Mana, bu yil hammangiz ko‘rdingiz, eshitdingiz, biz byudjet tashkilotlari xodimlari va talabalarni majburiy ravishda paxta terimiga chiqarishni qat’iyan taqiqladik. Paxta mavsumida Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan bolalar mehnati va majburiy mehnatning oldini olish bo‘yicha tizimli monitoring yo‘lga qo‘yildi. Bu muhim masalani avvalo o‘zimiz qattiq nazoratga olganimiz tufayli bironta salbiy holat aniqlanmadi. Amalga oshirilgan ishlar samarasi xalqaro tashkilotlar, qolaversa, keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |