Sikl turlari
|
Siklning davomiyligi
|
Asosiy xususiyatlari
|
Kitchin sikli
|
2-4 yil
|
Zaxiralar miqdori YAMM,inflatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari
|
Juglar sikli
|
7-12 yil
|
Investitsion sikl YAMM, inflatsiya va bandlikning tebranishi
|
Kuznets sikli
|
16-25 yil
|
Daromad immigratsiya uy-joy qurilishi yalpi talab daromad
|
Kondrativ sikli
|
40-60 yil
|
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o`zgarishlar
|
Forrester sikli
|
200 yil
|
Energiya va materiallar
|
Toffler sikli
|
1000-2000 yil
|
Sivilizatsiyalarning rivojlanishi
|
Bugungi kunda ko`pchilik iqtisodchilar iqtisodiy sikllarning ob`ektiv tavsifini tan oli, bu hodisani unga ta`sir ko`rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o`rganishni tavsiya qiladi.
Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan o`rganuvchi nazariya EKSTERNAL NAZARIYA deyiladi. Ichki omillar ta`sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya esa INTERNAL NAZARIYA deb ataladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi.
Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin:
Urushlar, inqilobiy o`zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
Oltin, uran, neft va boshqa qimmatbaho resurslar yirik konlarining ochilishi;
Yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog`liq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisining soni o`zgarib turishi;
Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o`zgartirishga qodir bo`lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o`zgarishlar.
Asosiy kapitalning jismoniy va ma`naviy jihatdan eskirib, xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi ko`pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni kelyirib chiqaruvchin muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Agar bir yoki bir nechta tarmoqda mashina- uskunalarga talabning keskin ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o`sish boshlansa, tabiiyki, bu holat mashina va uskunalar to`liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Fan texnika taraqqiyoti natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar tez takrorlanadi. Bundan tashqari quyidagi boshqa ichki omillarni ham alohida ajratib ko`rsatish mumkin:
Shaxsiy iste`molning o`zgarishi ya`niy qisqarishi yoki kengayishi;
Investitsiyalar, ya`ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash;
Ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta`sir ko`rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o`zgarishi;
Aslini olganda iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqatgina eksternal va internal nazariyalar orqali tushuntirish to`g`ri bo`lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o`zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikda ta`siri oqibatida kelib chiqishi mumkin. Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo`lib , amalda iqtisodiyotning barcha sohalariga sezilarli darajada ta`sir ko`rsatadi. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarining o`zaro bog`liqligi tufayli uning hech bir sohasi inflatsiya to`lqini yoki turg`unlinking noxush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e`tiborga olish kerakki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalarning iqtisodiy faolligiga turli darajada ta`sir ko`rsatadi. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatli foydalaniladigan iste`mol tovarlari ishlab chiqaradigin tarmoqlari ko`proq zarar ko`radilar3.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechirayotgan bir paytda ishlab chiqaruvchilar ko`pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to`xtatadi yoki qandaydir nomalum muddatga kechiktirishadi. Bu sharoitda invistitsion tovarlar zaxiralarini ko`paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to`laroq foydalanishlari mumkin bo`ladi. Iqtisodiy qulay davrlarda, ya`ni siklning jonlanish va yuksalish fazalarida
ishlab chiqarish vositalari odatda ular to`liq eskirmasdan almashtiriladi.. Aholi yoki keng istemolchilar qatlami esa tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi istemolchilar oila budjetini qisqartirishga to`g`ri keladi, maishiy texnika buyumlari va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan istemol tovarlar xarid qilishni to`xtatadi. Har qanday holatda ham oila a`zolari yeb-ichishi va kiyinishi uchun zarur bo`lgantovarlarni, bir so`z bilan aytganda qisqa muddatda foydalaniladigan iste`mol tovarlarini xarid qilishni to`xtatib bo`lmasligiga qaramasdan ular ham ma`lum darajada kamayadi.
2.Iqtisodiy inqirozlar va ularning turlari
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Shunga ko`ra ushbu fazaning mazmuni va uning turlarini batafsil ko`rib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi. Inqiroz bir siklni tugatib yana bir inqiroz bilan tugaydigan yangi siklni boshlanishiga asos bo`ladi. Inqiroz vaqtida asosiy kapitalning ortiqcha jamg`arilishi uuning barcha funksional shakllarida namoyon bo`ladi. Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, lekin narxlar pasayish tufayli emas shunchaki ishlab chiqarish va bandlik o`zining eng quyi darajasiga tushib ketishi orqali belgilanadi. Shunga ko`ra iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Bugungi kunga qadar ko`plab inqirozlar dunyo yuzini ko`rdi, ularga qisqacha to`xtalib o`tsak:
1873-1896-yillarda Uzoq depressiya: 1873-yil may oyida tarixdagi eng uzoq moliyaviy inqirozlardan biri Vena fond birjasining qulashi bilan boshlandi.
1929-1939-yillar Buyuk depressiya. Uning boshlanish sabablari to`g`risida hech qanday fikr yo`q. Tovar massasi va naqd pullar o`rtasidagi nomutanosiblik bo`lishi mumkin degan taxmin mavjud.
1973-1975-yillar. Neft inqirozi. Tarixdagi eng yirik Suriya Misr Isroil bilan urushni boshlagan payt boshlandi.
1987-1989-yillar. Qora dushanba.
1998-1999-yillar. Rus tili birlamchi.
1997-2001-yillar. Osiyo inqirozi. 1997-yil iyul oyida Osiyo moliyaviy inqirozi boshlandi. Sababi Janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlarining milliy valyutalari va fond indekslarining tez pasayishi, iqtisodiyotning haddan tashqari qizib ketishi, davlat va korportiv qarzlarning haddan tashqari ko`tarilishi bo`ldi.
2008-yilda esa Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi
Jahon bankining ma`lumotlariga ko`ra, jahon iqtisodiyoti so`ngi yarim asrda to`rt marotaba tashqi qarz to`lqinini boshidan kechirdi. Shundan dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning biri sifatida 2010-yildan beri rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to`lqini o`zining eng yuqori cho`qqisiga chiqdi. 2018-yilda jami qarz 54%(foiz) punktga oshib, YaIMga nisbatan 170%(foiz)ni tashkil etdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo`lishi mumkin. Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy jarayonlarning barqaror emasligidan kelib chiqqan bo`lsa, hozirgi kundagi inqirozni yuzaga kelishi butunlay o`zgacha tus olganligi bilan farqlanadi. Dastlab bu inqiroz umuman iqtisodiyot olamidan juda yiroq ko`rinishda paydo bo`ldi va butun dunyo mamlakatlarining iqtisodiyotiga juda qattiq zarba berdi. Hattoki ularning rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti ko`rsatkichlarini keskin tarzda pasayishiga va minglab ishlab chiqarish va sanoat korxonalarining batamom to`xtatilishiga sabab bo`ldi. Bu jarayonni yalpi iste`molning tushib ketishi va yalpi taklifning to`xtalishi bilan bevosita bog`lash mumkin. Ushbu sharoitda davlatlarning eng asosiy vazifasi –minimal iqtisodiy harakatni ta`minlab turishdan iborat bo`lishi kerak. 2020-yil febralidan boshlab pandemiya o`chog`i hisoblangan Xitoyning ba`zi kompaniyalari ‘’Koronavirus obligatsiyalari’’ni emissiya qilishni boshladi . Shezhen Airlines aviakompaniyasi 600 mln. yuan miqdoridagi obligatsiyalarini muomalaga chiqardi. Ushbu mablag`lar bekor qilingan parvozlar uchun biletlar qiymatini yo`lovchilarga qaytarish va oziq ovqatlarni transportirovka qilishga yo`naltirilishi ma`lum qilingan.
Iqtisodiy inqirozlarning sabablariga to`xtalib o`tsak, ular shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to`lovga muqobil talabga mos kelmay qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi batamom to`xtab qoladi, tovarlarni ishlab chiqarish keskin kamayadi, ishlab chiqarishning o`sish davri tushkunlik davriga almashadi4.
Iqtisodiyotning o`sishi inflatsiya, ya`ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko`tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo`ladiki, bunda iqtisodiy o`sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o`rin beradi, ba`zi hollarda narx darajasining ko`tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o`sadi. Qisqa qilib aytganda, iqtisodiy o`sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflatsiya oqibatida uzulib qoladi va ancha murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi-takror islab chiqarish va uning natijalarini o`zlashtirish o`rtasidagi nomutanosiblik bo`lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda paydo bo`ladi. Ishlab chiqarish bilan iste`mol , talab va taklif,o`rtasidagi vaqyti- vaqti bilan yuzaga cgiqib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatlarini beradi.Dastlab, rivojlangan tovar xo`jaligi paydo bo`;ishidan oldin ishlab chiqarishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar –Qurg`oqchilik , turli toshqinlar yoki urushlar va ular keltirgan vayrongarchiliklar bilan bog`liq bo`lgan.Avtomatlashgan, yirik mashinali ishlab chiqarishga o`tilgan davrdan iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik ta`sir qila boshladi. Aslini olganda inqrirozlar turli tarzda ro`y beradi, lekin ularni oxshash va umumiy tomonlari mavjud. Shu kabi belgilarini hisobga olib inqirozlarni bir nechta guruh va turlarga ajratish mumkin. Xo`jalik tizimida muvozanatning buzulish holatiga ko`ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga ajratish mumkin. Umumiy inqirozlar butun xo`jalikni qamrab olsa, ikkinchisi ba`zi sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida sodir bo`ladi. Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida moliyaviy inqiroz muhim o`rin egallaydi, va u pul-kredit sohasidagi inqiroz (mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi. Bunda aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foizi pasayib, banklar yalpi kasotga uchraydi.), valyuta inqirozi(Milliy valyutaning obro`sizlanishi, bankda valyuta zaxirasi tugab milliy valyuta kursining tushib ketishi), birja inqirozi(birjada qimmatli qog`ozlar kursining keskin pasayishi, fond birjalaridagi chuqur tushkunlik) va boshqalarni o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, atrof muhitni avvalo inson sog`ligini yo`qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatni vujudga kelishida ifodalanuvchi EKOLOGIK INQIROZ, ishlab chiqarishning tarkibiy o`zgarishi yoki normal xo`jalik aloqalarining buzilishi tufayli sodir bo`ladigan TARMOQLAR INQIROZI, inqirozlarni ishlab chiqarishning ba`zi sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o`rtasidagi chuqur mutanosibliklarni keltirib chiqaruvchi TARKIBIY INQIROZLAR ham iqtisodiyotda kuzatilishi mumkin5.
Insoniyatning yashashi uchun zarur bo`lgan birlamchi ehtiyojlarini qondirishda asosiy tarmoqlardan hisoblangan qishloq xo`jaligidagi inqirozlar AGRAR INQIROZLAR hisoblanadi. Agrar inqirozlar odatda quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
Qishloq xo`jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda kata zaxiralarining to`planishi;
Narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayib ketishi;
Fermerlarning ommaviy ravishda ma`lum sabablarga ko`ra xonavayron bo`lishi, qarzlarining ortishi;
Qishloq aholisi o`rtasida ishsizlarning ko`payishi.
Shuni ta`kidlash lozimki, agrar inqirozlar siklli tavsifga ega bo`lmaydi.
Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko`ra davriy, oraliq va nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin.Davriy inqirozlar ma`lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi va ma`lum bir sikl bo`yicha sodir bo`ladi. Oraliq inqirozlar esa to`liq sikl bo`yicha yuz bermaydi. Siklning biror fazasida to`xtaydi va uzoq muddat davom etmaydi. Nomuntazam inqirozlar biror bir alohida sabablarga ko`ra sodir bo`ladi.masalan, turli tabiiy ofat, sel, to`fon, qurg`oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin.
Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzulish tavsifiga ko`ra inqirozlar ikkiga:ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo`linadi. Toarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan mahsulotlarni iste`mol talabidan ancha ko`p miqdorda ishlab chiqarish, lekin ularni sota olmaslikda namoyon bo`ladi. Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi.
2008-yillarda ro`y bergan inqiroz ham juda og`ir iqtisodiy tanglikni keltirib chiqaridi va bir necha yil mobaynida butun dunyo mamlakatlariga o`z ta`sirini o`tkazdi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o`z navbatida moliya sohasida boshlanib keyinchalik ishlab chiqarish sohasiga ham tutashib ketdi. Ushbu inqiroz jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hisoblanib, u o`zining ko`lami va salbiy oqibatlari jihatidan ancha jiddiy tarzda butun jahon iqtisodiyotiga zarba berdi. O`zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” nomli asarlarida mazkur inqirozning mazmun –mohiyati kelib chiqish sabablarini quyidagicha bayon etganlar: “Bu inqiroz Amerika Qo`shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro`y bergan tanglik holatidan boshlandi. So`ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya`ni to`lov qobilyati
zaiflashib , moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aktsiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o`z navbatida, ko`plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o`sish sur`atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog`liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi”
Do'stlaringiz bilan baham: |