Ma’lumoti: Oliy Ma’lumoti bo’yicha mutaxasisligi



Download 40,15 Kb.
Sana26.03.2017
Hajmi40,15 Kb.
#5376
Loyiha pasporti
Loyiha nomi:Dars jarayonida guruhlarda ishlashni samarali tashkil etishdagi muammolar va ularning yechimlari.
Bajaruvchi:Rasulova Nigora Qurbonovna.14.09.1985.
Ma’lumoti:Oliy
Ma’lumoti bo’yicha mutaxasisligi:Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Toifasi:Ikkinchi toifali o’qituvchi
Ish joyi:Samarqand shahar 39-umumta’lim maktabi
Loyihaning maqsadi: dars jarayonini samarali tashkil etishda o’quvchilarni guruhlar bo’lib ishlashni yo’lga qo’yish bo’yicha ko’rsatmalar berish,guruhlarga bo’lishning turli xil usullarini ko’rsatish,guruh a’zolarini guruhda ishlash shartlari bilan tanishtirish,guruhlarga ishlash uchun samarali bo’lgan metodlar haqida ma’lumot

berish.


Vazifalar:mutaxassislarning guruhlarda ishlash borasidagi fikrlarini o’rganib chiqish,o’quvchilarni guruhlarga bo’lishda turli xil usullardan foydalanish haqida ma’lumot berish,guruh a’zolarining ishtiroki bo’yicha yo’riqnomalar tashkil etish,guruhlarda ishlash uchun qo’l keluvchi metodlar o’rganib chiqish.
Narija:o’qituvchilar ta’lim muassasasida hamkorlik madaniyati va muhitini yaratish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar; guruhlarda ishlash yuzasidan tushunchalarini kengaytiradilar; dars jarayonida o’quvchilarni guruhlarga bo’lishning turli usullaridan foydalanishni o’rganadilar,guruhlarda ishlashga mo’ljallangan innovatsion metodlar bilan tanishadilar.

Qadam-baqadam amalga oshiriladigan harakatlar .

Loyiha 3 bosqichda amalga oshiriladi:



1-bosqich: Ta’lim sifatini oshirishda guruhlarda ishlashni samarali tashkil etish usillari.

2-bosqich: Guruh a’zolarining guruhlarda samarali ishlash bo’yicha yo’riqnoma.

3-bosqich: Guruhlar bilan ishlashda samarali bo’lgan metodlar.

Barchamizga ma’lumki,hozirgi kunda o’qituvchilarimiz oldida turgan asosiy vazifa- o’quvchining darsdagi faolligini oshirish,uning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish,fikrlash uchun faol muhit yaratishdir. Dars jarayonida, ta‘lim-tarbiyada o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta‘lim jarayoni sub‘ekti bo‘lishi kerak, ya‘ni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilish o’quvchi zimmasiga o‘tishi lozim. O‘qituvchi esa, bilim berishdan o‘quvchilarning bilimlarni mustaqil egallashlariga ko‘maklashishi zarur. Darsni tashkil qilish shakli o‘quv maqsadiga, xususiyatiga, ta‘lim usullariga va o‘qitish imkoniyatlariga bog‘liq. Bunga erishish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda harakat qiladi. Asosiysi, pedagogik hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi dars jarayonida o’quvchilar bilan yakka tartibda,juftlikda ,guruhlarda hamda jamoada ish olib boradi.Ta’lim sifatini oshirishga yo’naltirilgan innovatsion pedogagik texnologiyalar ko’proq guruhlarda faoliyat olib borishni taqozo etmoqda.Guruhlarda ishlash har bir o’quvchining faol ishtirok etishini,o’z fikrini erkin bayon etib, asoslab berishini taqazo etadi.

Hozirgi kunda o’qituvchilar o’rtasida o’quvchilarni guruhlarga bo’lish,guruhda ishlashni samarali tashkil etishda bo’yicha muammolar ko’rinib turibdi.Dars jarayonida o’quvchilarni guruhlarga ajratishda qatorlar bo’yicha guruhlarga ajratish,guruhlarda tengkuchli o’quvchilarning bo’lishiga e’tibor berilmayotganligi,guruh a’zolarining birdek faoliyat olib borishlarini ta’minlovchi texnologiyalarning unumli qo’llanmasligi qator muammoli vaziyatni hosil qilmoqda.Mazkur loyiha bu borada o’qituvchilarga ko’maklashadi degan umiddaman.

O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi turli xil harakarli usullardan unumli foydalansa,yaxshi samara beradi.Guruhlarga ajratishda “Jeton xaltacha”,”Ranglar sehri”,” Geometrik shakllar “,”Misralar zanjiri”kabi usullardan foydalanish juda samarali bo’ladi.

Guruhlarda ishlashni tashkil etishda o’qituvchilar darsdan oldin sinfni tayyorlab olishlari,ya’ni guruh soniga qarab jihozlarni joylashtirishlari lozim bo’ladi.Shu bilan birga o’qituvchilar guruhni tashkil etadigan o’quvchilar sonini 6 -8 nafargacha bo’lishiga katta e’tibor berishlari lozim.

Guruhlar faoliyatini kuzatib,baholab borish uchun ekspert yoki yordamchi (assistent) o‘quvchi tayinlanadi, ular o‘yinni olib borishda yordam beradilar, javoblarni baholab, tahlil qilib beradilar

Har bir guruhga xushyor ,o‘z guruhi uchun o‘yin qoidalarini buzmagan holda jon kuydiradigan sardor ta’yinlab olinadi.

O’qituvchi tomonidan esa jarayon qo‘llab-quvvatlanib va yo‘naltirilib turiladi. O’qituvchi o‘yinni nazorat qilib turadi, o‘yin yakunlangach, o‘quvchilarning umumiy balini e‘lon qiladi. So‘ngra muhokama qilinadi.

O‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro ta‘siri natijasida o‘quvchi ma‘lum bilimlarni shunchaki o‘zlashtirib, ya‘ni o‘rganib olishidan tashqari bir vaqtning o‘zida bilim olish va xatti-harakatlar qilishning yangi tamoyili va metodini o‘zlashtirib oladi va rivojlantirib boradi. 

Guruhda topshiriqni bajarish yo‘riqnomasi:

1. Guruhda liderni saylang.

2. Topshirik bilan tanishing va uni qanday qilib bajarishingizni muhokama qiling.

3. Topshirikni bajaring.

4. Taqdimotga tayyorlang.

5. Taqdimot o‘tkazing.

6. Guruhlar ishini baholang.

O’quvchilar uchun guruhda ishlash qoidalari:

- har kim o‘z o‘rtoqlari nutqini xushmuomalalik bilan tinglashi zarur;

- har kim faol, birgalikda ishlashi, berilgan topshiriqqa mas’uliyatli yondashishi zarur;

- har kim yordamga muhtoj bo‘lganda uni so‘rashi zarur;

- har kimdan yordam so‘ralsa, yordam qilishi zarur;

- har kim guruh ishi natijalarini baholashda ishtirok etishi zarur;

- har kim aniq tushunishi kerak;

Sinf guruhlarda ishlaydigan birinchi mashg‘ulot hal qiluvchi mashg‘ulot hisoblanadi. U keyinchalik guruhli ishlarga yo‘nalish beradi. Shuning uchun mana shu birinchi martada qator shartlarga rioya qilish juda muhim.

Birinchi guruh uchun:

1. O‘qituvchi guruhni belgilaydi.

2. Qat’iy rahbarlik qilishi mumkin bo‘lgan eng faol yoki boshqa o‘quvchilar haqida o‘ylab ko‘ring.

3. Eng zehnli yoki juda qobiliyatli o‘quvchilardan tanlab har bir guruhga kiriting.

4. Zehni o‘tkir bo‘lmagan o‘quvchilarni ham tanlab, har qaysi guruhga taqsimlang.

5. Guruhni 4 ishtirokchi bilan (nazaringizda bir-biriga munosib) to‘ldiring.

6. Rahbarni guruh bilan oldindan uchrashtiring va ular vazifasini tushuntiring.

7. Mashg‘ulotlarda guruh vazifasini va rahbar vazifasini tushuntiring.

8. Har bir guruh doira shaklida o‘tirsin. Har bir ishtirokchi hammani ko‘rmaguncha guruh ish boshlay olmaydi.

9. Ish vaqtida doimo hap bir guruh atrofida yuring.

Muhokama oxirida o‘z kuzatuvlaringizni ayniqsa har bir guruhdagi yaxshi g‘oyaga e’tiborni qaratib gapirib bering.

Kichik guruhlarda ishlash uchun maslahatlar:

1. O‘quvchilar ishni bajarishi uchun bilim va malakaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.

2. Guruhga aniq yo‘riqlar ko‘rsating. Gyruhlar 1 yoki 2 yo‘riqdan (hatto) juda tushunarli bo‘lsa ham) ko‘piga rioya etishi amrimahol.

