Fuqarolarimizning Konstitutsiyada muhrlab qo‘yilgan davlat organlari va muassasalariga, xalq vakillariga murojaat qilish huquqini ta’minlash maqsadida ommaviy uchrashuvlarda murojaatlarni qabul qilish tartibi belgilandi. Bugungi kunda fuqarolarimiz mansabdorlar oldiga emas, balki mansabdor shaxslarning o‘zi xalqimiz oldiga bormoqda. Bu – katta o‘zgarish. Ayni vaqtda ko‘p rahbarlar bular hammasi vaqtincha, bir yillik ish, degan xom xayol bilan yuribdi. Ammo ular shuni qulog‘iga quyib olsin, ko‘priklar allaqachon yonib ketgan. Endi hech qachon orqaga qaytmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |