Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
816
w
www.oriens.uz
September
2021
shijoatli, sheryurak, devqomat deb ta’riflansa, qizlar asosan o‘n to‘rt kunlik oy,
tishlari dur, sochi sumbul, bo‘ylari sarvqomat, yonoqlari ol, lablari la’ldek, ko‘zlari
ohuning ko‘zlaridek qilib tasvirlanadi. Agar salbiy obraz haqida so‘z borsa, uni
tinglovchi yoki kitobxon tasavvurida yoqimsiz taassurot qoldiradigan tarzda
qiyoslaydi. “Zero, bu o‘xshatishlar asarning badiiy qimmatini oshirish bilan birga
asar qahramonlarini xarakter darajasiga ko‘tarilishida ham muhim ahamiyatga ega”
19
.
Ammo bu o‘xshatishlar ham Samarqand va Xorazm dostonchiligi an’anasida
o‘ziga xos tafovutga ega. Ushbu faslni yoritishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham
shu ikki dostonchilik an’anasi o‘rtasidagi tasvir vositalarini qiyoslash, ularning
farqini yaqqol aks ettirishdir. Dissertatsiyadan keltirilgan quyidagi parchada ana shu
tafovut o‘z aksini topgan, desak yanglishmagan bo‘lamiz: “Samarqand dostonlarida
“Go‘ro‘g‘lining achchig‘i chillali qishday murtiga cheta qaytdi”, “Zo‘r dev edi,
o‘tday tutashib ketdi” kabilarni uchratamiz. Xorazm dostonlarida, shuningdek,
qahramonlik dostonlarida ham qahramonning jangdan oldingi holatini belgilovchi
bunday o‘xshatishlar deyarli uchramaydi. Qahramon Samarqand dostonlaridagidek
arslonga, sherga, lochinga o‘xshatilgani holda bu o‘xshatishlar “sherdayin qaysar!”,
“misli ajdar” darajasiga ko‘tarilmaydi. Qahramonning botirligi nisbatan portretini
chizishdagi mubolag‘ali o‘xshatishlar bilan cheklab qo‘yiladi. Shuningdek, yengilgan
dushmanning “itday” o‘limlarini tasvirlovchi misralar ham deyarli uchramaydi.
Aksincha, qahramonlik dostonlarida ham, lirik romanik dostonlarda ham qahramon
holatini oyga, gulga, bulbulga o‘xshatish momentlari ko‘p. Bizningcha, bu hol
Xorazm dostonlaridagi lirik tasvirga moyillik bilan izohlanadi”
20
.
Badiiy tasvir vositalaridan biri bo‘lgan mubolag‘a xalq dostonlarida eng keng
qo‘llaniladigan vositalardan biri hisoblanadi. Qahramon haqida chuqurroq ma’lumot
berish, uning boshqalardan yaqqol ajralib turishini ifodalash uchun ham
mubolag‘adan foydalaniladi. Qahramonlik dostonlarida bosh qahramonning mardona
xatti-harakatlari, romanik dostonlarda esa oshiq va ma’shuqaning jamoli, ishq yo‘lida
duch keladigan sinovlari bo‘rttirib ko‘rsatiladi. “Xorazm dostonlarida mubolag‘ali
tasvir vositasining bu turi asarning badiiy jihatdan pishiq chiqishida yaxshi
imkoniyatga ega. Ishlatilgan mubolag‘alar asar g‘oyasini, temasini ochishga yordam
beradi”
21
. Keltiriladigan mubolag‘ali tasvirlar, portretlar she’riy usuldan tashqari
nasrdagi qofiya, ya’ni sa’jdan foydalangan holda ham ifodalanadi. Dissertatsiyada
sa’jning dostonchilikdagi o‘rni va vazifasi haqida ham fikr yuritilib, Samarqand
19
Ўша диссертация. Б – 110.
20
Ўша диссертация. Б –110.
21
Ўша диссертация. Б –121.
Do'stlaringiz bilan baham: |