Joriy yilda sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari hamda tijorat banklari rahbarlari mamlakatimizning ko‘plab hududlarida sayyor qabullar o‘tkazdi. Bu qabullarda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha 43 ming 127 nafar fuqaro ishtirok etdi. Bu tadbirlarda fuqarolar tomonidan kredit ajratish, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari qarorlariga doir, bandlik va ish haqi to‘lovlari, tadbirkorlik, elektr va tabiiy gaz ta’minoti, sog‘liqni saqlash va boshqa masalalarga oid 22 ming 186 ta murojaat bildirildi. Murojaatlarning 6 ming 484 tasi joyida hal etildi, 15 ming 702 tasi tegishli organlarga ko‘rib chiqish uchun topshirildi. 94 ta holat yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlanib, aybdor shaxslarning javobgarligi belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |