Aziz yurtdoshlar! Fuqarolarimizning Konstitutsiyada mustahkamlangan ijtimoiy huquqlarini ta’minlash borasida yil davomida qishloq joylarda yangi namunaviy loyihalar asosida 24 mingta, shaharlarda 187 ta zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Aholini markazlashtirilgan tarmoqlar orqali suv bilan ta’minlash maqsadida 218 ta loyiha amalga oshirilib, 350 ming kishining suv ta’minoti yaxshilandi. Qishloq vrachlik punktlari negizida 800 ga yaqin oilaviy poliklinikalar, 400 dan ziyod tez tibbiy yordam shoxobchalari tashkil etildi. Tez tibbiy yordam xizmatlari 1 ming 260 ta maxsus transport vositasi bilan ta’minlandi. 300 dan ortiq maktabgacha ta’lim muassasasi ta’mirdan chiqarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |