Iqtisodiy tebranishlar- bu muhim makroiqtisodiy ko`rsatgichlar o`zlarining barqaror holatidan farqlanishidir. Davriy o`sish ishlab chiqarishdagi tanazzullik bilan almashinadi va iqtisodiy sikllar vujudga keladi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Ko`plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko`payishi va kamayishi , ishlab chiqarish hajmining o`sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e`tabor qaratdilar2.
Bu hodisalarning sodir bo`lish ketma-ketligidagima`lum izchillik ham
aniqlandi. Siklli rivojlanishning ob`ektivligi va realligi , uning iqtisodiy
jarayonlar tavsifiga ta`siri nuqta`i nazaridan ahamiyatliligi to`g`risida bir qator taniqli iqtisodchilar, (U.Mitchell, J.M.KLARK, Keyns,va boshqalar) qayd qilib qoldirishgan.
Ko`pchilik iqtisodchilar iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o`sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi , iqtisodiy sikl tabiatining o`zi esa munozarali va kam o`rganilgan muammolardan biri ekanligini ta`kidlaydi. Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo`nalishdagi qarashlar mavjud. Ba`zan siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar unga ta`sir jarayonining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilinqdi. Ko`pincha sikl fazalarini ajratib ko`rsatishda klassik iqtisodchilarning sanoat sikli nazariyasiga keng o`rin berilgan.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o`tib, o`zining dastlabki holayiga qaytiib kelganga qadar o`tgan davr tushuniladi. Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan keyingi inqiroz boshlanguncha davrdagi harakat shaklidir.
Inqirozning turli xil oqibatlari faqatgina uning xarakterini emas , balki
inqirozni yumshatishi yoki qattiqlab yuborishi mumkin bo`lgan inqirozga qarshi boshqaruvning tavsifini ham aniqlaydi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to`xtab qolmaydi, balki u to`xtovsiz
to`lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat milliy xo`jalik dagi turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarni iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi chuqur o`zgarishlarni aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan bir davrni ifodalab, o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg`unlik, jonlanish, yuksalish kabi fazalari ajratib ko`rsatiladi. Ushbu fazalarning har biri rivojlanish yoki inqiroz jarayonida navbatdagi fazaga o`tish uchun sharoit yuzaga keltiradi. O`z o`rnida iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta`sir ko`rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko`rinishdagi iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keladi.
Shu o`rinda quyida sikllarning asosiy turlarini jadval tarzida keltirib o`tish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |