Bu yo‘nalishda yana bir muhim hujjat – “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinadi. Bu masalalarni hal qilish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida tashkil etilayotgan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi samarali faoliyat ko‘rsatishi kerak. Shuningdek, yolg‘iz qariyalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilishga ixtisoslashtirilgan maxsus tuzilma o‘z ishini kuchaytirishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |