Yil davomida jinoyatchilik darajasi 2016-yilga nisbatan 14 foizga kamaydi va bunda ana shu ishlarning ahamiyati katta bo‘ldi. Yangi yildan boshlab jinoyat sodir etilmayotgan mahalla profilaktika inspektorining oylik ish haqiga 50 foiz ustama qo‘shib beriladi. Aksincha, o‘z hududida jinoyatning ko‘payishiga yo‘l qo‘ygan profilaktika inspektorining oyligidan esa 50 foiz ushlab qolinadi. Uzoq tumandan kelib profilaktika inspektori bo‘lib ishlash mumkin emas. Shuning uchun ularni uy-joy, xizmat mashinalari bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor berayapmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |