Mehnatga layoqati cheklangan 972 nafar nogiron ayolga kasanachilik bilan shug‘ullanish uchun tikuv mashinalari olib berildi va ular uchun doimiy daromad manbai yaratildi. Shu toifaga mansub fuqarolarga 7 mingdan ortiq protez-ortopediya vositalari, 6 ming 500 dan ortiq nogironlik aravachalari, 1 ming 600 ga yaqin eshitish apparatlari bepul berildi. Nogironligi bo‘lgan va nafaqa yoshidagi fuqarolarning davolash-profilaktika muassasalarida bepul davolanishi uchun 23 ming 500 ga yaqin yo‘llanma ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |