Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Lekin aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga malakali tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash bo‘yicha hali oldimizda ko‘p vazifalar turibdi. Shuning uchun bu boradagi ishlarimizni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzilib, sohada chuqur o‘rganishlar o‘tkazildi. Keng jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi va bu borada qo‘shimcha imtiyoz va imkoniyatlar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |