Avtoritar siyosiy rejim – Adabiyotda asosan avtoritar siyosiy rejimning bir belgisi alohida tilga olinadi, bu ham bo’lsa, cheklanmagan hokimiyatning bir shaxs qo’lida to’planishidir. Cheklanmagan hokimiyat sohibi hisoblangan davlat boshlig’i hokimiyatning barcha organlarini o’z nazoratida bo’lishini, ushbu organlarning shakllanishi faqat uning irodasi asosida amalga oshishishni ta’minlaydi, demokratik xususiyatlarni batamom inkor etadi. Nodemokratik siyosiy rejimning bunday ko’rinishi ko’pgina sobiq sosialistik mamlakatlar, jumladan, sobiq Sovet Ittifoqida I.V.Stalin hukmronlik qilgan davrni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |