Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
808
w
www.oriens.uz
September
2021
dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi ijtimoiy hayotning ko‘pgina
sohalarini qamrab olganligi, obrazlarning nihoyat darajada mukammal ishlanganligi,
umuman mazmuni va badiiy xususiyatlari jihatdan Yaqin Sharqdagi “Oshiq G‘arib”
dostonidan keskin farq qiladi”
1
.
Darhaqiqat, har bir xalq o‘ziga xos yashash sharoitiga, urf-odat, an’analariga ega
bo‘lgani bois og‘zaki ijod yodgorliklari ham bir-biridan farq qilishi, tabiiy. Hattoki
bir hudud ichida farq qilish holatlari ham mavjud. Ushbu dissertatsiyada Xorazm
dostonlari bilan Samarqand dostonlarining qiyosiy o‘rganilishi ham fikrimiz dalilidir.
Ma’lumki, asar yaratilishida syujet, kompozitsiya, shakl, mazmun muhim o‘rin
egallaydi. Asarda ularni bir-biridan ayro qo‘llab bo‘lmaydi. Ularning har biri o‘zining
vazifasiga ega.
Xalq dostonlarida ularning o‘rni qay darajada bo‘lishi, qanday vazifani bajarishi
ham alohida tadqiq etiladigan mavzudir. Ushbu dissertatsiyada syujet unsurlari: tugun,
kulminatsiya, konfliktning Xorazm dostonchilik an’anasida tutgan o‘rni, qanday
shaklda, dostonning qaysi qismida ifodalanishi misollar asosida berilgan.
Muallif fikriga ko‘ra bu dostonlarning aksariyat qismida ham boshqa
dostonchilik an’analari kabi safarga chiqish holatlari asosiy o‘rinni ifodalaydi.
Chunki dostondagi asosiy voqealar hamisha ana shu safar voqealaridan keyin
boshlanishi ma’lum. Agar e’tibor beradigan bo‘lsak, “Alpomish” dostonida
Boybo‘rining qalmoq eliga ko‘chishi, Kuntug‘mishning Zangar yurtiga Xolbekani
izlab borishi, Ravshanning Zulxumor ishqida Shirvonga yo‘l olishi yoki
“Rustamxon” dostonidagi Sultonxonning 14 yilga Qurudim mamlakatiga safarga
ketish epizodlari mavjud. Va ayni shu holat dostonning asosiy voqealari
boshlanishiga turtki bo‘ladi. Ammo bu epizodlarni asar tuguni sifatida baholab
bo‘lmaydi. Shu sababdan ham V. V. Kojinov “Syujetning asl harakatga keltiruvchi
kuchi mutlaqo tugun emas”
2
, deb ta’kidlaydi. Tugun asarning qaysi qismida: boshida,
o‘rtasida yoki oxirida kelishi ijodkorga bog‘liqdir. Shu o‘rinda tugun atamasiga izoh
berib o‘tishni lozim deb bildik. Tugun – epik va dramatik asarlardagi voqeaband
syujetning muhim unsuri, voqealarning boshlanishiga turtki bo‘lgan voqea, asar
konflikti qo‘yilgan joy
3
. Ta’rifga e’tibor bersak, asarda asosiy harakatlar tizimi
boshlanishi uchun tugun muhim nuqtadir. Shu bilan birga u asar konfliktiga ham
bog‘liq holda izohlanyapti. Ammo bu holat xalq dostonlariga biroz to‘g‘ri kelmaydi.
1
А. Ишаев. Шоҳсанамнинг ватани қаер? “Фан ва турмуш”, 1971 йил, 2 сон, Б – 26.
2
В.В.Кожинов. Сюжет, фабула, композиция, в кн. Теория литературн, М., 1964, стр. 463.
3
Д. Қуронов, З. Мамажонов, М. Шералиева. Адабиётшунослик луғати. Тошкент: Akademnashr. 2010. Б – 335
Do'stlaringiz bilan baham: |