1-§. Davlat shakli – konstitusiyaviy-huquqiy institut sifatida
Davlat shakli hokimiyat asosiy organlarining (davlat boshlig’i, parlament, hukumat) tashkil etilishi va o’zaro munosabatlari prinsiplarini, davlatning tarkibiy qismlarga bo’linishi va ularning huquqiy maqomini, shuningdek davlat faoliyati usullari hamda uning fuqarolar bilan munosabatini ifodalaydi. Umuman, davlat shakli uch tushunchani: davlat boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy rejimni o’z ichiga oladi.
Xorijiy davlatlarning shakllari xilma-xilligi bilan ajralibturadi. Har bir davlat shakli takrorlanmas xususiyatga ega. Ularni faqat biror-bir belgi, umumiy xususiyatlar orqali guruhlarga bo’libo’rganish mumkin. Davlat shakllari tabiiy-geografik, tarixiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy-madaniy kabi omillar majmui ta’sirida vujudga keladi.
Davlat shakliga davlatning vujudga kelishidagi sharoit(AQShning siyosiy-hududiy tuzilishidagi federativ shakl), tarixiy an’analar (Buyuk Britaniya monarxiyasi), ichki siyosiy kurash va nizolar oqibati (bir qator Afrika davlatlaridagi davlat shakli modellarining o’zgarib turishi), jamiyatda ustuvor bo’lgan diniy-axloqiy qadriyatlar tizimi (Eronda teokratik respublikaning o’rnatilganligi), yangi noan’anaviy munosabatlarning vujudga kelishi (Yevropa Ittifoqi hamjamiyati) ta’sir qilishi mumkin. Ba’zida davlat shakliga subyektiv omillar ham muayyan darajadata’sir ko’rsatadi. Masalan, Fransiyada general Sharl de Gollning beshinchi respublika institutlari faoliyatiga ko’rsatgan ta’siri haqida eslashning o’zi kifoya qiladi.
Davlat shakli konstitusiyaviy tartibga solish obyekti hisoblanadi. Jumladan, «Davlat shakli» deb nomlangan alohida boblar faqat ayrim yangi konstitusiyalardagina (masalan, 1982 yildagi Turkiya Konstitusiyasida, 1987 yildagi EfiopiyaKonstitusiyasida, 1996 yildagi Ummon Konstitusiyasida) mavjud. Biroq, ko’pchilik davlatlarning konstitusiyalarida bunday bob alohida mavjud bo’lmasa-da, «davlat shakli» tushunchasini tashkil etuvchi elementlar bevosita asosiy qonunning matnida (masalan, Fransiya, Ispaniya, GFR, Qatar, Yamanda) yoki alohida konstitusiyaviyqonunlarda (masalan, Shvesiyada) mustahkamlangan.
Yozma konstitusiyalarga ega bo’lmagan mamlakatlarda davlat shakllari ko’pincha qonunlar (statut) bilan emas, balki davlat institutlarining ko’p asrlik evolyusion taraqqiyoti natijasida shakllangan konvension normalar asosida tartibga solinadi (masalan, Buyuk Britaniyada davlat boshlig’i – monarxning huquqiy maqomi va uning hukumat bilan o’zaro munosabatlari). Konstitusiyada davlat shakli to’g’risidagi maxsus bob bo’lmagan hollarda, odatda, unga oid tegishli normalar konstitusiyaviy tuzum asoslari mustahkamlangan bo’limga joylashtiriladi. Bu normalarning huquqiy himoyalanganlik darajasi yanada ko’proq ta’minlanadi (masalan, Italiyada respublika boshqaruv shaklini
qayta ko’rib chiqishning man etilganligi). Ayrim qoidalar davlat hokimiyati organlarini tashkil etish va hududiy tuzilishini belgilovchi bo’limlarga ham kiritilishi mumkin.
Davlat shakli tushunchasi davlat hokimiyatini tashkil etishning eng muhim tomonlarini qamrab olib, u o’z mazmuniga, ko’ra ancha murakkab hisoblanadi. U davlat hokimiyati qaysi organlar timsolida namoyon bo’lishi, ushbu organlarning vujudga kelish (shakllanish) tartibi qanday ekanligini, vakolat muddatlari qanchaligi, davlat (shu jumladan, markaziy va mahalliy) organlari o’zaro munosabatlari qandayligini, va nihoyat, davlat hokimiyati qaysi usul va yo’llar hamda yondashuvlarda amalga oshirilishini ko’rsatib beradi.
«Davlat shakli» tushunchasi borasida huquqshunos olimlar o’rtasida yakdil fikr mavjud emas. Masalan, bir guruh olimlar
«davlat shakli» tushunchasini «davlat tuzumi»ning sinonimi deb hisoblab, davlat shakli tushunchasiga davlat boshqaruv shakli, davlatning tuzilish shakli va siyosiy rejim kiradi, deb ta’kidlaydilar. Ikkinchi guruh olimlarning fikricha, davlat shaklidavlat boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklidan iborat bo’lib, siyosiy rejimni qamrab olmaydi. Uchinchi toifa huquqshunoslar esa davlat shakli – davlat hokimiyatining tuzilishi shaklidir, debbiladilar.
Ayrim davlatshunoslar davlatga harakatdagi dinamik vatashkiliy statik tizim sifatida qarashni taklif etadilar.
Shu taklifdan kelib chiqqan holda, ular dinamik jihatdan siyosiy (davlat) rejimni, statik jihatdan esa, boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shakllarini davlat shakli, deb hisoblaydilar.
Rossiyalik davlatshunos olim V.Ye.Chirkin davlat shaklining o’ziga xos alohida turlariga atroflicha to’xtalib o’tgan. Uning fikricha, davlat shaklini uchta turga ajratib o’rganish lozim:
Polikratik (ko’p hokimiyatli) davlat shakli. Bunda hokimiyat bo’linishi prinsipining amal qilishi, ya’ni turli davlat organlari o’rtasida davlat hokimiyatining bo’lib olinishi; hokimiyatlarning bir-birini o’zaro nazorat qilish va muvozanatda ushlab turishi; davlat rejimining demokratik ekanligi; davlat boshqaruvida xalqning bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi kabi munosabatlar asosiy o’rin egallaydi.
Monokratik ( yakka hokimiyatli) davlat shakli. Bu muayyan bir organ yoki mansabdor shaxsning hokimiyatga yakka egalik qilishi bilan
ajralib turadi. Bunday davlat shaklida muvozanatda ushlab turish vabir-birini nazorat qilib turish tizimi yo’q.
Bunday davlat shakli mavjud bo’lgan mamlakatlarda yagona davlat mafkurasi o’rnatilgan bo’ladi.
Segmentar davlat shakli. Segmentar (lotincha «segmentum» – bo’lak) davlat shaklining xususiyati shundaki, unda davlat tuzumi yaxlit, ammo bir nechta xil bo’laklardan tashkil topgan bo’ladi. Bunday davlat shaklida qisman demokratiya, avtoritarizm va hatto, totalitarizm belgilari ham bo’lishi mumkin. Segmentar davlat shaklida hokimiyatning bo’linishi tamoyili konstitusiyada e’tirof etilishi mumkin, lekin amaldagi tizimda tiyib turish, muvozanatda saqlash va qarama-qarshi ta’sir etish mexanizmi uchramaydi1.
Davlat shaklining quyidagi uchta asosiy elementi ajratib ko’rsatiladi: boshqaruv shakli, davlat (siyosiy-hududiy) tuzilishi shakli va siyosiy (davlat) rejim. Davlat shakliga nisbatan turli qarashlarning mavjud bo’lishiga qaramay, yuqoridagi tasnif va tavsifni qoida tariqasida, ko’pchilik tomonidan maqullangan, deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |