Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
812
w
www.oriens.uz
September
2021
bo‘lgan ichki kechinmalari, ularning psixologik holatlari yoxud portretlari
tasvirlanadi”
11
. “Samarqand dostonlarida she’riy parchalarning asosiy qismi dostonda
ifodalanayotgan voqea rivojini aks ettirish protsessida belgilanadi. Ular asosan epik
xarakterga ega bo‘lib, ularda asar syujetining dramatik o‘rinlari, shuningdek,
qahramon olib borayotgan jang kartinalari kabi aktiv harakat ko‘rinishlari
ifodalanadi”
12
.
O‘tmishdan ma’lumki, insoniyat hayoti hamisha bosqichma-bosqich tarzda
taraqqiy etib kelgan. Bu jarayon insonlarning turmush tarziga, ongiga, fikrlashiga,
dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, bir so‘z bilan aytganda ham moddiy, ham
ma’naviy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Shu sababdan xalq dostonchiligida, xususan,
Xorazm dostonchiligida ham ma’lum o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Bu haqida
filologiya fanlari doktori, professor M.Saidov o‘z tadqiqot ishida shunday deydi:
“Xorazmda, ayniqsa, XIX asrda madaniyatning rivojlanishi xalq og‘zaki ijodida ham
ma’lum o‘zgarishlarning vujudga kelishiga olib keldi. Hofizlikning, musiqa
san’atining rivojlanishi Xorazm dostonlarining ijro etish usuliga, umuman
dostonlarning syujet va kompozitsiyasiga, shu jumladan, she’riy parchalarning
xarakteriga ta’sir ko‘rsatgan”
13
.
Har bir ijodkor, har bir xalq o‘ziga xos ijodiy prinsipga ega bo‘ladi.
Folklorshunoslik sohasiga oid asarlar turli davrlarda, turli ijtimoiy jarayonlarda, turli
holatlar va davralarda vujudga kelgan. Shu sababdan ularni o‘rganishda bitta
yo‘nalish yoki usuldan foydalanish mantiqan to‘g‘ri emas. Asarlar yaratilgan jamiyat,
tuzum, boshqaruv ularda hayotga yondashishning turlicha ko‘rinishda bo‘lganligini
ifodalaydi. “Shubhasiz Mitra haqidagi mifdan tortib, Gagarin haqidagi qo‘shiqlarning
yaratilishigacha xalq og‘zaki ijodi juda ko‘p taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan.
Ana shu taraqqiyot bosqichlarining har birida yaratilgan xalq durdonalarida hayotga
bo‘lgan munosabat, voqelikni tasvirlash usullari turlicha bo‘lgan”
14
. Xalq og‘zaki
ijodi namunalari yillar o‘tishi bilan og‘izdan-og‘izga o‘tib, ba’zan qo‘shimchalar
qo‘shilishi, ba’zan esa ayrim qismlarning olib tashlanishi kabi o‘zgarishlar bilan yetib
kelgan. Shu tarzda jamiyatda, insoniyat ongida bo‘layotgan o‘zgarishlar asarga
singdirib yuborilgan. Natijada asarlarda hayotiylik ancha chuqur o‘rin egallagan.
Umuman olganda hayotiylik (realizm) barcha asarlarga, jumladan, xalq og‘zaki
ijodi mahsuli bo‘lgan dostonlarga ham xosdir. Faqtagina asarda qay darajada o‘rin
egallagan yoki egallamaganligi bilan farqlanib turadi.
11
Ўша диссертация. Б –37
12
Ўша диссертация. Б –39
13
Ўша диссертация. Б – 47
14
Ўша диссертация. Б – 55
Do'stlaringiz bilan baham: |