Xonqa pedagogika kolleji


Ekskursiyada (sayohatda) tevarak-atrofni kuzatish va lug'at ishi



Download 428,78 Kb.
bet44/76
Sana10.03.2022
Hajmi428,78 Kb.
#488577
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76
Bog'liq
Nutq o\'stirish Majmua

Ekskursiyada (sayohatda) tevarak-atrofni kuzatish va lug'at ishi. Tarbiyachi „Dastur“ talablari asosida bolalar bilan bog'chadan tashqariga sayohatlar uyushtiradi: bog‘chaga yaqin ko’chalarga, oziq-ovqat, sabzavot do’konlariga, xiyobon va bog’larga, kutubxona va tikuv ustaxonasiga va boshqa joylarga. Bunday sayohatlardan maqsad bilimlarni puxta egallash va ko'rgan, kuzatgan voqea, hodisalarni uzoq vaqt xotirada saqlash, so‘z boyligini oshirishdan iboratdir. Sayohat vaqtida tarbiyachi bolalarning tevarak-atrof va ijtimoiy hayot hodisalari to‘g’risidagi tasavvurlarini aniqlash va kengaytirish bilan bir vaqtda ularning lug‘atini boyitadi, aniqlaydi, tafakkurini rivojlantiradi. Sayohat vaqtida yangi bilimlarnigina berib qolmasdan, balki bolalarga ilgaridan tanish va ma’lum bo’lgan so‘zlarning ahamiyatini aniqlash, doimo eshitib turadigan, hatto o ‘zlari ishlatadigan so ‘zlarni aniq predmetlar (buyumlar) bilan bog‘lash uchun qulay imkoniyatlar yaratiladi. Bolalarning olgan bilimlari puxta bo‘lishi va lug‘atini boyitib borishi uchun bir obyektga uyushtirilgan sayohat yilning turli fasllarida takrorlanib turiladi, ya'ni qayta-qayta sayohat uyushtiriladi. Takrorlash bilimlarni puxta egallashning asosiy manbayidir. Bir obyektni turli sharoitlarda kuzatish haqiqatni idrok qilishga o ‘rgatadi, bolalarda faol qiziqishni o ‘stiradi, so‘z boyligini oshiradi, tasavvurlarini oydinlashtiradi va tartibga keltiradi; ilgari ko‘rganlarini tez esga tushiradi; yangi-yangi taassurotlarga ega bo'ladi; ilgari ko‘rganlari bilan yangi ko’rib turganlarini
taqqoslay oladilar, hodisalar o'rtasidagi o‘zaro bog'liqlikni yengillik bilan aniqlay olishga o‘rganadilar. Masalan: katta guruh bolalari bilan yilning turli fasl va kunlarida maktabga sayohat uyushtirish:
1) maktab hovlisi va binosini tashqi tomondan kuzatish;
2) kuz faslida, tanaffus vaqtida ba'zi o ‘ quvchilarning quvnoq o'ynab yurganini, ba'zilarni kitob o 'qib turganini, boshqalarining esa yangi o’tqazilgan ko‘chatni ko‘rishayotganini kuzatish;
3) bahor faslida kichkintoy o ‘quvchilarning maktabdan uyga qaytishayotganini kuzatish. Shuningdek, bog‘ning o ‘ziga yilning turli fasllarida: qishda, bahorda, yozda, kuzda sayohatlar uyushtiriladi:
a) kuzda barglarning to ‘kilishini, bog'ning bo’shab qolishini, hasharotlarning yashirinishini, qushlarning uchib ketishini, gul va o ‘tlarning qurishini, jimjitlik hukm surishini kuzatadilar;
b) qishda daraxtlar, gul pushtalari, yo’laklar qor bilan qoplanganligini, bog‘ning chiroyini kuzatadilar;
d) bahorda tabiatning uyg‘onishini, kunlar ilishi bilan daraxtlarning kurtak chiqarishi, gullashi, barg yozishi, o‘t-o ‘lanlarning ko‘karishi, qushlarning uchib kelishi va sho‘x ovozlarining eshitilib turishi, hasharotlarning paydo bo‘lishi va hokazolarni ko‘radilar;
e) yozda bog' mevalarining pishishi, ayrim sabzavotlarning yer ostida meva tugishi va pishishi (kartoshka, sabzi) va boshqalarni kuzatadilar. Bunday takroriy sayohatlar uyushtirish natijasida bolalarda tabiat haqidagi bilimlarning bir butun tizimi paydo bo'ladi. Natijada nutqlari rivojlanib, juda so‘zamol bo’lib ketadilar. Sayohatni tashkil etishda tarbiyachining asosiy vazifasi bolalarning bilim doirasini va lug‘atini boyitish ishi bilangina chegaralanmasdan, balki tevarak-atrofga to‘g‘ri munosabatni: kattalarning mehnatini qadrlash, buyumlarga ehtiyotkorlik bilan munosobatda bo'lish, tozalikka, saranjom-sarishtalikka o‘rganish, ona-Vatanga, ona-tabiat chiroyiga mehr-muhabbatni tarbiyalash; hayvonlarga -o‘simlik dunyosiga ehtiyotkorlik munosabatlarini ham tarbiyalab borishi kerak. Sayohat va ko‘zdan kechirishlarni tashkil etishda tarbiyachi quyidagi qoidalarga rioya qilishi kerak:
a) sayohat va kuzatishlarni shunday tashkil qilish kerakki, u bolalarda qiziqish uyg‘otsin. Bolalardagi qiziqish kuzatishning aniq va idrokning chuqur bo’lishiga olib boradi;
b) har bir sayohat va kuzatishlar uchun uncha katta va ko’p bo’lmagan obyektlarni tanlash kerak;
d) bolalarning diqqatini juda ko‘p batafsil izohlarga tortish yaramaydi, aks holda tarbiyachining oldindan belgilab qo'yilgan narsalar haqida tushuncha
berish imkoni cheklanadi, bolalar diqqati chalg’iydi va ular tez charchab qoladilar;
e) kuzatish vaqtida bolalar idrokining faollashishini ta’minlash kerak; tarbiyachi savollar beradi, bolalar esa javob berishadi; narsani ushlab ko‘rishga, agar mumkin bo ‘lsa, u bilan o’ynashga ruxsat etiladi. Sayohatdagi kuzatish vaqtida bolalarda tushunchalarning aniq bo’lishi uchun ularning harakatlaridan foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, yuk mashinasining kattaligini ko'rgazmali tasavvur qilishlari uchun bolalar bir-birlarining qo’llaridan ushlab, yuk mashinasining atrofini o ‘rab olishadi, g’ildiraklarining balandligini belgilash uchun esa g’ildirak yoniga turib, qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, mashina kuzoviga yetkazishga harakat qiladilar, uzunligini aniqlash uchun mashinaning uzunligiga qarab hamma bolalar birgalikda qo’llarini yon tomonga cho‘zib turishadi; haydovchining qayerga o ‘tirishini, mashinani qanday boshqarishini aniqlash uchun kabinaga chiqib o'tirishadi: mashina haydovchisi yo’lovchilarni ogohlantirishi uchun signal berishini chuqur idrok etishlari uchun signal berishadi, Bunday harakatni shaxsan bolalarning o‘zlari bajarishlari natijasida quyidagi so’zlarni bilib oladilar: haydovchi, yuk mashinasi (avtomobili), kuzov, kabina, rul, signal. Shuningdek, sayohat vaqtida kuzatishni, uning amaliy tomondan zarurligini to‘liq idrok etishlari uchun hayotiy misollar bilan bog’lash juda muhimdir, bu bolalarning qiziqishini kuchaytiradi. Masalan, maktabga tayyorlov, katta guruh bolalari kutubxonaga (qiroatxonaga) borib, u yerdagi ish mazmuni bilan tanishibgina qolmasdan, balki hamnia tartibga amal qilgan holda kutubxonaga a’zo bo‘lishi, undan bironta kitob olishi kerak. Sayohatni tashkil etishda tarbiyachi kuzatish obyektining uzoq- yaqinligini aniqlashi, shunga qarab yo‘lni qanday bosib o ‘tishni (yayov yoki transportda borishni), bolalarning dam olish joylarini, kuzatiladigan obyektning qaysi jihatlariga bolalar diqqatini yo’naltirish kerakligini, kuzatilayotgan obyekt to‘g ‘risida gapirib berish uchun kimlami jalb qilishni (yuk mashinasi haydovchisi, tikuvchi, quruvchi, kutubxonachi va hokazolarni) belgilab, ular bilan oldindan bolalarga nima haqida gapirib berish kerakligi ni kelishib oladi. Shuningdek. qanday tarbivaviy ishlar olib borilishi nazarda tutiladi: ona-Vatanga nuihabbat, mehnatga to‘g ‘ri munosabatni tarbiyalash, madaniv-gigiyenik odatlarni, ko’chada yurish qoidalarini shakllantirish va hokazolar. Ko'pincha sayohat vaqtida bolalarni predmetlar (buyumlar) bilan uzoqdan turib (ma'lum bir masofada) tanishtiriladi. Shuning uchun bunday holatlarda tarbiyachining nutqi katta ahamiyatga ega: hajm va fazoni bildiruvchi so'zlami aniq va tez- tez ishlatishi (ko’cha keng, chetlariga daraxtlar ekilgan, uzoqda anhor bor, to‘g‘rida xiyobon ko ‘rinib turibdi, bog‘chaning chap tomonida shohko'cha bor va hokazo). Mana shularning
barchasini hisobga olib, tarbiyachi sayohatning rejasini tuzadi va mashg‘ulotni qanday boshlashni, qanday usullardan foydalanishni, asosiy qismining borishini va qanday yakunlashni puxta o ‘ ylab oladi. Har qanday sayohatning boshlanishi guruh xonasida tashkil etiladi. Tarbiyachi bolalardan qachon, qayerga sayohatga borganliklarini, u yerda nimalarni kuzatganliklarini bugun ham sayohatga borishlarini, qayerga, nima maqsadda borishlarini aytib beradi. Tarbiyachi kuzatish yuzasidan yo’l-yo’riq beradi. Bu mashg'ulot boshlanishining muhim bosqichi hisoblanadi. Tarbiyachi sayohatning maqsadini qisqa va aniq qilib aytib beradi. Masalan: „Bolalar bugun biz kiyim tikish ustaxonasiga boramiz. U yerda kiyim-kechaklar qanday tikilishini, bichiqchi tikiladigan kiyimlarni qanday bichishini, bichish uchun qanday buyumlar kerak bolishini kuzatamiz va ularning nomlarini xotiramizda saqlab qolamiz“ . Ayniqsa, katta guruhlarda niashg‘ulotni topishmoq, she'r bilan, sayohat uchun tayyorlab qo'yilgan buyumlarni ko'rsatish bilan ham boshlash mumkin. Masalan, tarbiyachi bolalarni paxta dalasiga sayohatga olib chiqishdan avval shunday topishmoq aytadi: Yurar tekis egatdan, Barmoqlari po ‘latdan. Yelkasida qopi bor. Katta temir savatdan. (Paxta terish mashinasi) Yoki bahor faslida bog‘ga sayohatga borishdan avval tarbiyachi ushbu she'rni o’qib beradi: Shuningdck, o‘rta va katta guruhlarda mashg‘ulotning boshlanish qismini muqaddima-suhbat shaklida o‘tkazish mumkin. Masalan, qishda bolalarning qishki o‘ yinlarini kuzatish u chu n maydonchaga borishdan avval tarbiyachi bolalardan so’raydi: „Hozir yilning qaysi fasli? Kishilar qanday kiyinishadi? Qish faslida bolalar qanday o‘yinlar o'ynashadi? Qor o'ynash uchun nimalar kerak?“ So‘ngra kuzatishlar yuzasidan ko‘rsatmalar beradi: „Bugun sizlar bilan ko ‘chaga chiqamiz. Bog'chamizning chap tomonida joylashgan o ‘yin maydonchasiga borib, u yerda bolalar qanday qishki o‘yinlar o ‘ynashayotganini, qanday qilib chana, konki, yaxmalak otishayotganini ko'ramiz“. Sayohatga obyektni kuzatish maqsadida olib borilganda bolalarni joylashtirishga katta ahamiyat berish kerak. Bolalarning xavfsizligi to ‘la ta’minlanishi, kuzatilayotgan obyekt hamma bolalarga yaxshi ko‘rinishi va eshitilishi, hamma bolalar tarbiyachiga ko’rinib turishi kerak. Bolalar kuzatish uchun joy egallaganlaridan so‘ng tarbiyachi ular nimalarni kuzatishi lozimligini yana bir marta eslatadi va o ‘zIari mustaqil ko'rib olishlari uchun biroz vaqt beradi. Savollar, ko'rsatmalar yordamida bolalar diqqati ma'lum obyektlarga jalb qilinadi. Tarbiyachi mashg’ulot jarayonida turli usullardan foydalanadi. Misol tariqasida „Tikuv ustaxonasi (atelye)ga sayohat“ mashg‘ulotini olib borish tartibini va uning mazmunini keltiramiz. „Bolalar, qaranglar, qanday yorug' va katta xona! Bu bichish sexi. Bu yerda hech qanday tikuv mashinasi yo‘q. Bu yerda kiyimlar tikilmaydi. Bu yerda nima qilishadi?
Yo‘q, materiallarni faqatgina qirqmay, balki uni bichishadi. Qirqish bilan bichish o ‘rtasida katta farq bor. Bichiqchilarning hammasi ayollar. Erkak bichiqchilar ham bor. Ular ko'proq erkaklar uchun kastum -shim bichadilar. Ayollar uchun ham ko‘ylaklar, kastumlar bichishadi. Qaranglar, bu sexdagi stollar qanday? Ular bolalar bog‘chasidagi stollardan nimasi bilan farq qiladi? Nima uchun ular baland va uzun? Kelinglar, yaqinroqdan ko'raylikchi, bichiqchi qanday bichar ekan? U stol ustiga matoni juda ehtiyotlik bilan tekis yoyadi. Shunday qilinsa, material yig'ilib qolmaydi, bichiqchi osonlik bilan bichadi. U andazalarni mato ustiga qo'yadi. „Mukarram Ahmedovna, nima uchun andazalarni mato ustiga — bir-biriga juda yaqin qilib qo‘ydingiz, shu haqda gapirib bering“. „Shunday qilinsa, mato tejaladi, bichish oson bo’ladi’’ „Mana, Mukarram Ahmedovna katta qaychi bilan andaza atrofidan matoni qirqyaptilar — bichyaptilar’’ Shu tariqa bolalar lug'atiga yangi so’zlar — bichish, andaza kabi so’zlar kiritiladi. Bolalar bunday sayohatdagi kuzatishlar jarayonida yangi so'zlarn ig ina o'zlashtirib qolmasdan, balki matoning buyumga aylanishini, hamma buyumlar matodan tayyorlanishini, matolarni buyumlarga aylanish jarayoni (tikish, bichish, qirqish va boshqalar) mavjudligini bilib oladilar. Sayohatdagi kuzatishdan olgan bilimlar albatta mustahkamlanishi shart. Masalan, o ‘rta guruh bolalari yuk mashinasini kuzatib bo lgach, tarbiyachi ularga ko ‘ chadan yana qanday yuk mashinalari o‘tishini kuzatishlarini va ular haqida gapirib berishlarini taklif etadi.

Download 428,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish