Men bundan ham ko‘proq odamni afv etishga ham tayyor edim, lekin jamiyatimiz hali bunga tayyor emas. Buning uchun jamiyatimizda afv etilayotgan mahkumlarni kafillikka olish muhiti va mas’uliyati to‘la qaror topishi kerak. Shu o‘rinda yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qaratishni joiz, deb bilaman. Ma’lumki, davlat organlariga kadrlarni tanlashda eskidan saqlanib qolgan, qo‘shtirnoq ichidagi bir “tizim” mavjud edi. U ham bo‘lsa, yaqin qarindoshlari sudlangan, deb fuqarolarni ishga qabul qilmaslik yoki yuqori lavozimlarga tayinlamaslik bilan bog‘liq. Bunday noma’qul yondashuv tufayli ko‘plab yoshlarimiz, malakali mutaxassislarimiz “beayb aybdor bo‘lib”, yaqin qarindoshlarining qilmishlari uchun jabr tortib keldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |