Ilgari Bosh prokuratura, sud va boshqa organlar rahbarlarining viloyatlarga borishga vaqti yo‘q edi. Ular Toshkentda o‘tirib ish ko‘rar edi. Shuning uchun hayotdan, odamlarni qiynayotgan muammolardan uzoqlashib ketgan edi. Shu borada yana bir muhim hujjat – “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida” yangi Qonun qabul qilindi. Unda fuqarolarning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyati yanada oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |