O'ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
“XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA MAMLAKATSHUNOSLIK "
YO'NALISHI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI" FANIDAN
КURS ISHI
МAVZU: Iqtisodiy inqirozlar, ularning turlari va namoyon bo'lish xususiyatlari
Bajardi: 1-bosqich talabasi Sobirov Muhammadjon
Qаbul qildi: o'qit. O'.P. Jiyanov
Тoshkent- 2020-y.
MUNDARIJA
Kirish…………………………………….. 3-7
Iqtisodiyotning beqarorligi va siklliligi……… 8-13
|
|
Iqtisodiy inqirozlar va ularning turlari………….14-25
|
|
Jahonda iqtisodiy inqirozning kelib chiqish bosqichlari va uning o`ziga xos xususiyatlari……………… 26-29
O`zbekistonning inqirozga qarshi chora dasturlarining amaliy natijalari………………………………… 30-33
Xulosa……………………………………………… 33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. …………… 34-35
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
KIRISH
2020-yilda qarz inqirozidan o`zgacha tusga
ega bo`lgan boshlanishidan iqtisodiy xususiyat kasb etmagan inqiroz omili –
PANDEMIYA ekanligini kuzatishga to`g`ri Kelmoqda.
SH.M.MIRZIYOYEV
Prezidentimiz SH.M.MIRZIYOYEV rahbarligida mamlakatimizda iqtisodiyotni tubdan shakllantirish borasida amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar va chora-tadbirlar o`zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, chetdan invistitsiyalarni jalb qilishni kuchaytirish, aholi daromadlarining oshishini ta`minlash, mamlakatimiz uchun foyda va daromad keltiradigan tashqi savdoni kuchaytirish ,qishloq xo`jaligini isloh qilish va intensiv tarzda oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror tarzda rivojlantirish, qo`shni va dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan do`stona munosabatning o`rnatilishi va iqtisodiy hamkorliklarning yo`lga qo`yilishi kabi qator ahamiyatli yutuqlar qo`lga kiritildi1.
O`zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi o`rni muntazam
oshib bormoqda. Bu darajalarga erishishda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevral kuni dagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha harakatlar strategiyasining puxta ishlab chiqilishi, iqtisodiy islohotlarning maqsadi va vazifalari, amalga oshirilishi kerak bo`lgan yo`llarning aniq va qat`iy belgilab qo`yilganligi oliy maqsad yo`lidagi marralarni samarali bo`lishiga imkon yaratdi. Hozirgi davrda butun dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o`zining ma`no mazmuni jihatdan avvalgi bosqichlardan keskin farq qiladi. Ushbu vaziyatda eng asosiy va muhim jihat sifatida makroiqtisodiyotning yanada integratsiyalashuvi va globallashuvining tobora zo`rayib borishidir. Ayni damda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashishiga har bitta mamlakatning xalaqaro mehnat taqsimotidagi mavqeiyini mustahkamlash uchun iqtisodiy kurashlarning kuchayishiga ham katta ta`sir ko`rsatadi. Ammo o`z o`rnida ta`kidlab o`tish kerakki , Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda muayyan qarama-qarshiliklar ham mavjud. Jumladan, dunyo mamlakatlaridagi iqtisodiy rivojlanishning bir maromda ketmasligi va ushbu mamlakatlar o`rtasida ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanish jihatidan turli tafovutlarning mavjudligi, ekologik muammolarning zo`rayib borishi, ba`zi mamlakatlar aholisining keskin suratlada o`zgarishi va boshqa mamlakatlar aholisi soni o`rtasidagi
keskin tafovutlarning yuzaga chiqishi kabi qator vaziyatlar jahon xo`jaligining yaxlit bir tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to`sqinlik qiladi. Shuningdek, ushbu jarayonlarning yana bir xususiyatli jihati sifatida dunyoning muayyan bir davlatida ro`y berayotgan ekologik , ijtimoiy- iqtisodiy inqirozlarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmaydi. Jahon hamjamiyati bugungi kunda kurashayotgan pandemiya- KORONAVIRUS (KOVID-19) ham aynan shu ma`noda globallashuv jarayonlarining o`ta salbiy oqibati sifatida namoyon bo`ldi.Shuning uchun biz mamlakatimiz ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora tadbirlarini belgilashda koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini har tomonlama hisobga olishimiz , iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta`siri doirasida shakllantirishimiz va ularni izchil ravishda amalga oshirishimiz talab etiladi. Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni e`lon qilindi. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta`minlash , tashqi iqtisodiy faoliyatni rag`batlantirish, aholini samarali ijtimoiy qo`llab quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishini oldini olish maqsadida
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda 10 trillion so`m miqdoridagi inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi tashkil etilsin;
Inqirozga qarshi kurashish manbaalari etib O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari (shu jumladan xarajatlarni maqbullashtirisah hisobiga) xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbaalar belgilansin;
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyunga qadar yuzaga kelayotgan makroiqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda 2020-yil uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini aniqlashtirish bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldanjismoniy shaxslar tomonidan xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlarni soliqqa tortishdan ozod qilish to`g`risidagi taklifga rozilik berilsin;
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli soliqlarni to`lash muddatlarini
6
o`zgartirish , shuningdek, ularning stavkalarini kamaytirish to`g`risida qarorlar qabul qilish vakolati berilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin;
2021-YIL 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini soliq auditidan o`tkazish to`xtatilsin, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliuq auditidan o`tkazish bundan mustasno;
O`zbekiston Respublikasi Invistitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki hafta muddatda global ishllab chiqarish zanjirlari , transport –logistika tizimlari va savdo aloqalaridagi uzilishlar ta`sir qilayotgan invistitsiya loyihalari tashabbuskorlarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora tadbirlar kiritsin; deb shu va boshqalar bilan mamlakatimiz prezidenti farmoni elon qilindi.
Prezidentimizning ushbu farmonida belgilab berilgan O`zbekiston iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o`rin egallash shular asosida izchil iqtisodiy o`sishni ta`minlash , xalqimiz hayot darajasi vafarovonligini yanada oshirish borasidagi vaszifalarni to`liq va samarali amalga oshirish eng avvalo jamiyatimiz a`zolari tomonidan ularning mazmun –mohiyatini teran va chuqur anglab yetishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |