Xonqa pedagogika kolleji


Topishmoqlarni (jumboqni) topish va o’ylashga o‘rgatish mashg'ulotlarida lug‘at ishi



Download 428,78 Kb.
bet48/76
Sana10.03.2022
Hajmi428,78 Kb.
#488577
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76
Bog'liq
Nutq o\'stirish Majmua

Topishmoqlarni (jumboqni) topish va o’ylashga o‘rgatish mashg'ulotlarida lug‘at ishi. Bolalar bog‘chasida topishmoqlarni topish va uni o'ylashga o'rgatish mashg'uloti alohida o ‘rin tutadi. „Topishmoq“ so‘zi o'ylash, fikrlash, biron yashirin narsani topishni anglatadi. Bola topishmoqni topishga qiziqishi tufayli turli narsa va hodisalarning ichki sirlarini, ular orasidagi bog’lanishlarni bilib oladi. Topishmoq bolani o ‘ylashga, o ‘z fikrini to ‘liq, aniq bayon qilishga o‘rgatadi, uning tasavvurini, tafakkurini, barqaror diqqatini rivojlantiradi. Topishmoq bolalarga yangi bilim beribgina qolmay, balki ular olgan bilimlarni to ‘g‘ri idrok qilishga, uni o'z o‘rnida qo‘llashga o'rgatadi. Topishmoqlarni topish jarayonida bolalar bir qancha aqliy operatsiyalarni bajarishga , ya 'ni tahlil qilishga , umumlashtirishga o'rganadilar. Bu mashg‘ulot turi bolalar nutqini o ‘stirishga katta ta'sir qilib, so‘zlarni aniq aytishga, jumlalarni to ‘g‘ri tuzishga, barcha lug‘at ishi vazifalarini amalga oshirishga yorda m beradi. Har bir topishmoq buyumning obrazli tasvirini va uning xarakterli belgilarini o ‘z ichiga qamrab oladi. Bolalar tomonidan topilishi lozim bolgan buyum boshqa buyumni tasvirlash orqali beriladi. Shuning uchun bola topishmoqni topishda buyum ning asosiy belgilari, uning xususiyatlarini juda yaxshi bilishi, uni boshqa buyumlar bilan taqqoslashni, undagi umumiylikni (o ‘xshashlikni) ko‘ra bilishi kerak. Shuning uchun topishmoqlarni topish mashg‘uloti bolalarni buyumlarning xususiyatlari, sifat va belgilari bilan tanishtirilgach, rejalashtiriladi. Bunday mashg‘ulot asosida bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli natijalarga erishmoq uchun mashg‘ulotni o‘tkazishda bir qancha uslubiyot qoidalariga amal qilish kerak. Jumladan:
1. Topishmoqni tanlash. Topishmoqlar mazmuni jihatidan bolalarning yosh va ruhiy xususiyatlariga mos bo'lishi, ya'ni ularga tanish bo ‘lgan buyumlar (predmetlar) bo’lishi shart. Shakli jihatidan bolalar yoshiga mos bo‘lgan ikki turdagi topishmoqlardan foydalaniladi: buyumning (narsaning)nomi aytilmasdan, uning xarakterli belgilari tasvirlanadi ( masalan, „Qishda va yozda bir xil kiyimda “); shuningdek, bir buyum yoki narsaning xususiyati ikkinchi bir buyum orqali tasvirla nadi (masalan, „Tikuvchimas, bichuvchimas, ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan“ ).
2. Mashg'ulot bolani obrazli tasvirlash orqali aniq bir buyumni va uning xususiyatini ko'ra olishga o ‘rgatish maqsadida o‘tkaziladi. Bu maqsadni nazarda tutib tashkil etilgan mashg‘ulotga birinchidan, ko‘rgazmali materialni olib kirish zaruriy shart qilib qo‘yiladi: ikkinchidan, so‘z obrazi bilan buyumning aniq,
xarakterli xususiyatlari (belgilari) o‘rtasidagi o’zaro bog‘lanishni (munosabatni) bilib olishga; uchinchidan, topishmoqning javobini asoslashga o ‘rgatadi. Topishmoqni topishga bag‘ishlangan ma shg'ulot ikki qismdan iborat bo’ladi. Mashg'ulotning birinchi qismida topishmoqda tasvirlanadigan belgilar bor buyumlar yaxshilab ko‘rib chiqiladi. Buning uchun topishmoqlarda foydalaniladigan elementlardan ko‘rib chiqiladigan buyumlarning xarakterli belgilarini tasvirlash paytida foydalaniladi. Mashg‘ulotning ikkinchi qismi topishmoqni topishga bag‘ishlanadi. Tarbiyachi mashg‘ulotning bu qismida boladan topishmoqning javobini qanday topganligini so‘raydi. Quyida misol tariqasida keltirilgan mashg‘ulotda. Tarbiyachi „ajoyib xaltacha“ ichiga bolalarga yaxshi tanish bo'lgan 4 — 5 ta buyumni soladi va navbat bilan kelib, xaltacha ichidan biror buyumni olishni, uning nomini aytib, stol ustiga qo ‘yishni takiif qiladi. Buyum hamma bolalar bilan birgalikda ko'rib chiqiladi.



Download 428,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish