Harbiy-siyosiy rejim – ba’zi mamlakatlardagi ijtimoiy- iqtisodiy-siyosiy holat bevosita harbiylarning hokimiyat tepasiga kelishiga imkoniyat yaratadi. Hokimiyatning harbiylar tomonidan boshqarilishi o’z- o’zidan, fuqarolik institutlari faoliyatinito’xtatib qo’yadi.
Harbiylar mamlakatdagi siyosiy boshboshdoqlikka chek qo’yish, iqtisodiy ahvolni yaxshilash, harbiy intizom orqali mamlakatda tartib o’rnatish maqsadini ilgari surib, o’z hokimiyatini amalga oshiradi. Yevropa mamlakatlaridan Gresiya (1967-1974), Osiyoda Pokiston (general Ziyo ul-Haq davrida), Lotin Amerikasida Paragvay (Alfredo Stressner hukmronligi) davlatlarini misolqilib keltirish mumkin. Ayniqsa, 60–70-yillarda Lotin Amerikasidavlatlarida (Chilida) harbiylarning hokimiyat tepasiga kelishi, ularda xunta (harbiy kollegiya) rahbarligining joriy etilishi ko’p marta kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |