Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


Jahon yangi Iqtisodiy inqirozining kelib chiqish bosqichlari va uning o`ziga xos xususiyatlari



Download 53,63 Kb.
bet5/10
Sana10.07.2021
Hajmi53,63 Kb.
#114481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sobirov Muhammad

3.Jahon yangi Iqtisodiy inqirozining kelib chiqish bosqichlari va uning o`ziga xos xususiyatlari

COVID-19 pandemiyasi ilk marta 2019-yilning dekabr oyida xitoyning Uxan shahrida qayd qilingan va 2020-yil martda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi.21-aprelgacha 180dan ziyod mamlakat 200dan ortiq hududda yashovchi 2.47 milliondanoshiq odam kasallikni yuqtirdi.

Pandemiya global darajada qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi, olimpiada o`yinlarini(TOKIO-2020)qoldirilishiga sabab bo`ldi, turli dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiliklari haqidagi xavotirlarga sabab bo`ldi. Koronavirus infeksiyasi tarqalishining iqtisodiyotga ta`sirini ish darajasi, inflatsiya va yalpi ichki mahsulot kabi doimiy ko`rsatgichlar bilan baholash qiyin, chunki bu kabi ma`lumotlar ma`lum muddat kechikib e`lon qilinadi.

Ushbu epidemiya dunyo iqtisodiyotining o`sish sur`atini 2020-yilda 1,4-1,5 %ga tushirib yuborishi haqida iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ma`lum qilgan. Xitoyda aniqlangan va hozirgi vaqtga kelib dunyoning ko`plab mamlakatlarini qamrab olgan koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotiga quyidagicha ta`sir mexanizmiga ega:

Koronavirus tarqalishi xavfining ortishi oqibatida mamlakatlar

chegaralarini noma`lum muddatga yopishga, kirish-chiqish tizimini qattiq nazorat qilishga majbur bo`ldilar,bu esa o`z navbatida yo`lovchiva yuk tashish borasida transport-logistik xizmat ko`rsatuvchi kompaniyalarning moliyaviy holatiga kata salbiy ta`sir ko`rsatdi.

Usbu fikrlarning isboti sifatida o`tgan oyda aviatashuvlar quvvati Tayvanda 90.4%, Gonkongda 85.6%, Vetnamda 85.9%, Tailandda 76.2%, Malayziyada 75.2%, Yaponiyada 74.6%, Janubiy Koreada 69.3%, Rossiya Federatsiyasida 67.4%, Kanadada 58.2%gacha pasaygan.

Xalqaro havo transporti assotsiyasi-IATAning ma`lumotlariga ko`ra, pandemiyaning tarqalish shiddatidan kelib chiqqan holda, dunyo aviakompaniyalarining 2020-yildagi yo`qotishlari 63 milliard dollardan 113 milliard dollargachani tashkil etishi mumkin. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasiga ham bu holat taalluqlidir.

Bu pandemiyaning butun dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlariga juda katta salbiy oqibatlar keltirib chiqarmoqda. Xususan, turizm xizmatlar bozori juda kata inqirozni boshidan kechirishi kutilmoqda.Butunjahon turizm tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra Xitoyga har yili 60 milliondan ortiq, AQSHga 76.9 million, Fransiyaga 86.9 million Ispaniyaga 81.8 million, Italiyaga 58 milliondan ortiq turistlar tashrif buyurishadi. Turizm sohasi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bandlik, valyuta va soliq tushumlarining asosiy manbai hisoblanadi. Dunyo bo`ylab ushbu sohada 100 milliondan ortiq ishchi ishlaydi. Yuqori sifatli mehmonxonalar byudjet mehmonxonalaridan ikki barobar ko`p ish o`rinlari yaratadi.

Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan sayyohlar soni 2020-yilga kelib yiliga 1.6 milliard kishiga ko`payishi, bu esa xalqaro turizmda naqd pul tushumi 2020-yilga borib 2trillion AQSH dollaridan ortishiga olib kelishi prognoz qilingan bo`lsada hozirga kelib jahon sayyohlik xizmatlar bozoridagi vaziyat salbiy tus olmoqda. Pandemiya o`chog`iga aylangan Xitoydan 2018-yilda 150 million fuqaro sayyoh sifatida mamlakatdan chiqqan va 277 milliard dollardan oshiq mablag` sarflagan edi.

2008-yildaboshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi asosan iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorini qamrab olgan bo`lsa, koronavirus tufayli dunyo iqtisodiyotidagi pasayishlar va aytish mumkinki, “koronavirus inqirozi”mamlakat ichkarisida va mamlakatlar o`rtasidagi ijtimoiy-madaniy aloqalarning cheklanishiga ham olib kelmoqda. Bugungi kunda Xitoy AQSHdan keyin ikkinchi kuchli iqtisodga ega bo`lgan mamlakat hisoblanadi. 2019-yilning ma`lumotlariga ko`ra, Xitoyning YaIMi 13.61 trillion dollarni tashkil qilgan. Shu bilan birga Xitoy eng katta energiya va xomashyo iste`molchisi hisoblanadi. Hozirda Xitoy butun dunyoda ishlab chiqarilayotgan sementning 59%ini iste`mol qiladi, bunday darajada ko`p sement iste`mol qilinishi binolar, yo`llar, ko`priklar, muhandislik inshootlarining barpo qilinishi bilan bog`liq. Birgina 2017-yilda Xitoyda dunyadagi 144ta osmono`par binodan 77tasi qurilgan. Va dunyodagi nikelning 57%idan faqat ular foydalanishadi. Dunyodagi eritilgan po`lat va misning esa ½ qismini iste`mol qiladi. Bundan tashqari, neft iste`molining 14%i, alyuminiyning 47% i, oltinning 27%i, makkajo`xorining 23%i, guruchning 31%i, paxtaning 33%i Xitoy ulushiga to`g`ri keladi. “Koronavirus inqirozi” tufayliXitoy ishlab chiqaruvchilari energiya va xomashyo resurslariga talabni keskin tarzda qisqartirmoqda, bu esa o`z navbatida jahon bozorlarida energiya va xomashyo resurslariga bo`lgan narxning pasayishiga olib keladi.

Bugungi kunda Xitoy ko`plab sanoat va yuqori texnoloagiyali mahsulotlar ishlab chiqaruvchi dunyodagi yirik kompaniyalar uchun asosiy ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi ‘’yirik fabrika ‘’vazifasini bajarib kelmoqda. Ba`zi tahlillarga ko`ra, bugungi kunga kelib, dunyo avtomobil ishlab chiqaruvchilarining yo`qotishlari salkam 1,7 million donagacha yetishi taxmin qilinmoqda. Jahondagi Hyundai, Toyota, Tesla, General Motors va Volkswagen kabi yorik avtomobilsozlik korxonalariga ehtioyot qismlarning 28%idan oshiqrog`ini yetkazib beradi. Bularning barchasi ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar uchun zaruriy mahsulot va ehtiyot qismlar, Tovar va xizmatlarni o`z vaqtida yetkazib berish borasida uzulishlarni keltirib chiqaradi.Ushbu jihatlarning barchasi 2020-yilda butun jahon iqtisodiyoti uchun iqtisodiy pasayish xavfi kuchayayotganligini ko`rsatadi. Oxford Economics`ning tahlillariga ko`ra, 2020-yilda dunyo iqtisodiyotining o`sishi 1.3%gacha sekinlashadi va yo`qotishlar hajmi 1.1 trillion dollardan oshiqroqni tashkil etishi xavfi mavjud. Bungungi kungan kelib iqtisodiy o`zgarishlarni raqamlarda qarasak, ba`zi rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti quyidagi holatda: AQSH iqtisodiyoti 0.1%, Xitoy iqtisodiyoti 0.8%, Yaponiya iqtisodiyoti 0.4%, Germaniya iqtisodiyoti 0.1%, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti 0,2%, Fransiya iqtisodiyoti 0,3%, Italiya iqtisodiyoti 0.4 %gacha pasayishi kutilmoqda6.

Ba`zi Markaziy Osiyo mamlakatlarning shu kabi ko`rsatkichlarini quyidagi jadval asosida ko`rishimiz mumkin:






O`rtacha










Prognoz




2000-2016

2017

2018

2019

2020

YaIM real o`sishi

7.4

4.0

4.3

4.8

-1.0

O`zbekiston

6.8

4.5

5.4

5.6

1.8

Qozog`iston

6.9

4.1

4.1

4.5

-2.5

Qirg`iziston

4.4

4.7

3.5

4.5

-4.0

Tojikiston

7.7

7.1

7.3

7.5

1.0

Turkmaniston

9.7

6.5

6.2

6.3

1.8

Tabiiyki, ishlab chiqarishning pasayishi ishlab chiqaruvchilarning xom ashyoga bo`lgan qiziqishi nuqtai nazardan jiddiy oqibatlarga olib keladi. Ishlab chiqarishning pasayishi tufayli neftga bo`lgan talab kamaymoqda va bu o`z navbatida narxlarning pasayishiga olib keladi. Bu iqtisodiy portfellar diversifikatsiya qilinmagan va faqat neftga bog`liq bo`lgan joylarda, masalan, BAA, Qatar, Quvayt, Ummon sultonligi kabi davlatlar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Koronavirusning dunyo bo`ylab tobora keng yoyilishi mamlakatlar aholisi o`rtasida hukumatlarga bo`lgan ishonchsizlikning tobora ortib borishiga va bu esa keyinchalik mamlakat ichida turli xil siyosiy qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarishi ham mumkin.




Download 53,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish