonunsiz aralasha olmasligi; siyosiy partiyalarning muxolafatda bo’lish erkinligi ta’minlanganligi; davlat ijtimoiy-siyosiy hayotida ro’y berayotgan jarayonlarning oshkoraligi va ochiqligi; siyosiy plyuralizmning qaror topganligi – turli ijtimoiy guruhlar o’z manfaat (fikr)larini erkin ifodalash imkoniyatiga egaligi va boshqalar.

Umuman, demokratik siyosiy rejim davlat boshqaruvi shakli yoki tuzilishi shakliga umuman bog’liq emas. Federativ davlat hisoblangan AQSh, GFR kabi davlatlarda, unitar davlat Yaponiya, Italiyada yoki monarxiya boshqaruvidagi Buyuk Britaniya, Niderlan- diya, respublika shaklidagi Chexiya, Fransiya davlatlarida demokratiksiyosiy rejim o’rnatilgan.




Download 104,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish