Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
809
w
www.oriens.uz
September
2021
Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, xalq dostonlarida voqealar rivoji asosan safar
motividan boshlanadi.
Omonilla Madayev fikricha, Xorazm dostonlari syujeti hamda mazmunining
ixchamligi bilan Samarqand dostonchilik an’anasidan farq qiladi. Samarqand
an’anasida bitta dostonda bir vaqtning o‘zida bir nechta masala o‘z aksini topadi
hamda bunda konfliktlarning hal qilish jarayoni ham o‘zgacha bo‘ladi. Xorazm
dostonlarida esa asosan bitta masala qo‘yiladi. Konflikt (lotincha conflictus -
to‘qnashuv) – personajlarning asar syujetida badiiy ifodasini topadigan o‘zaro
to‘qnashuv va kurashlari, qahramon bilan muhit orasida yoki uning ruhiyatida
kechuvchi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar
4
) ham murakkab bo‘lmaydi. Baxshining
e’tibori ham aksariyat hollarda dostonda aks etgan ishqiy mavzudagi masalani
yechishga qaratiladi Xalq dostonlaridagi konfliktlar ko‘p hollarda oshiq ma’shuqani
olib ketish uchun kelganda raqiblari (Alpomish va qalmoqlarning orasidagi ziddiyat),
qizning otasi qarshiligiga uchrash ( Ravshan dostonida Qoraxon podshoning norozi
bo‘lishi) holatlarida yuz beradi. Ammo ushbu dissertatsiyada olim xalq dostonlarida
deyarli uchramaydigan, mantiqiy jihatdan asoslanmagan konfliktni keltirib o‘tadi:
“Ayrim hollarda mantiqiy jihatdan asoslanmagan konfliktlar ham uchrab turadi. Biz
bu o‘rinda “Sayyod va Hamro” dostonini nazarda tutamiz. Ma’lumki, aksari safar
bilan bog‘liq bo‘lgan sevgi dostonlarida oshiq o‘z ma’shuqasini olib kelish uchun
yo‘lga otlanar ekan, asarning konflikti sifatida oshiq ma’shuqani unga berishni
istamagan otasi yoki raqib o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tashkil etadi. “Sayyod va
Hamro” dostonida esa Hamro ma’shuqa dargohida unga nisbatan bevafolik
belgilarini ko‘rsatadi va asosiy konflikt oshiq va ma’shuqaning o‘zaro ishonch hosil
qilish yo‘lidagi tortishuvidan iborat bo‘lib qoladi. Beqaror Hamroning asar oxirida
ikki yorga, ya’ni Sayyodxonga va yoshlikdan birga o‘sgan Salbiniyozga yetishishi
xalq og‘zaki ijodida deyarli uchramaydigan holdir. Shuning uchun ham mazkur
asarni o‘rganishga alohida ehtiyotlik bilan yondashish lozimdir”
5
. Darhaqiqat, xalq
dostonlarining hech birida bosh qahramon xiyonat qilishdek salbiy holatga yo‘l
qo‘ymaydi. To‘g‘ri, qahramonlar xarakteri may ichish (Alpomishning Qalmoq elida
Surxayil kampir tuzog‘iga tushishi), irodasizlik (Kuntug‘mishning Xolbeka va
farzandlaridan ajralib qolgach tushgan holati), manmanlik (“Ravshan” dostonida
Avazxonning Hasanxonni o‘ziga teng ko‘rmasdan qizini bermagan holati),
o‘zboshimchalik (Go‘ro‘g‘lining Soqibulbulning gaplariga kirmasdan safarga ketib
qolishi) kabi ayrim nuqsonlardan holi emas. Ammo ularning hech birida bergan
4
Д. Қуронов, З. Мамажонов, М. Шералиева. Адабиётшунослик луғати. Тошкент: Akademnashr. 2010. Б – 143
5
Мадаев О. “Хоразм достонлари ва уларнинг ўзига хос хусусиятлари”. Тошкент – 1973. Б – 23.
Do'stlaringiz bilan baham: |