Konstitusiyaviy (cheklangan) monarxiya – bu boshqaruvning o’ziga xos shakli bo’lib, unda monarx hokimiyati konstitusiya asosida va unda belgilangan doirada amalga oshiriladi. Monarx hokimiyatining cheklanganligi darajasiga ko’ra, dualistik va parlamentar monarxiyaga ajratiladi. Monarxiyaning alohida shakli sifatida – o’zida monarxiya va respublikaning belgilarini mujas- samlagan saylanma (yoki saylov) shakli farqlanadi. Monarxiyaning bunday shakli hozirgi vaqtda Malayziyada mavjud. Unda davlat boshlig’i monarx hisoblanib, federasiya tarkibiga kiruvchi shtatlar vakillaridan iborat alohida kengash tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.
Dualistik monarxiya lotincha dualis – ikkilangan va yunontilidan monarchia – yakka hokimlik degan ma’noni anglatadi. O’z nomidan ko’rinib turganidek, hokimiyat monarx va parlament o’rtasida taqsimlangan holda amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi(masalan, Yevropada ayrim istisnolar bilan Lixtenshteyn, Yaqin sharqda Iordaniya, Marokash). Monarx hokimiyati konstitusiya bilan cheklangan bo’lib, u ham rasman (konstitusiya normalariga asosan) va ham amalda (demokratik institutlarning unchalik rivojlanma-ganligi sababli) keng hokimiyat vakolatlariga ega. Aniqrog’i, monarxdavlatning barcha ishlarini bir o’zi hal etmasa-da, ya’ni davlatda turli davlat organlari, maslahatchilar, vazirlar, amaldorlar mavjud bo’lsa-da, eng muhim, prinsipial davlat ishlari bo’yicha monarx o’zi hukm chiqaradi. Ya’ni u butun hokimiyatning to’lasohibidir. Shu bilan birga, dualistik monarxiyalarda saylab qo’yiladigan vakillik organi – parlament ham mavjud bo’lib, u qonun qabul qilish hamda byudjetni ma’qullash kabi vakolatlarga ega.
Monarx davlat boshlig’i hisoblanib, ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirish sohasidagi vakolatlar to’laligicha uning o’ziga tegishlidir. Hukumat boshlig’i monarx tomonidan tayinlanadi.Rasman hukumat ham parlament ham monarx oldida javobgardir. Amalda ular monarx hokimiyatga to’liq bo’ysunadi. Lekin monarx
parlamentni tarqatib yuborish, mamlakatda favqulodda holatlar joriy etish yoki boshqa favqulodda dekretlar qabul qilish huquqiga ega. Monarx armiyaning bosh qo’mondoni hisoblanadi.
Demak, dualistik monarxiya – bu mutlaq monarxiyaning o’zgarishiga asos solgan birinchi zamonaviy davlat boshqaruv shakli bo’lib, u ko’pincha konstitusiyaviy monarxiya deb ataladi. Shu bilan bunday davlat boshqaruv shaklida hokimiyatning bo’linishi ikkigaajratib o’rganiladi. Lekin shunday bo’lsa ham monarxga juda keng vakolatlar berilgan bo’lib, u parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarga cheklanmagan huquq asosida veto qo’yishi mumkin. Agar u qonunni tasdiqlamasa, kuchga kirmaydi. Bundan tashqari, qonun kuchidan yuqori bo’lgan farmonlar qabul qilishi, parlamentnitarqatib yuborishi mumkin. Shunday huquqlarni amalga oshirish orqali vaqtinchalik mutlaq monarxiya davlatini shakllantirishmumkin. Masalan. Ispaniyada 1974 yili parlament tarqatib yuborilib, 1989 yilga qadar mutlaq monarxiya hukm surgan.
Agar hukumat tayinlanadigan bo’lsa, faqat monarx oldida o’z faoliyati to’g’risida hisob berib turadi, parlament oldida mas’ul bo’lmaydi.
Monarx faqat davlat byudjetini belgilash jarayonlarida parlament bilan hisob-kitob qilishga majbur bo’lishi mumkin. Ammo deputatlar yilda bir marta ko’rib chiqadigan bu masalada hukumat bilan kelishmovchilik kelib chiqishidan qo’rqadilar, chunki monarx xohlagan vaqtida uni tarqatib yuborish huquqiga ega. Xuddi cheklanmagan monarxiya kabi davlat boshqaruv shakliga o’xshash dualistik monarxiya tuzumida ham siyosiy rejim avtoritarboshqaruvga shart-sharoitlar yaratib beradi. Davlat rejimi esa cheklangan dualistik hokimiyat tavsifida bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, monarxiya davlat shaklining dualistik boshqaruv usulida davlat hokimiyatining bo’linishi oldingidek, monarx va uni o’rab turgan yaqin qarindoshlari qo’lida bo’ladi. Hozirgi vaqtda Quvayt, Iordaniya, Marokash davlatlarida dualistik monarxiya boshqaruv shakli saqlanib qolgan.
Parlamentar monarxiya – davlat boshqaruv shakli bo’lib, mamlakatda rasman davlat boshlig’i monarx bo’lishi bilan birga, parlament ham mavjud bo’ladi va amal qiladi. Parlamentar monarxiya konstitusiyaviy monarxiyaning bir shakli hisoblanadi. Parlamentar monarxiya quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: konstitusiya bilan keng vakolatlar berilgan bo’lsa-da, monarx faqat
rasman o’z funksiyalarini bajaradi (Niderlandiya va Daniya); u konstitusiyaviy-huquqiy odatga ko’ra ulardan mustaqil ravishda foydalana olmaydi yoki monarxning barcha hujjatlari ministr- larning ma’qullashi bilan kuchga kiradi. Kontrassignatura insti- tuti amal qiladi.
Parlamentar monarxiya tuzumida hokimiyatning bo’linishi prin- sipi qonunchilik organining oliy davlat hokimiyat organiekanligini ko’ramiz. Ijroiya hokimiyat ustidan parlamentning yuqori turishi, siyosiy rsjimning demokratik yoki liberal, ya’ni davlat hokimiyat organlarining bir-biri bilan murosaga kela olmaydigan qonun talablarida faoliyat yuritishi belgilanganliginimustahkamlaydi.
Shuningdek, parlamentning oliy hokimiyat organi sifatidagitushunchasi shuni anglatadiki, hukumatning tuzilishi monarx tomonidan tayinlansa ham yuqori yoki quyi palataning ishonch huquqiqo’llaniladi. Unga ko’ra, agar yuqori yoki quyi palata a’zolari hukumatga ishonchsizlik bildirsa, monarx quyi palatada eng ko’p o’rin olgan partiya a’zolaridan saylangan deputatlardan hukumatni shakllantirishga majbur bo’ladi. Monarx bunday davlat boshqaruv shaklida faqat shohdir, hokimiyat masalalarida kuzatuvchi vazifasini o’ynaydi.
Qonunni tasdiqlash yoki to’xtatib qo’yish munosabatlarida bunday huquqdan amalda foydalanmaydi ya’ni hukumat ko’rsatmasi bilan qonunni amalga kiritishi mumkin. Huquqiy jihatdan monarx bunday huquqdan mahrum etilgan. Uning tomonidan chiqarilishi lozim bo’lgan hujjatlar tartib bo’yicha hukumat tashabbusi bilan tayyorlanadi. (Bosh vazir yoki u tayinlagan vazir tomonidan). Shuning uchun ham monarx yuridik tomondan qabul qilinayotgan qonun va qonun osti aktlarining oqibati uchun javob bermaydi.
Boshqalaridan ajralib turadigan parlamentar monarxiya davlat boshqaruv shaklining belgisi shundan iboratki, parlamentning quyi yoki yuqori (qaysi palatada hisobdor bo’lsa) palatasi oldida hukumatning o’z faoliyati masalalarida siyosiy javobgarligidir. Agar quyi palata hukumatga ishonchsizlik bildirsa yoki bildirgan ishonchini qaytarib olsa, hukumat monarx tomonidan iste’foga chiqarilgan yoxud o’z lavozimidan ozod etilishi shart. Ammo parlamentning bu huquqi hozirgi parlamentar monarxiya shaklidagi davlatlarda amalga oshirilishini unga tenglashtirilgan hukumatning monarxga yuqori yoki (qaysi palata bunday huquqqa ega
bo’lsa) quyi palatani tarqatib yuborish taklifini tasdiqlashi va yangi saylovlarni tashkil etilishida ko’rish mumkin. Bunday jarayonlarda ijro etuvchi va qonunchilik hokimiyat organlari o’rtasidagi kelishmovchiliklar xalq tomonidan hal etiladi. Agar saylovlarda parlamentning oldingi tarkibi qaytadan saylansa yoki ko’pchiligi palatadan o’rin olsa, unda hukumat tarkibi yangilanadi, ya’ni iste’foga chiqishga majbur bo’ladi.
Ba’zi bir parlamentar monarxiyalarda (Yaponiya, Shvesiya) monarx konstitusiyaga ko’ra, biror-bir jiddiy vakolatlarga ega emas.
Shundan kelib chiqib, bunday davlat boshqaruv shaklida monarx, parlament va hukumat munosabatlarining belgilanishi parlamentrejimi yoki parlamentar monarxiya deb ataladi.
Teokratik monarxiya boshqaruv shaklida davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy munosabatlar diniy normalar bilan tartibga solinadi hamda davlat rahbari diniy tashkilotlarning ham rahbari hisoblanadi. Monarx din rahnamosi bo’lib hisoblanadi. Bunday davlatlarga misol qilib Saudiya Arabistoni, Bruney qirolligini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |