Xonqa pedagogika kolleji


Narsa -buyumlarni ko ‘rib chiqish va taqqoslash



Download 428,78 Kb.
bet45/76
Sana10.03.2022
Hajmi428,78 Kb.
#488577
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
Bog'liq
Nutq o\'stirish Majmua

Narsa -buyumlarni ko ‘rib chiqish va taqqoslash. „Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi“ ning „Tevarak- atrof bilan tanishtirish va nutq o'stirish“ bo'limlarida bolalarga tevarak-atrofdagi predmetlar (buyumlar) hamda uy -ro‘zg‘or buyumlari haqida boshlang‘ich bilimlar berish ko‘rsatilgan. Bolalarni buyumlar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomi, nima uchun kerakligi, nimadan qilinganligi, u qanday rangdaligi, shakli qandayligi va uning yana qanday belgilari borligi aniqlanadi, bular haqida boshlang‘ich bilimlar beriladi. Shu maqsadda buyumlarni (predmetlarni) ko‘rib chiqish va u haqda suhbat mashg‘ulotini o'tkazish tavsiya etiladi. Yil davomida bunday mashg‘ulotdan bir nechtasi rejalashtirilib, o ‘tkaziladi. Bunday mashg‘ulotlarda uy-ro‘zg‘or buyumlari (idish-tovoqlar, kiyim- kechaklar, mehnat qurollari, o ‘quv qurollari), jonli tabiat obyektlari (turli xildagi meva va sabzavotlar, turli daraxtlarning barglari va shoxchalari, uy o‘simliklari, akvariumdagi baliq va hokazolar) ko‘rib chiqiladi va ular haqida suhbatlar o ‘tkaziladi. Buyumlarni (predmetlarni) ko ‘rib chiqish va ular haqida suhbatlar bolalarning bilim doirasini kengaytiradi, ular qiziquvchanligini oshiradi, tevarak-atrof haqida to ‘g‘ri tushunchalar beradi. Shu bilan bir qatorda, tarbiyachi bunday mashg‘ulot jarayonida katta lug‘at
ishini olib boradi. Buyumlarning aniq nomlari va ularning sifatlari (materiali, shakli, hajmi, rangi va hokazolar), harakatlarning nomlari (masalan, pichoq bilan kesadilar, archadilar, to'g'raydilar, qoshiq bilan ovqat yeydilar, qalam bilan bo ‘yaydilar va hokazo) va boshqalarni bildiruvchi so’zlarni bilib oladilar, narsa-buyumlarni ko'rib chiqish va u haqda suhbat mashg‘ulotlarida bir toifa (kategoriya) ga kiradigan buyumlarni ko‘rgazmali taqqoslash usulidan foydalanish katta pedagogik qimmatga egadir. Bolalar buyumiarni bir-biri bilan taqqoslash orqali, ularning belgilarini aytib, xarakterli belgilarini payqab, katta aqliy ish bajaradilar. Buyumlarni taqqoslash jarayonida bolalar oldida kuzatgan narsalarining nomini aytib berish vazifasi turadi. Taqqoslash bolalarning tafakkurini, kuzatuvchanligini rivojlantiradi, lug‘atini faollashtiradi, tevarak-atrofga va ijtimoiy hayot hodisalariga bo'lgan qiziqishlarini tarbiyalaydi. Buyumlarning sifatlari va xususiyatlarini chuqur bilib olishga asoslangan taqqoslash mashg'ulotlari o ’rta. katta va tayyorlov guruhlarida o ‘tkaziladi. Sababi shundaki, bu mashg’ulot turi bolalarda bu yumlar (predmetlar)ning qismlarini, detallarini sifat va xususiyatlarini ko‘ra olish malakasining shakllanganligiga tayanadi. Narsa-buyumlarni ko’rib chiqish va ularni taqqoslash mashg'ulotlarining muvaffaqiyati va natijalari bir qancha shart-sharoitlarga bog‘liqdir:
1) taqqoslash uchun buyumlarni (predmetlarni) tanlash. Tanlangan buyumlarda taqqoslash uchun yetarli miqdordagi belgilar bolishi: ya'ni o'xshash va farq qiladigan (rangi, shakli, uzunligi, qismlari, detallari, materiali, nimaga mo'ljallanganligi va hokazo) belgilar bo’lishi kerak;
2) taqqoslashning reja asosida bo’lishi. Tarbiyachi bolalarni buyumlarni taqqoslashda avval buyumlarning nomi, ularning nimaga mo 'ljallanganligi, rangi, shakli, uzunligi bo‘yicha taqqoslashdan, buyumlarning qismlarini, detallarini aytib o ‘tish va bu qismlarni detallarni taqqoslashga, ular o'rtasidagi farqni, so‘ngra o‘xshash tomonlarini aytishga o'rgatadi. Taqqoslash umumlashtirish bilan yakunlanadi, ya’ni har bir buyumning farqli belgilari ajratib ko‘rsatiladi;
3) o’rgatish usullarini tanlash. Bunday mashg'ulotlarda o‘rgatish usullarining asosiylari bu tarbiyachining bolalarga yordam berish maqsadida beradigan savollari va ko‘rsatmasidir: a) taqqoslashning ketma-ket bo'lishi; b) bolalar payqay olmagan belgilarni aytib berishi; d) javobning aniqroq bolishi va kerakli so‘zlarni tanlashi uchun yordam beradigan savol va ko‘rsatmalar beradi;
4) tarbiyachi va bolalarning nutq faolligining bir-biriga mos kelishi. Bu mashg‘ulot turida ko‘proq bolalar nutq faolligini namoyon etishlari kerak. Tarbiyachi esa juda kam gapirib, o ‘ zining aniq savollari, ko‘rsatmalari bilan
bolalarning aqliy va nutqiy faolligini rivojlantirib, yo‘naltirib turadi.O‘xshash belgilarga ega bo ‘lgan bir xil toifadagi narsa-buyumlar bir-biriga taqqoslanadi. Masalan: portfel bilan sumka; kreslo bilan stul; stol bilan xontaxta; sharf va ro‘mol; stakan bilan chinni va sopol piyola, choynak va chovgun; kosa, likopcha; sabzi, piyoz, bodring, kartoshka, karam, rediska, lavlagi, pomidor, turp (shakli, rangi, mazasidagi farqni ajratish uchun); olma, nok, limon, behi, shaftoli. Shuningdek, umumlashtiruvchi so'zlarni bolalar lug‘atiga kiritish uchun havoda uchuvchi, suvda, suv ostida, yer ustida turadigan transport vositalari (transport); qishki, yozgi, kuzgi kiyimlar (kiyimlar); choy idishlari, oshxona, ovqat solinadigan idishlar (idishlar) va hokazolar ko'rib chiqiladi, ular yuzasidan suhbat o ‘tkaziladi va taqqoslanadi. Shuningdek, turli matolar, shisha bilan qog'oz va shu kabilar taqqoslanadi.

Download 428,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish