O‘zingiz ayting, bu adolatdanmi? Mening fikrimcha, adolatdan emas. Nima sababdan bir jinoyat uchun butun bir avlod javob berishi kerak? Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi kerak? Demokratik normalarga ham, hayotning bugungi talablariga ham mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan bunday adolatsiz “tizim”dan biz endi butunlay voz kechamiz. Chunki xalqimizga nisbatan sobiq tuzum davrida, ayniqsa, o‘tgan asrning 37-yilida qilingan adolatsizliklar o‘zi yetarli albatta. Bunday yaramas ishlar bizning hayotimizda endi mutlaqo bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |