Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
807
w
www.oriens.uz
September
2021
Bu uch yo‘nalish ichida Xorazm doston kuylash an’anasi o‘ziga xosligi,
betakrorligi bilan ajralib turadi. Xorazm dostonlari ko‘plab folklorshunoslar, xususan,
Muhammadnodir Saidov, Ahmad Ishayev, V.M. Jirmunskiy, H.T. Zarifovlar
tomonidan qisman darajada tadqiq qilingan. Biz quyida Xorazm dostonchiligini
atroflicha chuqur o‘rgangan folklorshunos olim Omonilla Madayevning “Xorazm
dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini
o‘rganib chiqamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1970-yillargacha bo‘lgan davrda Xorazm dostonlari haqida V.M. Jirmunskiy va
H.T. Zarifov hammuallifligida yaratilgan “O‘zbek xalq qahramonlik eposi” kitobida,
M. Saidovning “O‘zbek dostonchiligida badiiy mahorat” asarida, shuningdek,
nashrga tayyorlovchi olimlar, xususan, J. Qobulniyozovning “Sayyod va
Hamro”, “Bozirgon”, “Avazxon”, “Oshiq Mahmud” hamda M. Murodov va N.
Soburovlarning “Gulruhpari” dostonlariga yozgan so‘zboshilarida uchratishimiz
mumkin. Yuqoridagi manbalarda Xorazm dostonlarining asosiy xususiyatlari,
shakllanishi haqidagi fikrlar, variantlilikning yo‘q bo‘lish sabablari, dostonlarning
yozib olinishi, nashr qilinishiga doir ma’lumotlar berilgan. Biz o‘rganib chiqqan
ushbu dissertatsiyada Xorazm dostonlarining g‘oyaviy, badiiy qimmati, ularning janr
xususiyatlari, mavzusi, obraz yaratish usulidagi o‘ziga xos tomonlari o‘rganilgan.
Dissertatsiya qiyoslash usulida yozilgan, ya’ni Xorazm dostonlari Samarqand
dostonchilik an’anasi bilan taqqoslangan.
Ma’lumki, adabiyotda sayyor syujet tushunchasi, ya’ni barcha xalqlar adabiyoti
uchun asos bo‘luvchi mushtarak nuqtalar mavjud. Bu hodisa folklorshunoslik
sohasiga ham tegishli bo‘lib, “tush motivi”, “farzandsizlik motivi”, “safar motivi” va
boshqalar shular jumlasidandir. Xorazm dostonlarida ham bu kabi motivlar uchrasa-
da, ammo ular o‘zining badiiy ifoda uslubi, mazmuni, ijro an’anasi va usullariga
ko‘ra boshqa xalq dostonlaridan tamomila farq qiladi. Biz tadqiq etayotgan ushbu
dissertatsiyaning “Xorazm xalq dostonlarida syujet va kompozitsiya masalalari” deb
nomlanuvchi bo‘limida ham yuqoridagi kabi muammolar chuqur tahlil etilgan.
Omonilla Madayevning fikricha, juda ko‘p o‘xshash tomonlari mavjud bo‘lgan
ikki asar ikki xalq ijodida har bir xalqning yashash sharoiti, milliy rasm-
rusumlarining ifodalanishidan boshqa-boshqa ko‘rinishga ega bo‘ladi. Va bu fikrni
ilmiy asoslash uchun filolog olim Ahmad Ishaevning “Ошиқ Ғариб ва Шоҳсанам”
достонининг Закавказье ва Ўрта Осиё вариантлари” haqida quyidagi fikrlarini
keltiradi: “Shu narsa diqqatga sazovorki, Xorazmdagi o‘zbek, turkman, qoraqalpoq
baxshilari tomonidan kuylanadigan bu doston qulchilik, savdo-sotiq, bog‘dorchilik va
Do'stlaringiz bilan baham: |