Z.Guruh uchun berilgan vazifaning bajarilishiga etarlicha vaqt bering. Boshqa gyruhlapga nisbatan vazifasini erta bajargan guruhni band qilish yo‘llarini o‘ylab ko‘ring.

4. Murakkab dasturni ishlab chiqish kerak bo‘lganda guruhni 4-5 kishidan tuzing. Kichik guruhda muhokama qilish uchun 5 kishi etarli.

5. Guruhdagi ishlarni sinf uchun me’yorga aylantiring.

6. Baholash va mukofotlash tizimingiz kichik guruhdagi ishlarga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylab ko‘ring. Muvaffaqiyatli guruhiy ish uchun guruhga mukofot tayyorlang.

7. Guruh ishi natijalarining qanday topshirilishini aniq tushuntiring. Guruh ishi haqida sinfga kimdir e’lon qilishi kerak bo‘lsa, uni oldindan tanlab qo‘ying.

8. Jamoa bo‘lib o‘rganish vaqtidagi shovqinga ko‘nikish uchun tayyorgarlik ko‘ring.

9. Guruh tashkil qilayotganda o‘quvchilarga «tazyiq» ko‘rsatmang. Odatda turli xil guruhlar maqsadga muvofiq.

10. Har qanday sharoitda ham guruh bilan samimiy munosabatda bo‘ling, guruhda ro‘y berayotganlarni kuzating va baholang.

Ma‘lumki, o‘quvchilarning mustaqil keng va puxta bilim olishlarida syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiya, o‘yin mashqlari kabi didaktik o‘yinlar o‘zining ta‘lim-tarbiya beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, o‘quv materiallarini takrorlovchi, bilimlarni nazorat qiluvchi o‘yinlar sifatida ifoda etilishi bilan ahamiyatlidir. O‘quvchilarning ijodiy fikrlash, mustaqil bilim egallash ko‘nikmalarini rivojalantirishda ularning o‘zlarida bor bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarini yangi vaziyatda qo‘llash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishida didaktik o‘yinlarning o‘rni alohida ajralib turadi. Bunda ularning bir-biridan farqlanishi va o‘ziga xos tavsifga ega ekanligiga e‘tibor beriladi.

Ijodiy o‘yinlar-talabalarning ijodiy izlanish, mantiqiy fikr yuritishini rivojlantirish va qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan o‘yinlardir. Bu o‘yinlar ta‘sirida o‘quvchi ijodiy izlanib, yangiliklarni kashf etadi va uni hayotida qo‘llaydi.

Shuni alohida ta‘kidlash joizki, o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida yangi materialni tushunishi va mustahkamlashda innovatsion pedogagik texnologiyalarning roli beqiyosdir.Har bir o’qituvchi guruhlar bilan ishlashda bevosita guruhlarda ishlashga asoslanadigan texnologiyalardan xabardor bo’lishlari kerak .Ana shunday texnologiyalardan ayrimlari haqida to’xtalib o’tmoqchiman.

«Komandada o‘qitish» metodi

Komandada o‘qitishda o‘quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o‘quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o‘quvchi mavzudan ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga e’tiborni qaratadi.

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo‘lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o‘quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko‘rsatma berilishi etarli emas. O‘quvchilar o‘rtasida tom ma’nodagi hamkorlik har bir o‘quvchining qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o‘quvchining kundalik natijasi avval qo‘lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi.

Shundagina o‘quvchilar o‘zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishni anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko‘proq izlanishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirishga intiladi.



Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish

Bu yondoshuvda kichik guruhlar 4 ta o‘quvchidan tashkil topadi. O‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o‘quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o‘quvchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.

O‘quvchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.

Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi 1976 yili Tel-Aviv universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko‘proq o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi.

O‘quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o‘rganish lozim bo‘lgan o‘quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir o‘quvchiga taqsimlanadi. SHunday qilib, har bir o‘quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o‘z xissasini qo‘shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o‘tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘z ijodiy izlanishlari natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘quv bahsi, munozara o‘quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasining har bir o‘quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llanib, yangi bilimlarning o‘zlashtirishiga bog‘liq bo‘ladi.



«Nuqtai nazaring bo‘lsin» metodi

Uslub maqsadi:

-o‘quvchilar muayyan muammoga o‘z nuqtai nazarini asosli dalillab, ximoya qilishga o‘rganadilar;

-o‘quvchiga muammo muhokamasi jarayonida o‘z fikrini o‘zgartirish imkonini berish;

-o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni munozaraga jalb etish va sinfdagi hamma o‘quvchilar o‘rtasida munozara jonlanishini yuzaga keltirishi mumkin.

«Nuqtai nazaring bo‘lsin» uslubi o‘quvchilar o‘rtasida munozara yuzaga kelishi va ular munozara jarayonida o‘z fikrlarini o‘z sinfdoshlaridan ularning nuqtai nazarini o‘zgartirishga ishontiradigan g‘oyalarni eshitib o‘zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonni berish maqsadida qo‘llanadi. O‘quvchilar shuningdek, maktab, mintaqa, respublika va jumla insoniyat uchun xarakterli bo‘lgan eng dolzarb muammolar o‘z nuqtai nazarlarini asosli dalillash va himoya qilishga o‘rganadilar.

O‘quvchi ochiqdan-ochiq savollar uslubi bilan odatda dars jarayonida faol bo‘lmagan o‘quvchilarni munozarada ishtirok etishga majbur qiladi.

Mashqni o‘tkazish uslubiyati

1. Tayyorgarlik: o‘qituvchi sinfning to‘rt burchagiga yoki sinfning ma’lum ochiq makoniga to‘rtta tablichka osib qo‘yadi.

2. Sinf o‘lcham yoki o‘quvchilar soniga bog‘liq holda olti yoki sakkiz ko‘ngillini chaqiradi. Bordi-yu, o‘yinda sinf o‘quvchilarning bir qismi ishtirok etsa, unda qolganlari o‘z joylarida o‘tiraveradilar.

3. O‘yin paytida band bo‘lishi uchun ishtirok etmayotgan o‘quvchilarga ham topshiriq berish zarur.

O‘yining o‘zini boshlashdan avval o‘qituvchi darsga yo‘l-yo‘riqlar berishi zarur, jumladan:

1.Takidlov o‘qib berilganidan keyin o‘z fikringizga muvofiq tablichkalar yonidan joy egallang.

2. O‘z nuqtai nazaringizni asosli dalillab berishga shay turing.

3. Agar muammoga nuqtai nazaringizni o‘zgartirishga undovchi asosli dalilni eshitsangiz, o‘z o‘rningizni almashtirishingiz mumkin.

4.Sinfdoshlaringiz takidlariga o‘z fikringizni bayon etishga shay turing.

5. O‘qituvchi o‘yinda ishtirok etmayotgan o‘quvchilarga topshiriqlar beradi, masalan:

ularning fikricha eng ahamiyatli takidlovlarni yozib borish;

o‘yin jarayonida o‘z o‘rnini o‘zgartirmagan o‘quvchilarni yozib borish;

eng asosli dalillab berilgan javoblarni yozib borish.



«Skarabey» texnologiyasi

«Skarabey» interaktiv texnologiya bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiqiy xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muommoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda, turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. «Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo‘lib, undan o‘quv materialining turli bosqichlarini o‘rganishda foydalaniladi:

boshida-o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida («aqliy hujum»);

mavzuni o‘rganish jarayonida-uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish, yangi jihatlarini ko‘rsatish;

oxirida-olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida. «Skarabey» texnologiyasi o‘quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o‘quvchilar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega. Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni engillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko‘rsatish mumkin.

«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o‘quv jamoalarida qo‘llanilishi mumkin.

Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:

o‘zgalar fikriga hurmat;

jamoa bilan ishlash mahorati;

faollik;

xushmuomalalik;

ishga ijodiy yondashish;

imkoniyatlarini ko‘rsatish ehtiyoji;

o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;

«men»ligini ifodalashga imkon beradi;

o‘z faoliyati natijalariga ma’sullik va qiziqish uyg‘otadi.

Asosiy tushunchalari quyidagilar:

Assotsiatsiya-mantiqiy bog‘liqlik bo‘lib, sezgilar, tasavvurlar, idrok qilish, g‘oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.

Zanjirlash (muayyan tartib) - ahamiyati, muhimligi, mazmuni darajasiga qarab tartiblash.

Hamkorlikda o‘qitishning «Birgalikda o‘qiymiz» metodi

Hamkorlikda o‘qitishning «Birgalikda o‘qiymiz» metodi 1987-yili Minnesot universiteti professorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf o‘quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqni ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarning to‘liq bajarilish natijasida o‘quv materialining yaxlit o‘zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy prinsiplari-komandani taqdirlash, o‘quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirishdan iboratdir.



Yuqoridagilardan tashqari guruhlarda ishlashda “Zinama-zina”, ”Charxpalak”, ”Bumerang-1” ,”Rezyume”, ”3X4”, IMAK”, ”KBI” kabi metodlar ham juda samarali hisoblanadi.
Download 40,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish