Bundan keyin fuqarolarimiz har qanday davlat organi, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan huquqiy axborotni hech qanday cheklovsiz olishi kafolatlanadi. Nima uchun bunday qoida joriy etildi? Odamlar so‘rab borsa, tumandagi eng kichik amaldor ham birorta hujjatni ularga bermaydi. Bunga kattalar ruxsat bermaydi, deb bahona qiladi. Endi bunday "o‘yin"lar ketmaydi. Nega deganda, endilikda Prezidentdan boshlab eng quyi bo‘g‘indagi rahbarlargacha xalqimiz xizmatida bo‘ladi. Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarimiz tizimini takomillashtirib borish ham e’tiborimiz markazida bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |