Xorijiy mamlakatlarda davlat shakllarining asosiy


-§. Davlat boshlig’i, parlament va hukumatning boshqaruv shaklida namoyon bo’lishi



Download 104,68 Kb.
bet12/28
Sana17.01.2022
Hajmi104,68 Kb.
#382334
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28

2-§. Davlat boshlig’i, parlament va hukumatning boshqaruv shaklida namoyon bo’lishi

Davlat boshqaruv shaklida oliy hokimiyat organlarining

«klassik» tarmoqlari – davlat rahbari, parlament va sud o’ziga xos o’rin egallaydi. Ularning o’zaro munosabatlari, huquqiy maqomi, hokimiyat taqsimlanishida tutgan o’rni boshqaruv shakliningmazmunini belgilab beradi. Aksariyat mamlakatlar boshqaruvida davlat rahbari alohida mavqyega ega.

Hokimiyatning «klassik» tarmoqlari – parlament, hukumat, sud (qonunchilik, ijro va sud hokimiyati)dan farqli ravishda davlat rahbarining amaliy va yuridik holatini bir xil baholash mumkin emas. Bu o’ta murakkab masala: davlat rahbari kim, uning yuridik va amaliy maqomi qanday? U kim - qonun chiqaruvchimi, ijro hokimiyatining rahbarimi yoki hyech bir tarmoqqa tegishli emasmi? Davlat mexanizmida davlat rahbari qanday o’rin tutadi? Gapshundaki, har bir mamlakatda bu lavozim egasining tutgan o’rni o’zigaxos. Ammo shunga qaramay, ularning davlat rahbari institutiga bergan ta’rifini ifoda etuvchi umumiy belgilari, o’ziga xos aniq tomonlarini alohida ko’rsatish mumkin. Davlat rahbari maqomi to’g’risidagi masalada huquqshunoslar orasida yakdil fikrshakllanmagan.

Masalan, L.M.Entonning fikricha, davlat rahbari – bu «Davlat instituti iyerarxiyasida rasman eng yuqori o’rinni egallagan, mamlakatning ichki siyosiy hayotida va boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarida oliy vakolatni amalga oshiruvchi rasmiy shaxs (organ)dir». Buni eng universal ta’rif, deyish mumkin.

V.A.Starodubskiy davlat rahbariga kengroq ta’rif bergan,uning fikriga ko’ra, davlat rahbari – bu davlatni xalqaro

munosabatlarda ifoda etuvchi va oliy davlat hujjatlarini amalga oshiruvchi organ hisoblanadi. A.A.Mishinning ta’kidlashicha, davlat rahbari ijroiya hokimiyatining sohibi, davlatning xalqaro munosabatlardagi oliy vakilidir.

A.M.Osavolyuk davlat rahbariga quyidagicha ta’rif beradi:


«Davlat rahbari – davlat organlari tizimida oliy lavozimni egallagan, mamlakat ichkarisida va tashqarisida uning oliy vakili, millat va davlat (xalq va davlat) birligining ramzi bo’lgan lavozimi shaxs yoki organdir.


Umumiy ma’noda, davlat rahbari yo monarx (mutlaq hokim), yoki prezident, yoxud (kamdan kam holatlarda) jamoa shaklidagi organ bo’lishi mumkin.

Xo’sh, konstitusiyalar davlat rahbari institutlariga qanday yondashmoqdalar. Yaponiya konstitusiyasiga ko’ra, davlat rahbari

«Imperator» unvoniga ega. Konstitusiyaning 1-moddasida uning davlat organlari tizimida tutgan o’rniga ta’rif beriladi. Jumladan, unda shunday deyilgan:

«Imperator davlat ramzi va xalqning ajralmas birligi hisoblanadi, uning maqomi suveren hokimiyat sohibi – xalqning xohish-irodasiga qarab belgilanadi».

Ummon Konstitusiyasida davlat rahbari – sultonning huquqiy maqomi belgilangan. Unga ko’ra, Sulton – davlat boshlig’i va qurollikuchlarning oliy bosh qo’mondonidir; uning shaxsi daxlsizdir; sultonni hurmat qilish majburiy bo’lib, uning qarorlari hal qiluvchidir; Sulton millatning birligini ifodalaydi, u milliy yagonalikni saqlash va himoya qilishga majburdir.

Ispaniyaning hozirgi Konstitusiyasida davlat rahbari qirol- ning roli va tutgan o’rni to’g’risida aniq ma’lumot keltiriladi.Uning 50-moddasida shunday deyiladi:

«Qirol Ispaniya davlatining rahbari, uning birligi va barqarorligining ramzidir. U davlat institutlari tomonidan to’g’rifaoliyat ko’rsatilishining kafolati hisoblanadi. Xalqaro munosabatlarda Ispaniyaning, ayniqsa, tarixan mushtarak bo’lgan millatning oliy vakolatini, shuningdek, unga Konstitusiya va qonunlar bilan berib qo’yilgan funksiyalarni amalga oshiradi».

Fransiya Konstitusiyasida, prezidentning davlat boshqaruvidatutgan o’rni, roli va ahamiyati ancha aniq belgilangan (5-modda):

«Respublika Prezidenti konstitusiyaga rioya etilishini kuzatib

boradi, o’z arbitrajlari orqali davlat organlarining mo’tadil faoliyatini, shuningdek, davlat hokimiyatning mustaqilligini ta’minlaydi. U milliy mustaqillik, hududiy yaxlitlik, hamjamiyatlar bitimlari va shartnomalariga rioya etilishining kafolati hisoblanadi.»

Keltirilgan misollardan ko’rinadiki, davlat rahbari xalqtomonidan saylangan prezident yoki monarx bo’lsa ham konstitu- siyalarda ularning davlatdagi haqiqiy roli to’liq bayon etilmaydi vaularga aniq ta’rif berilmaydi.

Davlat rahbari parlament tomonidan saylangan prezident bo’lgan hollarda, konstitusiyada uning yuridik, siyosiy va boshqa o’rni to’g’risida hyech narsa deyilmaydi. Bu konstitusiyalarda prezidentni saylash tartibi bayon qilinadi va uning muhim funksiyalari sanab o’tiladi xolos. Bu konstitusiyaviy huquq nuqtai nazaridan unchalik to’g’ri emas. Bunday holatlarda qonun chiqaruvchilar davlat rahbarining roli hammagama’lum va uni tushuntirib o’tirishning hojati yo’q, deb o’ylashlari mumkin.

Italiya va Germaniya Federativ Respublikasi konstitusiyalaridadavlat boshlig’i qanday organ degan savolga javob yo’q. Masalan, Italiya konstitusiyaning 83-moddasida prezident parlament a’zolarining qo’shma majlisi tomonidan saylanishi va uni saylash tartibigina belgilab qo’yilgan.

Uning 84-moddasida esa prezidentlik nomzodlariga talablar to’g’risida, 85-moddasida prezident 7 yilga saylanishi va saylov o’tkazish muddati haqida ma’lumot beriladi. 86-moddada prezidento’z vazifalarini bajara olmagan hollarda, uning vazifasini vaqtincha bajarib turish tartibi bayon qilingan. Faqat 86-moddada respublika prezidenti – davlat rahbari ekanligi va u milliy birlikning ifoda etishi ma’lum qilinadi. Shu yerda uning konstitusiyaviy vakolatlari sanab o’tiladi.

Germaniya Federativ Respublikasi Konstitusiyasida respublika prezidenti – davlat rahbari yoki u milliy birlikni ifoda etishi haqida aytib o’tilmagan. Uning 54, 55, 56-moddalarida prezident- ning vakolatlari, saylanish, qasamyod etish, prezidentni lavozimi- dan ozod etish belgilab qo’yilsin.

Yuqorida aytilganlardan ko’rinadiki, davlat rahbariningyuridik va faktik maqomi, davlat hokimiyati boshqaruvini amalga oshirishda uning roli, mazkur davlatdagi mavjud boshqaruv shakliga,siyosiy tizim va boshqa shart-sharoitlarga, shuningdek, mamlakatda

tarkib topgan an’analar, urf odatlar va sud presedenti xarakteriga bog’liqdir.

Nomigagina hokimiyatni egallab turgan davlat boshlig’i faqatqonunlarni imzolaydi. Uning imzosi qonunni kuchga kirganligini bildiradi.

Davlat rahbari qonun asosida ma’lum tartiblardan o’tib, fuqarolar va boshqa davlatlar tomonidan davlat rahbari sifatida e’tirof etilgan taqdirdagina, qonuniy o’z lavozimiga kirishgan hisoblanadi. Qonuniylashtirish usullari turlicha bo’lishi mumkin: agar u respublika bo’lsa, saylangan prezident, agar monarxiya bo’lsa,o’z lavozimini meros tariqasida olgan monarx davlat rahbari bo’ladi.

Davlat rahbari hokimiyatni zo’rlik bilan egallab olgan bo’lsa, noqonuniy hisoblanadi. Bunday hollarda ham davlat rahbari davlat mexanizmining qolgan bo’g’inlarini ham o’ziga bo’ysundirib, davlat boshlig’i funksiyasini bajarishi mumkin. Noqonuniy davlat rahbaridiktator yoki kuch ishlatib hokimiyatni bosib olgan harbiy xuntabo’lishi mumkin.

Davlat mexanizmi tizimida davlat rahbarining o’rnito’g’risidagi masala juda murakkab. Uning haqiqiy o’rnini belgilashga harakat qilganda har safar istisno qoidalarga, qarama- qarshi fikrlar va misollarga duch kelish mumkin. Ko’pincha davlat rahbarini ijroiya hokimiyatiga tegishli ekanligini ishonch bilan ta’kidlaydilar.

AQSh Konstitusiyasining 2-moddasida ijroiya hokimiyati AQSh prezidentiga tegishli deb baholangan. Fikrimizcha,davlat rahbari instituti ko’pchilik holatlarda alohida mustaqil kompleksni tashkil qilib, hokimiyatning biror tarmog’iga uni kiritishga harakat qilish noto’g’ri va samarasizdir.




Download 104,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish