Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
818
w
www.oriens.uz
September
2021
anglash uchun ijodkor ham, o‘quvchi ham chuqur bilim, yuqori darajadagi so‘z
boyligiga ega bo‘lishi lozim. Ana shunda bu san’at turi o‘zining bir-birdan go‘zal
bo‘lgan ma’nolar olamini ochadi.
Umuman olganda, tajnisning yuqoridagi kabi namunalari boshqa tasvir
vositalari singari dostonning mukammalligini, badiiy qimmatini oshirishga xizmat
qiladi.
Ma’lumki, she’riy misralarni shakllantirishda qofiya, vazn, turoqning o‘rni va
vazifasi o‘ta muhim hisoblanadi. Shu sababdan tadqiqot jarayonida olim Xorazm
dostonlarida vazn va qofiya masalasida to‘xtaladi.
Biz ushbu faslning boshlanish qismida dostonlar xususida so‘z yuritib, ularda
she’r va nasrning aralash holda kelishini dostonning janr xususiyatlaridan biri sifatida
aytib o‘tgan edik. Samarqand dostonlarida she’r va nasrning o‘rni teng bo‘lgani holda,
Xorazm dostonchilik an’anasida poeziyaning o‘rni kengroq ekani ham ta’kidlab
o‘tilgan edi. Shu sababdan ham dissertatsiyada dostonlarda asosiy rol egallovchi
she’riy parchalardagi vazn va qofiya haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Xorazm dostonlarida she’riy parchalar qisqa-qisqa holda kelishi, har birining
alohida kuy bilan ijro etilishi, she’rlarning aksar qismi aruz vazniga mos holatda
yozilishi odatiy holat. Shunday bo‘lsa-da, dostonda uchraydigan she’rlar, asosan, 8 va
11 bo‘g‘inli shaklda uchrashi va ular aksar hollarda murabba’ ko‘rinishida kelishi
ta’kidlangan. Samarqand dostonlarida esa she’riy misralarning qofiyalanishi turlicha
bo‘lib, aynan bir qoidaga mos kelmagani, ba’zan murabba’, ba’zan muxammas, yana
bir o‘rinda musaddas shakliga ega bo‘lishi aytib o‘tiladi. Shuningdek, qofiyalanishda
ham Xorazm dostonlaridagi she’riy parchalar Samarqand dostonlaridan farq qiladi.
“Samarqand dostonlarida she’riy parchalarning qofiyalanishi turlicha bo‘lib, (aa, ба,
га, да); (аа, ба, ава); (ааа, ббб, ввв) va h.k”
25
.
XULOSA
Endi Xorazm dostonlaridagi qofiyalanish tizimiga e’tibor qaratamiz. Xorazm
dostonlarida qofiyalanish tizimi “абаб”, “вввб”, “гггб” tarzida ma’lum tartib asosida
bo‘ladi. Ushbu dostonchilikni mukammal o‘rgangan olim “Bunday qofiyalanishni
Xorazm dostonlaridagi yetakchi forma deyish mumkin”
26
, - deya izohlaydi.
O‘zbek folklorshunosligida Xorazm dostonchilik an’anasi qisman o‘rganilib
ma’lum bir izlanishlargina olib borilganini maqolamizning boshlang‘ich sahifalarida
ta’kidlab o‘tgan edik. Omonilla Madayev ana shu tadqiqotni mukammal darajada
davom ettirdi. Ustozning izlanishlari natijasi sifatida Xorazm dostonchilik an’anasi,
25
Ўша диссертация. Б –142-143.
26
Ўша диссертация. Б –143.
Do'stlaringiz bilan baham: |