Mazkur yo‘nalishdagi e’tiborga molik ishlar qatorida korrupsiyaga qarshi kurashishning yaxlit tizimi yaratilganini alohida ta’kidlash lozim. «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi davlat apparati va fuqarolik jamiyati institutlarining ushbu xavfli illat bilan kurashdagi kuch va imkoniyatlarini birlashtirish imkonini berdi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyat mazmuni butunlay o‘zgarmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Faqat jazolash bilan qo‘rqitib, huquqbuzarliklarning oqibati bilan kurashish emas, balki noqonuniy harakatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish eng dolzarb vazifaga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |