Qiynoqqa solish kabi noqonuniy usullarni qo‘llashni qat’iyan cheklash maqsadida tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalari videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi. Eng muhimi, noqonuniy usullar qo‘llash to‘g‘risidagi bironta ham xabar e’tiborsiz qolmasligi shart. Prokuratura organlari har bir holat bo‘yicha chuqur tekshiruv o‘tkazib, aybdor shaxslarning muqarrar javobgarligini ta’minlaydi. Nega men bu haqida kuyib-pishib gapiryapman? Prezident farmon qabul qildi, shu bilan hamma narsa o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi, deb o‘ylamanglar. Lekin bu farmon hali faqat qog‘ozda, uni amalga oshirish uchun hammamiz birgalikda harakat qilmasak, kutilgan natijaga erishish qiyin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |