Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
817
w
www.oriens.uz
September
2021
dostonlarida bu tasvir vositasining mukammal ko‘rinishlari borligini ta’kidlab,
Xorazm dostonlarida bu holatning juda keng uchramasligini, bu hududdagi
dostonlarda she’riy o‘rinlar prozaga nisbatan yaxshiroq o‘rin egallaganligi aytib
o‘tilgan.
Dostonlarda uchraydigan badiiy tasvir vositalaridan yana biri jonlantirish
hisoblanadi. She’riy san’atlar orasida ham mavjud bo‘lgan ushbu tur intoq san’ati deb
yuritiladi. Bu tasvir vositasi orqali jonsiz narsalar, so‘zlash qobiliyatiga ega
bo‘lmagan jonzotlar tilga kiradi. G‘aribning shamolga o‘z holini bayon qilib, dil
tug‘yonlarini aytishi, doston yakunida ro‘molga murojaat qilib alamli firoqning yana
qaytarilmasligini so‘rab iltijo qilishi, “Sayyod va Hamro” dostonida Hamroning otasi
Ahmadning turnalarga o‘zini tutqunlikdan xalos bo‘lishi uchun yordam berishini
so‘rashi orqali jonlantirish vositasi yuzaga kelgan. “Umuman Xorazm dostonlarida
qo‘llanilgan jonlantirish priyomi ichki psixologik o‘rinlarning chuqurroq ifoda
etishida qulay bo‘lib hisoblanadi va lirik kechinmalarni to‘la aks ettrishda yordam
beradi”
22
.
So‘z san’atlari orasida shunday bir turi borki, u o‘zining biroz mukammalligi,
muallifdan chuqurroq so‘z boyligiga ega bo‘lishini talab qilishi, satrlar ichida so‘z
o‘yinini keltirib chiqarishi bilan ajralib turadi. Mumtoz adabiyotda tuyuq janriga asos
bo‘lgan va keng qo‘llangan ushbu tasvir vositasining xalq og‘zaki ijodi, xususan,
dostonchiligida tutgan o‘rni qanday? Omonilla Madayev Xorazm dostonlarini tadqiq
etish, o‘rganish jarayonida bu san’at turining dostonchilikda tutgan o‘rniga ham
e’tibor qaratgan hamda bir qator asosli fikrlarni keltirib o‘tgan: “Xalq og‘zaki badiiy
ijodida tajnis ko‘p qo‘llanilmasa ham ayrim hollarda uchrab turadi. Bu hol
Samarqand dostonlariga ham, Xorazm dostonlariga ham mansub bo‘lib
hisoblanadi”
23
. Mana shunday o‘rganishlar davomida dostonlarda uchraydigan
tajnisga oid namunalardan misollar ham keltirib o‘tilgan:
“Men sevmisham parilarning birisin,
Biri “lom”dir, biri “jim”dir, bir “sin”,
Biri ovdir, biri ovchi, biri “sin”
Bir ov qonli kerak yor olmasina.
Qofiyalanib kelgan “birisin” so‘zi birinchi misrada birini, ya’ni “bittasini”,
ikkinchi misrada arab alifbosidagi “sin” harfini, uchinchi misrada esa tuzoq
ma’nosini ifodalamoqda”
24
. Misralardagi tajnisga oid bo‘lgan so‘zlar ma’nosini
22
Ўша диссертация. Б –135.
23
Ўша диссертация. Б – 135.
24
Ўша диссертация. Б – 136.
Do'stlaringiz bilan baham: |