Prezidentlik respublikasi quyidagi asosiy xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
Prezident prezidentlik respublikasida odatda parlamentdan mustaqil holda, to’g’ridan-to’g’ri (Lotin Amerikasi mamlakatlari) yoki egri saylovlar yo’li bilan (AQSh, Indoneziya) saylanadi. Prezidentning vakolatni to’g’ridan-to’g’ri xalqdan olishi prezi-
dentlik boshqaruv shaklining o’ziga xos xususiyati bo’lib hisoblanadi. Ya’ni bunda mamlakat fuqarosi o’z xohish-irodasinibildirish orqali prezidentni saylashda bevosita ishtirok etadi.Prezidentlik lavozimiga nomzodlar uchun har bir mamlakatdaturlicha senzlar (talablar) belgilangan bo’lib, ushbu talablarga javob beruvchi har bir fuqaro qonunchilikda belgilangan muddatga prezident etib saylanishi mumkin. Prezident umumxalq saylov huquqi prinsiplari asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Prezidentni saylash mexanizmi uning davlat hayotidagi o’rni va rolini belgilab beradi. Bunday saylovlar, masalan, Lotin Amerikasining bir qator davlatlarida: Meksika, Chili, Peru,Kolumbiya, Kosta-Rika; Osiyo davlatlarida: Filippin, Misrda nazarda tutilgan1.
Prezidentlik respublikasida prezident keng va mustaqil vakolatlarga ega bo’lib, u nafaqat davlat boshlig’i, balki qurolli kuchlarning oliy bosh qo’mondoni va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i hisoblanadi.
Prezidentlik respublikasida hukumat parlamentdan tashqari yo’l bilan shakllanadi. Uning a’zolari prezident tashabbusiga ko’ra, lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi (AQShda Senatning roziligi talab qilinadi), shu tariqa hukumat ham prezidentlik saylovlarida g’olib chiqqan siyosiy partiya tomonidan shakllan- tiriladi. Prezidentlik respublikasiga hokimiyat bo’linishining qat’iytartibi xosdir. Bunda vazirlar parlament oldida emas, balki prezident oldida siyosiy javobgar bo’ladilar. Hukumat a’zolarini parlamentning tashabbusiga ko’ra iste’foga chiqarish holati deyarli uchramaydi. Lotin Amerikasining ba’zi mamlakatlarida (Venesuela, Urugvay, Kolumbiya, Ekvador) parlament ba’zi vazirlargaishonchsizlik bildirish huquqiga ega, biroq bu ularning almash- tirilishi shart degani emas. Prezidentlik respublikasida parla- ment, odatda prezident tomonidan tarqatib yuborilishi mumkin emas.
Masalan, AQSh prezidentlik respublikasining klassik namunasini o’zida namoyon qiladi. Hokimiyat bo’linishining o’ta qat’iy shartlar asosida mamlakat prezidenti tomonidan qator konstitusiyaviy vakolatlar
asosida samarali amalga oshirilishi
1 Chudakov M.F. Konstitusionnoye (gosudarstvennoye) pravo zarubejnыxstran: Ucheb.posobiye. – M., 2001. – S.416.
parlament – uning Kongress ko’magiga erishish layoqatiga ega bo’li- shiga bog’liq bo’ladi.
Xorijiy mamlakatlarda 80-90-yillarda umumiy demokratlash-tirish jarayoni birmuncha o’zgara boshladi. Afrika davlatlarida ko’ppartiyaviylik tizimi, bir shaxsning prezidentlik lavoziminiegallab turish muddatining cheklanishi, parlament ma’lum vakolatlarining kengayishi, uning ijroiya hokimiyatiga nisbatan nazorat funksiyasini kiritish vositalari orqali – kuchli prezidentlik hokimiyatini birmuncha cheklashni ko’zda tutgan konstitusiyaviy islohotlar o’tkazildi. Shu tariqa qator Lotin Amerikasi mamlakatlarida ham yangi konstitusiyalarni qabul qilish yoki amaldagi konstitusiyalarga o’zgartirishlar kiritish jarayonida davlat mexanizmining ayrim qismlari orasida hukumatning ba’zi vazifalarini qayta taqsimlash islohotlari o’tkazildi.
Prezidentlik respublikasi davlat boshqaruv shakli siyosiy tizimning yetarlicha barqaror ishlashi uchun sharoitlar yaratadi. Prezidentlik respublikasida davlat boshlig’ini siyosiy sabablarga ko’ra iste’foga chiqarish
mumkin emas, shu bilan birga, hukumatning taqdiri ham parlamentdagi turli partiyalar orasidagi munosabatlarga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmaydi. Undan tashqari, prezidentlik respublikasida ijroiya hokimiyati hamda parlament- ning «o’zaro tiyib turish va muvozanatda saqlash» tamoyilining samarali amalga oshirilishi uchun rasman imkoniyatlar yaratiladi.
Ba’zi respublikalar klassik ko’rinishdagi prezidentlik boshqa- ruvidan farq qilganligi uchun superprezidentlik (monokratik) respublikalari deb ham yuritiladi. Mazkur tushuncha orqali respublika boshqaruv shaklining alohida bir shakli ifodalanadi. Bunda davlat hokimiyatining barcha bo’g’inlari huquqiy jihatdan va amalda prezident qo’lida to’planadi. U bir vaqtning o’zida ham davlatboshlig’i, ham hukumat boshlig’i va hukmron partiya rahbari hisoblanadi. Aksariyat hollarda konstitusiyalar bunday prezident- larga cheklanmagan tarzda parlamentni tarqatib yuborish, o’z xohishiga ko’ra favqulodda va harbiy holat joriy etish, qonun kuchiga ega bo’lgan dekretlar qabul qilish, mahalliy ma’muriyatni, sudyalarni yakka tartibda lavozimga tayinlash hamda ozod etish va hokazolarni ko’zda tutadi. Klassik prezidentlik respublikalariga xos bo’lgan «o’zaro tiyib turish va muvozanatda saqlash» tizimida prezidentni lavozimidan chetlatishning konstitusiyaviy mexanizmi mavjud bo’lmaydi. Hozirga vaqtda Suriya, Indoneziya, Turkmaniston,
Qozog’iston va boshqa qator mamlakatlarda amal qiladi. Aksariyat hollarda Lotin Amerikasi barcha mamlakatlarini superprezident- lik respublikalari deb hisoblash uchraydi1.
Prezidentlik respublikasi sharoitida hokimiyatning har ikki tarmog’i (qonun chiqaruvchi va ijroiya) ma’lum darajada bir-biridan ajratilganligi uchun, o’zlarining butun konstitusiyaviy vakolatlarimuddati davomida mustaqil faoliyat olib borishlariga imkoniyatmavjud.
Parlamentar respublika – inglizcha parliament – so’zlash ma’no- sini anglatib, respublika boshqaruv shaklining ikkinchi ko’rinishi hisoblanadi. Bunda parlament rasman to’la vakolatli organ bo’lib, o’zoldida javobgar bo’lgan hukumatni shakllantiradi va faqat davlat boshlig’i hisoblanadigan prezidentni (bevosita yoki saylovchilar- ning maxsus kollegiyasi tarkibida) saylaydi. Prezident hukumat boshlig’i hisoblanmaydi. Ijroiya hokimiyat boshlig’i va uning mahkamasi parlament tomonidan nazorat qilinadi. Bunday davlat boshqaruv shakli, parlamentar monarxiya shakliga mos tushadi faqat davlat boshlig’i masalasi bo’yicha va boshqa ayrim xususiyatlari bilanajralib turadi. Parlamentar respublikada prezident unchalik katta mavqyega ega bo’lmaydi (Masalan, Italiya, Turkiya). Parlamentar respublika boshqaruv shakli ko’proq parlamentar monarxiyaga o’xshash elementlarni o’zida aks ettiradi. Biroq bunda monarx o’rnida prezidentni ko’pincha parlament (Chexiya, Gresiya), yoki parlament a’zolari qatoriga kiradigan federasiyalar subyektlarining qonun chiqaruvchi organlari (Hindiston, Germaniya) yoxud, hududiy vakillik organlaridan (Italiya) ham qo’shilgan vakillardan iborat kollegiya saylaydi. Biroq prezidentni saylash tartibi hal qiluvchi asos hisoblanmaydi, chunki parlamentar respublikalarda davlat boshlig’isaylovlari bevosita xalq tomonidan amalga oshirilishi (Avstriya, Irlandiya) ham mumkin.
Ayni vaqtda prezident parlamentar respublikada nomigagina davlat boshlig’i sifatida ko’rib chiqilishi kerak emas. Prezidentkonstitusiyani himoyalash va qo’riqlash qasamyodini qabul qiladi. Parlamentar
respublikalarda davlat mexanizmining barqaror amal qilish sharoitlarida esa prezident bunda asosan hukumat farmonlariga muvofiq harakat qilib qabul qilinayotgan qarorlarga o’z lavozimi yuzasidangina ta’sirga ega bo’lishi mumkin.
1 Parlamentskiy glossariy / avt. –sost. A.X.Saidov, T.Ya. Xabriyeva. – M., 2008. – S.316.
Parlamentar respublikada Bosh vazir lavozimi alohida hal etilishi lozim bo’lgan masala. Faqat Bosh vazir hukumatga boshchilik qiladi, prezident esa uning ishiga aralashmaydi. Bosh vazir faqat parlament oldida siyosiy mas’uldir, parlament unga ishonchsizlik bildirishi yoki o’z ishonchini qaytarib olishi mumkin. Odatda saylovlarda g’olib chiqqan partiyaning lideri yoki vakili Bosh vazir lavozimini egallaydi. Hukumat a’zosiga bildirilgan ishonchsizlik asosan Bosh vazirga butun tarkibi bilan iste’foga chiqish oqibatinikeltirib chiqarishi
mumkin. Hukumat ham bunga javoban quyi palatani tarqatib yuborish haqida prezidentga murojaat etishi mumkin.
Klassik ko’rinishdagi parlamentar respublika shaklidagidavlatlarga Germaniya, Vengriya, Italiya, Chexiya, Latviya, Estoniya kabi davlatlarni misol qilib keltirish mumkin. Bu davlatlarning o’ziga xos xususiyatlarini kengroq o’rganish uchun davlat hokimiyatinitashkil etish asoslarini qarab chiqish zarur bo’ladi.
Parlamentar respublikada Bosh vazir va boshqa vazirlarning lavozimga qo’yilishida prezident parlamentdan rozilik olishilozim. Parlamentar respublikasida qonunchilik va ijro etuvchi hokimiyatning ajratilishi ularning o’zaro kelishuvida nazoratchilikfaoliyati prezidentlik respublikasiga nisbatan juda ham mukammalva chuqur jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |