3-§. Siyosiy rejimning umumiy tavsifi
Davlat shaklining muhim elementlaridan biri – siyosiy rejim dir. Huquqshunoslikda siyosiy rejim iborasi «siyosiy tartib»,
«davlat rejimi» yoki «davlat tartibi» kabi shaklan har xil, ammo mazmunan bir xil bo’lgan tushunchalar bilan ifodalanadi. «Siyosiy rejim» tushunchasi borasida huquqshunos olimlar o’rtasida yagonafikr shakllanmagan.
Bir guruh olimlar siyosiy rejim davlat
shaklining sinonimi deb e’tirof etsalar, ikkinchi guruh olimlar esa uni davlat shakli tarkibiga kirmaydi, deb ta’kidlaganlar.
«Siyosiy rejim» tushunchasi keng va tor ma’noda talqin etilishi mumkin. Keng ma’nodagi siyosiy rejim jamiyatning butun siyosiyhayoti, siyosiy tizimi hodisalarining namoyon bo’lishi va tartibini anglatadi. Tor ma’noda esa faqat davlat hokimiyatini ro’yobgachiqarish bilan bog’liq hodisalar va usullarning namoyon bo’lishi tarzida talqin etiladi. Umuman, «siyosiy rejim» tushunchasi davlat hokimiyatini amalga oshirishning yo’llari, shakllari, usul va vositalarini ifodalashga xizmat qiladi.
Muayyan bir davlat boshqaruv shaklida va bir mamlakatning taraqqiyot davrida siyosiy hayot o’zgarib turishi mumkin. Jamiyat va davlat ochiq, yopiq va oraliq; demokratik, totalitar va avtoritar; harbiy, fuqarolik va aralash; klerikal, teokratik va boshqa ko’rinishda bo’lishi mumkin. Bularning barchasi shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi turli munosabatlarning xarakterini ifodalaydi.Shu bilan mamlakatda mavjud siyosiy hokimiyatning asos soluvchi tamoyillarini, demak siyosiy rejimning o’ziga xos xususiyatini namoyon etadi.
Siyosiy rejim davlat shakli sifatida davlatning mohiyati bilan bevosita va yaqindan bog’liqdir1.
Har bir davlatda, o’ziga xos muayyan shart-sharoitlar, turli imkoniyat darajasi, xalqning turmush tarzi, davlatning harbiy- iqtisodiy qudrati tufayli davlat va siyosiy rejimi ham aynan bir-biriga o’xshamaydi. Lekin siyosiy rejimni tavsiflovchi qator belgi va xususiyatlarni ko’rib chiqib, ma’lum darajadagi siyosiy rejimning ko’rinishlarini shartli ravishda turkumlarga ajra- tamiz.
Xorijiy davlatlarni ma’lum turkumlarga ajratib o’rganish metodini ushbu tushunchaga nisbatan ham qo’llaymiz. Chunki, rivojlangan davlatlarning siyosiy rejimi, rivojlanayotgan yoki rivojlanish darajasi juda ham past bo’lgan mamlakatlarning siyosiyrejimidan keskin farq qiladi.
Siyosiy rejimni tavsiflovchi omillar qatoriga mamlakatdagiqonunlarning mazmunini, xorijiy mamlakatlar bilan o’zaro munosabatlari, milliy huquq va xalqaro huquqning mushtaraklik darajasi, inson huquq- erkinliklariga munosabat, davlat hokimiya- tini shakllanish va idora etish tartiblari, jamoat birlash-
1 Qarang: Parlamentskiy glossariy / avt. –sost. A.X.Saidov, T.Ya.Xabriyeva. – M., 2008. – S.261.
malarining huquqiy va real holati, fuqarolik jamiyatining asoslari kabilarni kiritish mumkin.
Ayniqsa, hokimiyatni amalga oshirishda, davlat faoliyatini tashkil etish prinsiplarining mazmuni mamlakat siyosiyrejimining mohiyatini ochib beradi. Yuridik adabiyotda, siyosiy rejim bilan birga ba’zan (hozirgi kunda keng yoyilgan) «davlat rejimi» atamasini, tushunchasi tilga olinadi. Ushbu tushunchalarba’zan sinonim sifatida qo’llansa-da, umuman ular o’rtasida jiddiyfarqlar bor. Konstitusiyaviy huquqning alohida institutlari hisoblangan davlat mexanizmi, organlar va idoralari, shuningdek, mansabdor shaxslar orasidagi davlat boshqaruviga oid faoliyat yuzasidan shakllangan mavjud munosabatlar tabiati davlat rejimini namoyon etadi.
Konstitusiya va qonunlarda mustahkam- langan ijtimoiy tuzumning barcha munosabatlari real hayotda doimo o’z aksini topa olmaydi. Davlat boshqaruvi shaklida ko’proq namoyon bo’luvchi, uni tavsiflashda qo’l keluvchi davlat rejimi tushunchasiga nisbatan siyosiy rejim tushunchasi ancha keng qamrovli institut hisoblanadi.
Siyosiy rejimning asosiy ko’rinishlari ikki shaklda namoyon bo’ladi. Siyosiy rejimning birinchi shakli demokratik siyosiy rejim deb, ikkinchi shakli esa, nodemokratik siyosiy rejim deb ifodalanadi. Demokratik siyosiy rejim insoniyat orzu qilgan, kishilik jamiyati doimo unga intilgan bo’lib, hozirgi kunda, aksariyat g’arb mamlakatlari Yevropa, Amerika, Osiyo mintaqasidagi ba’zi davlatlarda mavjud. Ammo, demokratik siyosiy rejimga qo’yilgan talablar ko’lami shu qadar keng bo’lib, eng demokratik hisoblangan davlatlar ham ushbu talablarni to’liq bajarishgaqiynalib qoladi. Chunki demokratik siyosiy rejimning ta’minlanishi mamlakatdagi mavjud shart-sharoitlar, iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanish darajasi, aholining siyosiy-huquqiy ongining ahvoli bilan ham bevosita bog’liqdir. Shunga qaramay, har bir davlat demokratik siyosiy rejimga ega bo’lishga haqli. Harakat, intilish, hatto kurash talab qiladigan bu holatga ba’zi mamlakatlarxalqi o’nlab, yuzlab, yillar davomida olib borgan siyosati, sa’y- harakati bilan erishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |